II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
“ Guruhlarda ishlash”
O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.
III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish:
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. «Maktab», «Ma’rifat» va «Ma’naviyat» tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi izohlang.
2. «Ilm-u ma’rifat insonni yuksaklikka ko‘taradi», deganda nimani tushunasiz?
3. Quyidagi rasmlarga qarab, ma’naviy salohiyat egalari haqida fi kr yuriting.
Yosh avlod bor bilimini maktabda oladi. Maktabni bilim dargohi deyish bilan bir qatorda o‘quv chining hayot yo‘lini belgilab beruvchi, uni shaxs sifatida shakllanishini kafolatlovchi maskan ham hisoblanadi. Maktab o‘qituvchi va o‘quvchi asosiga quriladi. Unda yuksak ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatlilik ustuvor bo‘lishi lozim. Umumta’lim maktabi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va faoliyati davomida ta’lim-tarbiyani rejalashtirish, o‘quv-pedagogik jarayonni olib borish, maktab ishlarini yuritishni tashkil qilishda qator me’yoriy hujjatlarga tayanadi.
Davlatimizda yoshlarimizni barkamol qilib voyaga yetkazish, ularga bilim, ta’lim-tarbiya berish masalasi konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘ldi. Ma’naviyatimizning asosini tashkil etgan, hayotimizning ajralmas qismiga aylangan, davlatimizning doimiy diqqat-e’tiborida turgan ta’lim masalasi Asosiy Qonunimizdan mustahkam o‘rin oldi.
Maktab ta’lim-tarbiya ishlarini har bir shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlagan holda amalga
oshiradi, o‘quvchilarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib beradi, shu jumladan, o‘quvchilarning o‘z ustida mustaqil ishlashlari va qo‘shimcha bilim olish lari uchun imkoniyatlar yaratadi. Tabiiyki, yurtimizdagi barcha o‘quv muassasalari kabi maktab ham o‘quvchilarda milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida milliy g‘oya ruhida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni kamol toptiradi, uni haqiqiy inson, Vatanga sadoqatli fuqaro sifatida tarbiyalashga mo‘ljallangan.
Barkamol shaxs ta’lim-tarbiyasi ustuvorligiga ahamiyat qaratgan holda maktab o‘quvchilarda mustaqil O‘zbekiston Respublikasiga va uning Konstitutsiyasiga msodiqlikni shakllantiradi, Davlat ramzlariga (bayrog‘i, madhiyasi va gerbi) hurmatni, qat’iy intizom va fan asoslarini puxta egallashga sidqidildan yondashishni o‘rgatadi. Shuningdek, maktabning zimmasiga bilimli, madaniyatli shaxslarni shakllantirish, ularni oila, jamiyat, davlat oldidagi mas’uliyatni to‘la anglaydigan va egallagan bilimlarni hayotga tatbiq eta oladigan shaxs sifatida kamol toptirish vazifasi ham yuklatilgan.
Muhimi, bugungi kunda axloqan pok, jismonan baquvvat, Vatanga sadoqatli, izlanuvchan, fi doyi inson, o‘zining mustaqil fikriga ega, tashabbuskor, sog‘lom avlodni yetkazib berish jamiyat rivojining muhim asosidir.
«Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi», deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo‘lishi uchun esa bu masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.»
Do'stlaringiz bilan baham: |