Miyacha
sudralib yuruvchilarning xilma-xil harakatlari tufayli kuchli
rivojlangan.
Qushlarda bosh miya qanday
tuzilgan?
Bosh miyada oldingi miya yarimsharlarining sathi katta, o‘rta miya,
oraliq miyaning ko‘rish do‘mboqlari yaxshi rivojlangan.
Miyachasi
harakatlarni muvofiqlashtirish markazi bo‘lganligi sababli kuchli
rivojlangan.
Sutemizuvchilarda bosh miya qanday
tuzilgan?
Sutemizuvchilarda oldingi miya yarimsharlari po‘stlog‘i kuchli
rivojlangan va unda ko‘rish, eshitish, tuyg‘u, harakat analizatorlarining
oliy markazlari, shuningdek, oliy nerv faoliyatining markazlari
joylashgan.
Miyachasi kuchli rivojlangan.
O‘simliklar va zamburug‘larda
gumoral boshqarish qanday amalga
oshiriladi?
Biologik faol moddalar
fitogormon va alkaloidlar
orqali amalga
oshiriladi.
Biologik faol moddalar o‘simliklarda
barcha hujayralarga qanday
yetkaziladi?
O‘tkazuvchi to‘qimalar orqali
Biologik faol moddalar
zamburug‘larda barcha hujayralarga
qanday yetkaziladi?
Mitselliy gifalari
orqali barcha hujayralarga yetkaziladi.
Odam organizimida himoyalanish
bosqichlari qaysilar?
Birinchi bosqichda
organizmga yuqumli kasallik
qo‘zg‘atuvchilarining kirishining oldi olinadi.
Ikkinchi bosqichda
qonning oq qon tanachalari leykotsitlari faoliyat
ko‘rsatadi.
Uchinchi bosqichda
organizmga kirgan yot moddalarga qarshi antitelo
va antitoksinlar ishlab chiqariladi.
Antitelolar -
organizmga kirgan mikroblarni bir-biriga yopishtirib,
parchalab yuboradi.
Antitoksinlar -
mikroblarning hayot faoliyati natijasida vujudga
keladigan zaharli moddalarni neytrallab parchalaydi.
Xordali hayvonlarda teri nimadan
iborat?
Epidermis va dermadan iborat. Epidermis ektodermadan, derma
mezodermadan rivojlanadi
Boshskeletsizlarda teri qoplami
qanday tuzilgan?
Boshskeletsizlarda teri qoplamining epidermis va derma kuchsiz
rivojlangan. Terining epidermis qavati bir qavat hujayralardan,
shuningdek, bir hujayrali bezlardan iborat. Terining derma qavati
(g‘ovak), biriktiruvchi hujayralardan tuzilgan.
Evolutsiya jarayonida umurtqalilarda
epidermis qanday xususiyatga ega
bo’lgan?
Epidermis ko‘p qavatli, pastki qavatidagi hujayralar tinimsiz
ko‘payadi, ustki qavatidagi hujayralar ixtisoslashadi, muayyan
muddatdan so‘ng nobud bo‘ladi va qurib tushib ketadi.
Evolutsiya jarayonida umurtqalilarda
derma qanday xususiyatga ega
bo’lgan?
Teri derma qavatining mustahkamligini ta’minlaydigan biriktiruvchi
tolalar paydo bo‘ladi.
Baliqlarda teri bezlari qanday
tuzilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |