Dars sabog‘i. Bugungi kunga kelib, farzandning ota-ona oldidagi burchi, ota-onaning farzand oldidagi
mas’uliyati milliy qonunchilik asosida mustahkamlab qo‘yilgani O‘zbekiston yoshlarining milliy an’ana va qad riyatlarimizni hurmat qilishda, ma’naviy fazilatlarni o‘zida qaror toptirishda mustahkam zamin vazifasini o‘taydi.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR
1. Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishida sizning hissangiz qanday?
2. Yoshlarda huquqiy, axloqiy, ma’naviy madaniyatning uzviy aloqadorligi nimalarda aks etadi? Misollar bilan tushuntiring.
3. Bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda yoshlar qanday o‘rin tutishmoqda. Fikringizni izohlang.
«Yoshlarimizning haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi».
Do'stlaringiz bilan baham: |