Jaloliddin Rumiy
Agar bir yilni ko‘zlasangiz sholi eking. Agar 50 yilni ko‘zlasangiz, daraxt eking. Agar 100 yil foyda berishini ko‘zlasangiz farzand tarbiyalang.
Xitoy hikmati
«Vijdoningga teskari yurma va haqiqatga zid narsani gapirma. Shu muhim nasihatga rioya qilsang, hayotingda o‘z oldingga qo‘ygan vazifalarni to‘la ado etasan».
Mark Avreliy
Ma’naviyat kamol topgan jamiyatda qobiliyat, iste’dod egalari shu jamiyat, millatning yuzi, g‘ururi, obro‘-e’tibori hisoblanadi. Ma’naviyati yuksak jamiyatda aql, sog‘lom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvordir. Bunday jamiyatda xalqning, millatning ertangi kunga ishonchi kuchli bo‘ladi, insonga xos bo‘lmagan salbiy illatlar barham topadi. Ma’naviyat ustuvor bo‘lgan joyda, u xaloskor kuchga aylanadi. Kishilarning qalbidan joy oladi. Qayerdaki ma’naviyat, yoshlar tarbiyasi o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, u jamiyat hayotida parokandalik yuz beradi. Buning uchun har bir fuqaro loqayd va befarq bo‘lmasdan, tinmay o‘z ustida ishlashi, jamiyat va yurt taqdiri uchun yashab, faoliyat ko‘rsatishi lozim. «Oila va jamiyat sha’ni, men uchun aziz», degan fi kr doimo qalbida bo‘lishi zarur.
«Xalq — ulug‘ va sharafl i yo‘ldan ilgarilab borayotgan ulkan karvon kabidir. Uni yo‘ldan chalg‘itishga urinuvchilar, payt poylab orqasidan hamla qiluvchilar hamisha bo‘lgan, bundan keyin ham bo‘lishi mumkin. Karvon bexatar bo‘lmas, degan gap bejiz aytilmagan. Xalq karvonini hech qanday kuch ortga qaytarolmaydi.
1. Zoe ketkazgan vaqt, qaytib berilmaydi, degan fikrga qanday qaraysiz?
2. Hazrat Alisher Navoiyning ushbu hikmatiga quloq tuting:
«Xazon sipohig‘a, ey bog‘bon, emas mone’,
Bu bog‘ tomida gar ignadin tikan qilg‘il»,
ya’ni inson o‘z umrini ignali sim to‘siqlar bilan mustahkam o‘rab qo‘yganda ham, u zinhor vaqt shiddatidan o‘zini asrab qola olmaydi. Demak, har lahzaning qadriga yeting!
3. Ma’naviy kamolotga erishish uchun vaqtni qanday sarflash kerak? Fikringizni o‘z kundalik faoliyatingiz bilan bog‘lab tushuntiring.
MULOHAZA UCHUN
Nega deganda, xalqning qalbida ne-ne ajdodlardan meros yengilmas kuch — ma’naviyat bor».
Ezgu amallar, jasoratga teng ishlar imon-e’tiqodi mustahkam insonlarga xos bo‘lgan fazilatlardan sanaladi. Shu boisdan el-yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘ shish, kasb-kori sha’niga dog‘ tushirmaslik, doimo fidoyi bo‘lish mas’uliyati muqaddas qadriyatlardan hisoblanadi.
Ma’naviyatni shakllantiruvchi asoslarni puxta o‘zlashtirgan fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning hayotga,
yon-atrofga, oilaga, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga ijobiy munosabati ularning ezgulik, insoniylik bilan yashashga, ma’naviy kamol topishiga olib keladi.
Dars sabog‘i. Ma’naviy barkamol shaxs, nima yaxshi-yu nima yomon ekanini ajratib, hayotda oqilona
qarorlar qabul qiladi. Ma’naviy-axloqiy sifatlarni qaror toptirish yoshlar ma’naviyatining ajralmas bo‘lagidir. Zero, ma’naviy salohiyatli barkamol avlod yurt tayanchi va kelajak suyanchi bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |