11-sinf ona tili va adabiyot olimpiada



Download 41,2 Kb.
Sana18.07.2022
Hajmi41,2 Kb.
#822816
Bog'liq
11-SINF OLIMPIADA



11-SINF ONA TILI VA ADABIYOT OLIMPIADA

1. Koinotdagi barcha narsa muayyan va ma’lum qonunga bo‘ysunadi.


Ushbu gapda nechta boshqaruvli birikma bor?
A) 2 ta B) 3 ta C) 1 ta D) 4 ta

2. To‘ldiruvchi ajratilgan gapni belgilang.


A) U kitoblar orasidan taxlanib yotgan varaqni, bir paytlar yozgan qaydlarini, topib oldi.
B) Mashina yo‘l chetida, shundoq choyxona oldida, to‘xtadi.
C) Biz, yoshlar, yurtimizning qanotimiz.
D) Bolani cholning, soch-soqoldan iborat basharaning, ko‘zlari qo‘rqitib yubordi

3. Qaysi gapda ikki xil gap bo‘lagi uyushgan?


A) Bilimdonlikning sir-u asrori g‘ayrat hamda matonat bilan o‘qish va o‘rganishdadir.
B) Inson ilm-u hunari va aql-idroki bilan har qanday qushdan baland parvoz qiladi.
C) Fors shoirlari yuksak tuyg‘ular, teran fikrlar ila to‘la ajib she’rlar yaratmishlar.
D) O‘zimizga xos odatlarimiz, an’analarimiz bor, shu bois bu boylikni asrashimiz lozim.

4. Bu dunyoga bir qo’shiq,


Berib ketgin ,shoirim –
Marhumlar uyg’onsinlar,
Uxlolmasin tiriklar.
Ushbu she’r muallifi kim?
A) Rauf Parfi B) Usmon Azim
C) Abdulla Oripov D) Shavkat Rahmon

5. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap tarkibidagi ko‘chirma gap qo‘shma gapning qaysi turiga kiradi? "Qalinroq kiyintirsam, isib ketmaysanmi?"


- so‘radilar onam.
A) hol ergash gapli qo‘shma gap
B) ega ergash gapli qo‘shma gap
C) bog‘langan qo‘shma gap
D) aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap

6. Qaysi gap tarkibida olmoshga nisbatan hokim, sifatdoshga nisbatan tobe munosabatda bo‘lgan so‘z qatnashgan?


A) Bu masalalarni tezda yechish kerak.
B) Darveshalining zindonda yotishi Alisherning yuragida dushmanlik olovini to‘ldiradi.
C) O‘z Vatanini sevgan kishi shu Vatanning ravnaqi uchun kurashadi.
D) Kechqurunlari oy yorug‘ida buvimdan turli rivoyatlar eshitar edim.

7. Fidoyi xalqim o’lsun tanda jonim,


Bo’lib qurbon anga ruhi ravonim.
Ushbu bayt kimga tegishli?
A) Hamza B) A.Avloniy
C) A.O’tar D) T.Farog’iy

8. Sof modal so’z ishtirok etgan shaxsi noma’lum gapni toping.


A)Ehtimol, yo’lda biroz to’xtashga to’g’ri kelar.
B)Albatta, topshiriqni o’z vaqtida bajaring.
C)Mayli, san-manga bormaylik, masalani oddiylik bilan hal qilaylik.
D)Avvalo, bu yerda Ergashevning hushyorligiga tan berish kerak.

9. Qozonga yaqinlashsang qorasi yuqar,


Yomonga yaqinlashsang balosi yuqar.
Ushbu gapdagi otlashgan sifatlar gapda qanday sintaktik vazifani bajaryapti?
A) ega va ega
B) to’ldiruvchi va kesim
C) ega va to’ldiruvchi
D) hol va kesim

10. Har ikki qismi ham omonim xarakterga ega bo’lgan so’zlardan tashkil topgan qo’shma so’zlar ko’rsatilgan javobni toping.


1) oshqovoq; 2) belbog’; 3) yor-do’st;
4) tokqaychi; 5) qo’shog’iz;
6) bodomqovoq.
A) 2,3,6 B) 1,2,5 C) 4,6 D) 1,2,3

11. Qaysi so’z tarkibida lug’aviy shakl yasovchidan so’ng kelgan so’z yasovchi tarkibida ikkita til undoshi ishtirok etgan?


A) shodlantirmoq B) maqtanchoq
C) oydinlashtirmoq D) naqshlanmoq

12. Bolalikdan boshlangan do’stlik insonning keyingi ulg’aygan va kamolga erishgan davrida orttirgan barcha do’stlari orasida alohida ahamiyatga ega.


Gapda so’z yasovchi qo’shimchalar necha o’rinda qo’llangan?
A) 4 B) 7 C) 6 D 5

13. Berilgan gaplarning qaysi birida sabab holi qatnashgan?


A) Joni halqumiga kelgan Sattor alamidan baqirib yig'lab yubordi.
B) Qoratoy do'stining dov-daragini surishtirish uchun
yelib-yugurdi.
C) Bir chimdhn uxlash uchun ko'zini yumdi.
D) Eshik oldi gul hovuz, Gul tergali kelganmiz.

14. Imlo qoidasiga ko‘ra xato yozilgan so‘zlarni toping.


A) chuvullamoq, chirmovuq
B) selofan, tavon
C) mas’uliyat, taqiqlamoq
D) daf’atan, lo‘killamoq

15. Ayol xonadon ravnaqidir, chunki u oila a’zolarini tushunadi, oqilona ish olib boradi, hardoim hayotning achchiqchuchiklariga chidab yashaydi.


Ushbu gapda xato yozilgan so‘zlar qaysi turkumlarga tegishli?
A) ravish, sifat B) fe’l, ot
C) ravish, olmosh D) ko‘makchi, son

16. Metonimiya asosida ma’nosi koʻchgan so‘z qaysi qatorda ikki xil sintaktik vazifa bajargan?


A) ”Semurg” “So‘g‘diyona”ni qabul qilib, raqiblar darvozasiga ketma-ket beshta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
B) Mabodo, ”Besh bolali yigitcha” kelmadimi?
C) Bola onasining oldiga tushib pildirab ketdi.
D) Yigitning uylanayotganini eshitib qizning qalbi yaralandi.

17. Illat izlaganga illatdir dunyo,


G‘urbat izlaganga g‘urbatdir dunyo.
Kim neni izlasa, topgay begumon
Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo.
Ushbu she’riy parchadagi sodda fe’llar necha o‘rinda kesim vazifasida kelganligini aniqlang.
A) 2 o‘rinda B) 3 o‘rinda
C) 4 o‘rinda D) 1 o‘rinda

18. Qaysi gaplarda yuklama vazifadosh bog‘lovchi bo‘lib kelgan?


1. O‘qidi-yu tanidan chiqib ketdi muzdek ter.
2. Nega endi natijaga baho berishadi-yu, sababini tekshirib ko‘rishmaydi.
3. Men ham ko‘rgan va eshitganimni aytaman-da, jo‘ra.
4. Yer bilan suv egizak, bir-birisiz yashay olmaydi.
18. Bir kuni kechasi bir hiyla o‘ylab chiqdim-da, erta turgach, eski maktab sari jo‘nadi.
A) 1, 2, 4, 5 B) 2, 4, 5
C) 1, 2, 5 D) 1, 2, 3, 5

