T/r
|
Mashg’ulot bosqichlari
|
Ajratilgan
Vaqt
|
Mashg’ulot mazmuni
|
Ta’lim metodlari
|
Ta’lim vositalari
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 minut
|
1) Salomlashish
2) Davomadni olish
3) Yangiliklar bilan tanishtirish
|
Suhbat
|
Jurnal, ommaviy
axborot vositalari
|
2.
|
Kirish qismi (Motivatsiya)
|
7 minut
|
M Excell dasturini eslab olamiz.
|
T sxemasi
|
Ma’ruza matni, tarqatma materiallar,
o’quv qo’llanma.
|
3.
|
Yangi mavzuning bayoni
|
20 minut
|
Yangi mavzuni reja asosida tushintirish.
|
Ko’rgazmali, axborotli ma’ruza nima uchun? Qanday ?
|
Kompyuter,
video proektor
|
4.
|
Mustaxkamlash (Qo’llash)
|
10 minut
|
Taqdimot o’tkazib o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini mustaxkamlash.
|
Jadvali
|
Tarqatma materiallar, listlar
|
5.
|
Yakuniy qism
|
5 minut
|
1) Baholash.
2) Uyga vazifani tushintirish.
|
|
Jurnal
o’quv materiallari
|
Darsning qisqacha bayoni:
Mavzu: Microsoft Excell dasturining matematik , statistic , mantiqiy funksiyalari mavzusini o’qitish metodikasi
Reja:
Microsoft Excell dasturining matematik funksiyalari haqida.
2. Statistik funksiyalarni vazifalari .
3. Mantiqiy funksiyalar bilan ishlash.
Tayanch atamalar:
Funksiya , matematik , statistic , mantiqiy funksiyalar , formula , formulalar satri , cos, sin va boshqalar.
Ha
|
Fikr - mulohazalar
|
Yo’q
|
|
Asosiy berilganlar boshqa yacheykalarning qiymatlari bo’yicha aniqlanmaydi.
|
|
|
Excel quyidagi buyruq bilan ishga tushuriladi: Пуск-Настройка-EXCEL
|
|
|
Excel hujjati ishchi kitob deb ataladi.
|
|
|
Ustunlar lotin harflari bilan belgilanadi.
|
|
|
Ustun soni 16384 ta
|
|
|
Yacheyka nomi yacheyka joylshgan ustun va satr nomerlaridan iborat.
|
|
|
Nom maydonida satr nomeri ko’rsatiladi.
|
|
|
Formula satrida faol yacheykadagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
|
|
|
Diapason bu yacheykalar guruhi
|
|
5-jadval. T-Sxemasini funksiyalarga tatbiqi
MS Excel 2010 da tayyorlanadigan ma’lumotli jadvallar matn yoki sonlar bilan to’ldiriladi. Ba’zan kataklardagi ma’lumotlar ustida ayrim hisoblashlarni bajarish zaruriyati tug’iladi, bunday vaziyatda formulalardan foydalaniladi. buning uchun MS Excel tasmasidagi Формулы bo’limiga murojat qilinadi. Ushbu bo’limda qiymatlar, ifodalar va kataklar ustida amallar bajarishga mo’ljallangan funksiyalar kutubxonasi jamlangan, Kutubxonadagi turli vazifalarni bajarishga mo’ljallangan funksiyalarning ba’zi birlari bilan tanishib chiqamiz.
6-jadval. Funksiyalar
Endi biror matematik funksiyadan foydalanib ko’ramiz. Masalan sonni kvadrat ildizini hisoblab ko’ramiz .
Bajarish ; A1 katakka 25 sonini, B2 katakka 144, B1 katakka quyidagi formulanini yozamiz: =КОРЕНЬ(A1:B2) va Enter tugmasini bosamiz.
9-rasm. Nima uchun organayzer tatbiqi
MS Excel dasturining imkoniyatlaridan yana biri, bu statistik funksiyalardan foydalanib, tegishli masalarni yechish hisoblanadi.
Statistik funksiyalardan foydalanish ikki xil usulda amalga oshiriladi:
Funksiyalarni katakka to’gridan-to’g’ri kiritish orqali;
Menyuning formulalar satri fx bandini tanlash orqali, bu holatda quyidagi oyna o’chiladi:
10-rasm. Funksiya muloqot oynasi
Excel dasturida statistik funksiyalar ko’p bo’lib , biz ayrim funksiyalarni va vazifalarini ko’rib chiqamiz.
7-jadval. Funksiyalar
Bu funksiyalardan foydalanib sonlarning eng kichigi va eng kattasining o’rta arifmetigini hisoblaymiz. Buning uchun A1;C5 bloklarga ixtiyoriy sonlarni kiritamiz; D6 katakka quyidagi formulani kiritamiz(berilgan sonlarni eng kattasini topish formulasi): =MAKC(A1:C5);
D7 katakka quyidagi formulani kiritamiz(berilgan sonlarni eng kichigini topish formulasi): =МИН(A1:C5);
D8 katakka quyidagi formulani kiritamiz(berilgan sonlarni o’rta arifmetigini hisoblash formulasi):=СРЗНАЧ(D6;D7);
11-rasm. Funksiyaga misol
Ayrim amaliy masalalarni yechishda hisoblashlar u yoki bu shartlarga bog’liq bo’lishi mumkin. Bunday holatda mantiqiy shartli funksiyalardan foydalanish mumkin.
7-jadval. Mantiqiy funksiyalar
t/r
|
Funksiya
|
Vazifasi
|
1.
|
ЕСЛИ
|
Agar mantiqiy ifodaning qiymati Rost bo’lsa , birinchi shart, aks holda ikkinchi shart bajariladi.
|
2.
|
И
|
Agar mantiqiy ifodalarning barchasini qiymati rost bo’lsa, funksiyani qiymati Rost, aks holda Yolg’on bo’ladi.
|
3
|
ИЛИ
|
Agar mantiqiy ifodalarning birorta qiymati rost bo’lsa, funksiya qiymati Rost, aks holda Yolg’on bo’ladi.
|
4
|
НЕ
|
Rost qiymatni yolg’onga va yolg’onni rostga aylantiradi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |