Dars sabog‘i. Jamiyat hayotining barqaror rivoji insonlardagi bir-biriga bo‘lgan ishonch, ijtimoiy adolat tamoyillari asosida yashash, millatlararo totuvlik va hamjihatlik, qonunlarning ustuvorligiga ahamiyat berish da yaqqol namoyon bo‘ladi. Ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan inson milliy va umuminsoniy fazilatlarni qadrlaydi, uni boyitib, kelgusi avlod larga to‘laqonli yetkazishga kamarbasta bo‘ladi.
IJODIY FAOLIYAT
1. Jamiyat rivoj topishida ma’naviy sifatlarning o‘rni kattami yoki axloqiy sifatlarning o‘rnimi? Javobingizni quyidagi jadvalni to‘ldirish orqali izohlang.
2. Nima deb o‘ylaysiz? Bu ikkala sifatning qay biri inson uchun muhim sanaladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |