Tuzuvchi: Toshkent shahar Olmazor tumani 28-sonli maktab tarix fani o`qituvchisi Shozodbek Normurodov 17-mavzu. 1991-2017-yillarda Yaponiya (50 ta) Qaysi davlat siyosiy hayotida 1990-yillarda liberal-demokratik partiyaning (LDP) obro‘yi tiklandi.
A) *Yaponiya B) Koreya
C) Xitoy D) Tailand
1990-yillarda kim Yaponiyaning xalqaro obro‘yini oshirishga erishdi.
Ryutaro Xasimoto B) Keydzo Obuti
C) Yosiro Mori D) *Tosiki Kayfu
Tosiki Kayfu qachon hokimyatga kelgan.
1991-yil B)*1990-yil
C) 1992-yil D) 1993-yil
1990-yil Quvayt qaysi davlat tomonidan anneksiya qilingan.
Misr B) Iordaniya
C) *Iroq D) Eron
Qachon Quvaytning Iroq tomonidan anneksiya qilinishi paytida Yaponiya xalqaro harbiy kontingentga yordam tarzida bir necha milliard dollar mablag’ ajratdi.
1991-yil B)*1990-yil
C) 1992-yil D) 1993-yil
1990-yilda Yaponiya qaysi davlatga moliyaviy yordam tarzida bir necha milliard dollar mablag’ ajratmagan.
Misr B) Iordaniya
C) Turkiya D) *Iroq
1990-yillarda Yaponiya iqtisodiyotiga oid bo’lgan qaysi fikr noto’g’ri.
Iqtisodiyotda davlat sektorining ulushi kamayib bordi.
Sanoatni davlat tomonidan tartibga solish ham susaydi.
*Chet davlatlarda joylashtirilgan investitsiyalar miqdori 1 mlrd dollardan oshib ketdi.
Bu davrda Yaponiyaning asosiy eksporti ehetga kapital chiqarish bo‘lib qoldi.
1990-yillarda qaysi davlat mehnat unumdorligi bo‘yicha ham G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan o‘tib, AQSHga tenglashib bordi.
A) *Yaponiya B) Koreya
C) Xitoy D) Tailand
9. 1990-yillari butun dunyoda ishlab chiqarilgan videoapparaturalarning necha foizi Yaponiya hisobiga to’g’ri kelardi.
A) 75 % B) *90%
C) 80% D) 85%
10. 1990-yillari butun dunyoda ishlab chiqarilgan qanday mahsulotlarning 2/3 qismi Yaponiya hissasiga to‘g‘ri kelardi.
A) videoapparatura B) televizor
C) qurilish materiallari D) *sanoat robotlari
11. “Osiyo inqirozi” qachon bo’lgan.
A) *1997-1998-yilllar B) 1997-1999-yillar
C) 1996-1997-yillar D) 1998-1999-yillar
12. Qaysi omil 1997-1998-yillardagi «Osiyo inqirozi» paytida Yaponiya uchun katta qiyinchiliklar tug‘dirdi.
A) chetga ko’p kapital chiqarish
B) *tashqi bozorga qaramlik
C) import darajasining ko’pligi
D) zilzila
13. “Osiyo inqirozi” davrida qaysi davlat iqtisodiyoti o‘zining moslashuvchanligi va chidamliligini namoyish qildi.
A) Koreya B) Xitoy
C) Tailand D) *Yaponiya
14. Qaysi davlatda Ichki siyosatda 1990-yillar hukumat beqarorligi bilan xarakterlanadi.
A) *Yaponiya B) Koreya
C) Xitoy D) Tailand
15. Yaponiyada qachon LDP yana bir partiyali hukumat tuzishga erishdi.
A) 1995-yil yanvarda B) *1996-yil yanvarda
C) 1997-yil yanvarda D) 1998-yil yanvarda
16. 1996-yil yanvarda tuzilgan LDPning bir partiyali hukumatiga kim boshchilik qilgan.
*Ryutaro Xasimoto B) Keydzo Obuti
C) Yosiro Mori D) Tosiki Kayfu
17. Yaponiyada “olti islohot” kimning davrida amalga oshirilgan.
*Ryutaro Xasimoto B) Keydzo Obuti
C) Yosiro Mori D) Tosiki Kayfu
18. Ryutaro Xasimoto tomonidan amalga oshirilgan “olti islohot”ga oid qaysi javob noto’g’ri berilgan.
A) soliq, ijtimoiy ta’minot va ta’lim sohasida islohot
B) *iqtisoiyotda davlat boshqaruvini kuchaytirish
C) ma’muriy boshqaruvni detsentralizatsiyalash bo‘yicha islohot
D) sanoat kompaniyalariga yer uchastkalari ajratish bo‘yicha islohot
19. Kim yangicha diplomatiyani namoyish qilib, tashqi siyosatda «yevroosiyochilik» konsepsiyasini tatbiq etishga urindi.
*Ryutaro Xasimoto B) Keydzo Obuti
C) Yosiro Mori D) Tosiki Kayfu
20. «Aum Sinrikyo» sektasi qaysi davlatda faoliyat ko’rsatgan.
A) Xitoy B) Koreya
C) *Yaponiya D) Tailand
21. Kim Yaponiyada bir qator terrorchilik aktlarini amalga oshirgan «Aum Sinrikyo» sektasi faoliyatiga chek qo‘yishda qat’iy harakatlari bilan ham tanildi.
A) Keydzo Obuti B) Yosiro Mori
C) *Ryutaro Xasimoto D) Tosiki Kayfu
22. XX asr oxirida Yaponiya ichki siyosatida qaysi partiya yetakchilikni saqlab qoldi.
A) Kommunistik partiya
B) *Liberal-demokratik partiya
C) Sotsial-demokratik partiya
D) Respublikachilar partiyasi
23. Qachon Yaponiya bosh vaziri Keydzo Obuti vafot etgan.
A) 1997-yil B) 1998-yil
C) 1999-yil D) *2000-yil
24. 2000-yil Yaponiya bosh vaziri Keydzo Obuti vafot etgandan so‘ng bu lavozimni kim egalladi
A) * Yosiro Mori B) Ryutaro Xasimoto
C) Tosiki Kayfu D) Sindzo Abe
25. Yaponiya XXI asrda qancha summalik mahsulot eksport qilmoqda.
A) 400 trln dollar B) 400 mln dollar
C) *400 mlrd dollar D) 400 mlrd yevro
26. Yaponiya qanday mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallab turibdi.
1) kemasozlik; 2) po’lat; 3) traktorsozlik;
4) metallni qayta ishlash sanoati uchun uskunalar;
5) televizorlar; 6) avtomobil;
A) 2, 5, 6; B) 1,5,6;
C) 1,3,4,5; D) *1,3,4;
27. Yaponiya qanday mahsulotlar ishlab chiqarishda ham jahonda yetakchi lardan hisoblanadi.
1) kemasozlik; 2) po’lat; 3) traktorsozlik;
4) metallni qayta ishlash sanoati uchun uskunalar;
5) televizorlar; 6) avtomobil;
A) *2, 5, 6; B) 1,5,6;
C) 1,3,4,5; D) 1,3,4;
28. Yaponiya YIM hajmi bo‘yicha dunyoda nechanchi o’rinda turadi.
A) 6 B) 5
C) 4 D) *3
29. Dunyoda YIM bo’yicha qaysi davlatlar birinchi va ikkinchi o’rinni egallaydi.
A) Xitoy, AQSH B) AQSH, Buyuk Britaniya C) *AQSH, Xitoy D) Xitoy, Yaponiya
30. Qaysi davlat ko‘plab orol lardan iborat mamlakat. U boshqa mamlakatlarga nisbatan tabiat kuchlari: ocean bo‘ronlari, tayfunlar, zilzilalarga ko‘proq bog’liq.
A) Buyuk Britaniya B) *Yaponiya
C) Xitoy D) Koreya
31. Qachon yuz bergan zilzila Yaponiyaga katta zarar yetkazdi. Minglab kishilar halok bo’ldi.
A) 2011-yil fevralda B) 2011-yil aprelda
C) *2011-yil martda D) 2011-yil mayda
32. 2011-yil martda qaysi orolda zilzila yuz bergan.
A) Xokkaydo orolida B) Kyusyu orolida
C) *Xonsyu orolida D) Sikoku orolida
33. 2011-yil martda Xonsyu orolida yuz bergan zilzila oqibatida qancha kishi boshpanasiz qoldi.
A) *300 mingdan ortiq B) 300 mingga yaqin C) 200 mingdan ortiq D) 200 mingga yaqin
34. 2011-yil martda Xonsyu orolida yuz bergan zilzila oqibatida qaysi atom elektrostansiyasidan radioaktiv moddalarning atrof-muhitga tarqalishi yuz berdi.
A) *Fukusima-1 B) Fukusima-2
C) Fukusima-3 D) Fukusima-4
35. XXI asrda Ichki siyosatda asosan qaysi partiyaning yetakchiligi saqlanib qoldi.
A) Kommunistik partiya
B) *Liberal-demokratik partiya
C) Sotsial-demokratik partiya
D) Respublikachilar partiyasi
36. 2001-yili Yaponiya bosh vaziri lavozimini kim egalladi.
A) SIndzo Abe B) *Junitiro Koidzumi
C) Tosiki Kayfu D) Yosiro Mori
37. Kim Yaponiya konstitutsiyasining mamlakatga o‘z qurolli kuchlariga ega bo’lishini taqiqlovchi moddasini qayta ko‘rib chiqish tarafdori bo’lgan.
A) SIndzo Abe B) *Junitiro Koidzumi
C) Tosiki Kayfu D) Yosiro Mori
38. Junitiro Koidzumi necha muddat hukumatni boshqaradi.
A) 2 B) 4
C) 1 D) *3
39. Qaysi yildan LDP yetakchisi Sindzo Abe hukumatni boshqarib kelmoqda.
A) 2010-yil B) 2013-yil
C) 2011-yil D) *2012-yil
40. Qaysi jarayon faqat Yaponiya uchun xos boigan hodisa emas. Shunga ocxshash jarayonlar yangi, postindustrial sivilizatsiya shakllanayotgan boshqa mamlakatlarda ham yuz bermoqda.
A) *Siyosiy inqirozlar
B) Iqtisodiy inqiroz
C) Eksportning kamligi
D) Chetga kapital chiqarishning kamligi
41. Qaysi davlatda XXI asrda Aholining ijtimoiy tarkibi o‘zgarmoqda, jamiyatni tashvishga solayotgan muammolarning ham mohiyati oczgacha tus olyapti; ko‘plab eski partiyalar inqirozni boshdan kechirmoqda — ular juda qiyinchilik bilan yangi sharoitlarga moslashmoqda, har doim ham yangilikni o‘z vaqtida ilg‘ab ololmayapti.
A) Buyuk Britaniya B) *Yaponiya
C) Xitoy D) Koreya
42. Yaponiya tashqi siyosatida qaysi davlat bilan munosabatlar asosiy o‘rin tutadi.
A) Buyuk Britaniya B) Xitoy
C) Rossiya D) *AQSH
43. Ikkinchi jahon urushi yakunlangandan beri Yaponiya qaysi davlatning mintaqadagi eng yaqin savdo hamkori va strategik sherigi bo‘lib kelmoqda.
A) Buyuk Britaniya B) Xitoy
C) Rossiya D) *AQSH
44. Yaponiyaning qaysi davlat bilan munosabatlari ancha murakkab.
A) Buyuk Britaniya B) *Xitoy
C) Rossiya D) AQSH
45. Qachon J.Koidzumi hukumati Tayvan oroli masalasida ilk bor AQSHni ochiq qo‘llab quvvatlagan.
A) *2005-yil B) 2006-yil
C) 2007-yil D) 2004-yil
46. 2005-yili J.Koidzumi hukumati Tayvan oroli masalasida ilk bor AQSHni ochiq qo‘llaganda qaysi davlat bilan munosabatlari keskin yomonlashdi.
A) Buyuk Britaniya B) *Xitoy
C) Rossiya D) Fransiya
47. Qachon yanada keskinlashgan Shimoliy Koreya masalasida ham Yaponiya bilan Xitoy o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud.
A) 2014-yil B) 2015-yil
C) 2016-yil D) *2017-yil.
48. Detsentralizatsiya nima.
A) *qarorlar qabul qilish bo‘yicha vakolat va majburiyatlarni markazdan boshqa tashkilotlarga o‘tkazish.
B) kishilarning ko‘pincha tor, o‘ta mutaassib va ekstremistik qarashlar doirasida birlashishi, umumiy diniy yo‘nalishdan chetga chiqish.
C) shaharlar soni ko‘payib, ularda davlatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti jamlanishi tarixiy jarayoni.
D) qat’iy xalqaro valutaga milliy valutaning rasmiy kursini pasaytirish.
49. Qaysi atama - kishilarning ko‘pincha tor, o‘ta mutaassib va ekstremistik qarashlar doirasida birlashishi, umumiy diniy yo‘nalishdan chetga chiqish – ma’nosini anglatadi.
A) Detsentralizatsiya B) Urbanizatsiya
C) *Sekta D) Devalvatsiya
50. Qaysi atama - ma’lum harbiy vazifani bajarish uchun tashkil qilingan qo‘shinlar va harbiy texnika majmuasi - ma’nosini anglatadi.
A) Harbiy kengash B) Harbiy xunta
C) Harbiy yordam D) *Harbiy kontingent