19. Inson sirliligicha qolaveradi, ammo odamzod bir-birini anglab yetmaguncha, olam tinch, dunyo farovon bo‘lmaydi.


Ushbu gapdagi tobe bog‘lanishlar haqida to‘g‘ri fikr(lar)ni toping.
1. Ushbu gapda 7 ta tobe bog‘lanish bor.
2. Boshqaruvli birikmalar soni 2 ta.
3. Moslashuvli aloqalar soni 4 ta.
4. Bitishuv aloqasi 5 ta.
5. Bu gapda 4 ta so‘z birikmasi mavjud.
A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 4 C) 3, 4, 5 D) 4

20. Qaysi gaplarda // belgisi o‘rniga tire qo‘yiladi?


1) Kishidan kishiga qoladigan meros // so‘z;
2) So‘ramoq // oson, javob bermoq // mushkul;
3) So‘zga chechanlik // kirishimlilik alomati;
4) Ko‘p so‘zlash // donilik belgisi emas;
5) Ko‘ngil chopmagan ishni qilish // xatar.
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4
C) 1, 3, 4, 5 D) 1, 3, 5

21. “Ravshan” dostonida Shirvon bozorining ta’rifi necha bo‘g‘inli she’r tarzida berilgan?


A) 7 bo‘g‘inli B) 8 bo‘g‘inli
C) 11 bo‘g‘inli D) 10 bo‘g‘inli

22. Qaysi adibning g‘azali haqida “...uning asosiy qofiya tizimida faqat turkiy so‘zlar qo‘llanadi. Ularning bari fe’l so‘z turkumiga oid. ...g‘azal qofiyasidagi fe’llarning so‘roq maylida kelishi hissiyotni kuchliroq ifodalashga xizmat


qildirilgan” deya ta’rif berilgan?
A) Fuzuliy B) Lutfiy C) Bobur D) Furqat

23. Furqat bilan xat orqali tanishgan savdogar va etnograf olim kim edi?


A) N. Ostroumov B) Mirzo Buxoriy
C) Abdulla Avloniy D) Hamza

24. Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe'l shakllari qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan?


A) -guncha, -la, -in, -il, -gan
B) -in, -t, -ir, -ish, -il
C) -gach, -guncha, -gani, -ib
D) -gach, -t, -ir, -n, -i

25. Qaysi javobda qo‘shma gapning ikkinchi qismida qo‘llanadigan bo‘g‘lovchilar keltirilgan?


A) toki, shuning uchun, bilan, hamda, basharti
B) ammo, lekin, agar, chunki, negaki
C) chunki, negaki, goh. . . goh, balki, mabodo
D) chunki, negaki, balki, ammo, lekin, biroq, ya’ni

26. Qaysi asar qahramoni og’zida oshi bilan “Netayxon aylanay yodimga tushdi-e” deb xirgoyi qiladi?


A) “O’tkan kunlar”
B) “Padarkush”
C) “Kecha va kunduz”
D) “Mehrobdan chayon”

27. “Binafsha” she’rida adib “…binafsha sen uchun ko’kragim erk yeri.. deb yozadi.


Ajratib ko’rsatilgan so’zning ma’nosini toping.
A) vatan B) ozod yurt
C) makonim D) yuragim

28. Quyidagi qaysi so’z yordamchi so’z turkumi bo’lib kelishi mumkin?


A)butun B)kun
C)yolg’iz D)batamom

29. Furqat qaysi she’rida Iskandar-u Dorolarni tilga oladi?


A) “Manam sho’rida bulbul”
B) “Sabog’a xitob”
C) “Tortadur”
D) “Bormasmiz”

30. Qaysi gap ergashgan qo‘shma gapning aniqlovchi ergash gapli turiga mansub?


A) Birinchi qaldirg‘och parvozini ko‘rgan odam qanday sevinsa, Avaz ham bundan shunday quvonadi.
B) So‘z shunday qurolki, u bilan eng yuksak cho‘qqilarni zabt etish mumkin.
C) Fikr tiniq bo‘lsa, nutq ravon va chiroyli bo‘ladi.
D) O‘simlikni qancha parvarish qilsang, shuncha mo‘l hosil olasan.
30. "Men bir qora kunda tug'ildim.
Tug'ildim-u shu on bo'g'ildim" misralari qaysi ijodkorga tegishli?
A) Abdulla Qodiriy
B) Behbudiy
C) Abdulla Oripov
D) Hamid Olimjon
31. "Olov sochlar" ,"Poyga", "O'lim yovga", "Daryo kechasi", "O'lka", "Baxt" kabi asarlar muallifi qaysi qatorda berilgan?
A) Abdulla Oripov
B) O'tkir Hoshimov
C) Hamid Olimjon
D) Said Ahmad
32. Otabekning quli (aslida ma'naviy otasi) ning ismi qaysi javobda berilgan?
A) Hasanali
B) Homid
C) Olimjon
D) Yusufbek hoji
33. "Uzun bo'yli, qora cho'tir yuzli, chag'ir ko'zli, chuvoq soqol, o'ttiz besh yoshlarda bo'lgan ko'rimsiz bir kishi". Parchada "O'tkan kunlar" asaridagi qaysi qahramon tasvirlangan?
A) Homid
B) Sodiq
C) Mutal
D) Rahmat
34. Nikoh kechasi " Kutilmagan bir baxt" deb qaysi qahramon aytdi?
A) Otabek
B) Kumush
C) Oftoboyim
D) To'ybeka
35. Hamid Olimjonning qaysi she'rida barcha fasllar bir vaqtning o'zida namoyon bo'ladi?
A) "Ofeliyaning o'limi"
B) "Har yurakning bur bahori bor"
C) "Chimyon esdaliklari"
D) "O'rik gullaganda"
36. Otabek va Mirzakarim qutidorni dor ostidagi o'limdan qutqarib qolgan "najot farishtasi" kim?
A) Yusufbek hoji
B) Hasanali
C) Oftoboyim
D) Kumushbibi
37. Berilganlardan qaysilari Abdulla Qodiriyning vaqtli matbuotda qo'llagan maxfiy imzolari hisoblanadi?
1) Julqunboy; 2) Ju-boy; 3) Maxsum;
4) Dumbulboy; 5) Dumbulnisa; 6) Kalvak Mahzum;
7) Norin shilpiq; 8) Toshpo'lat tajang;
9) Ovsar; 10) Ko'sa.
A) 1,2,4,5,6,8,9 B) 1,3,4,5,7,9,10
C) 1,2,3,4,7,8,9 D) 1,2,3,7,8,9,10
38. Abdulla Qodiriy ijodiy faoliyatining boshlanishi qaysi yilga to'g'ri keladi?
A) 1920-yil boshlari
B) 1915-yilga
C) 1910-yillar o'rtalari
D) 1917-yillar
39. Abdulla Qodiriyning millatparvarlik, ma'rifatparvarlik ruhi bilan sug'orilgan she'rlarini aniqlang.
1) "To'y"; 2) "Juvonboz";
3) "Ahvolimiz"; 4) "Millatimga";
5) "Baxtsiz kuyov"; 6) "Fikr aylagil".
A) 1,2,4,6
B) 1,3,4,6
C) 1,2,3,5
D) 2,4,5,6.
40. Abdulla Qodiriyning "Baxtsiz kuyov" asari haqidagi qaysi hukm noto'g'ri?
A) U drama janrida yozilgan bo'lib, bevosita "Padarkush" ta'sirida yozilgan.
B) Ushbu asar orqali muallif hashamatli to'y ortiqcha sarf-xarajatlar va ularning ko'ngilsiz oqibatlarini ochiq-oydin ko'rsatdi.
C) "Baxtsiz kuyov" asari 1915-yilda yozilgan.
D) Ushbu asari orqali dunyo adabiyotidagi nazariy mezonlargamos keladigan o'zbek realistik hikoyachiligini boshlab berdi.


Download 41,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish