devori qisqarib, chi
qarish naychasi yordamida tashqariga chiqarib yuboriladi. Bo‘shliqichlilarda maxsus
ayirish a’zosi bo‘lmaydi. Moddalar almashinuvining mahsulotlari entoderma qavati hujayralarining
qisqaruvchi vakuolalari yordamida tana bo‘shlig‘iga, u yerdan
tashqi muhitga chiqariladi. Yassi
chuvalchanglarda ayirish sistemasi protonefridiylar (oddiy buyrak) dan iborat. Protonefridiylar parenximada
joylashgan uchi berk bir qavatli epiteliy to‘qimalardan iborat tarmoqlangan naychalardan bo
shlanadi.
Naychalar yirik naychaga kelib tutashadi. Tana bo‘shlig‘ini to‘ldirib turgan suyuqlikdagi ortiqcha suv va
zaharli moddalar diffuziya jarayoni orqali yirik naylarga yig‘iladi va tashqariga chiqarib yuboriladi.
To‘garak chuvalchanglarda ayirish sistemasi tana bo‘ylab joylashgan ikkita uzun naydan iborat. Uzun naylar
bosh tomonda o‘zaro tutashib «bo‘yin bezlari»ni hosil qiladi va ular ayirish teshigi orqali tashqariga ochiladi.
Halqali chuvalchangl
arda har bir tana bo‘g‘imida bir juftdan metanefridiylar joylashgan. Naychaning tana
bo‘shlig‘ida turgan qismi voronkasimon kengaygan, kiprikli bo‘ladi. Kipriklarning harakati tufayli keraksiz
mahsulotlar voronkaga yig‘iladi va naychadan tashqar
iga chiqarib yuboriladi.
Molluskalarda ayirish sistemasi tasmasimon buyraklardan iborat. Buyraklarning tuzilishi halqali
chuvalchanglarning metanefridiylariga o‘xshash bo‘ladi. Kipriklar bilan qoplangan voronkasimon uchi yurak
oldi bo‘lmasiga, ikkinchi uchi esa mantiya bo‘shlig‘iga ochiladi. Metanefridiylarning bir uchi yurak oldi
bo‘lmasiga tutashishi qon tarkibidagi moddalar almashinuvining qoldiqlarini diffuziya natijasida ajratib olib,
mantiya bo‘shlig‘iga chiqaradi.
Molluskalarda ayirish tizimi bilan qon aylanish o‘rtasida bog‘liqlik vujudga
kelgan.
Umurtqasiz hayvonlar ichida yuksak tuzilishga ega bo‘lgan bo‘g‘imoyoqlilar
tipining vakillarida ayirish
sistemasi har bir sinf uchun o‘ziga x
os tuzilishga ega. Masalan, qisqichbaqasimonlarda ayirish bir juft
yashil bez va ularning naychalaridan iborat. Bezlarning pufaksimon kengaygan uchi tana bo‘shlig‘ida
joylashadi. Naychalar esa kalta mo‘ylovlar asosida tashqariga och
iladi.
O‘rgimchaksimonlar ayirish sistemasi bir juft shoxlangan malpigi naychalaridan iborat. Malpigi naychalari
ichak bo‘shlig‘iga ochiladi. Ayirish mahsulotlari kristall holda orqa ichak orqali tashqariga chiqariladi. Bu
o‘rgimchak
larda suvni tejab sarflashiga yordam beradi. Hasharotlarda ayirish sistemasi malpigi naychalaridan
iborat.
Ko‘p hujayrali tuban hayvonlar (bo‘shliqichlilar)da jinsiy a’zolar sistemasi rivojlanmagan. Lekin
ektoderma hujayralaridan jinsiy
hujayralar hosil bo‘lib, noqulay sharoitda (gidrada) jinsiy ko‘payadi.
Meduzalarda esa jinsiy va jinssiz ko‘payish gallanish orqali amalga oshadi. Yassi chuvalchanglar –
germafrodit. Ayniqsa parazit chuvalchanglarda jinsiy sistema
kuchli taraqqiy etgan. To‘garak
chuvalchanglarda jinsiy sistema yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib, ayrim jinsli hisoblanadi. Ularda jinsiy dimorfizm
yaxshi seziladi. Erkaklarida
–
bitta urug‘don, urug‘ yo‘li, urug‘ chiqarish nayi bo‘ladi. Urg‘ochilari yirikroq
bo‘lib, ularda ikkita tuxumdon, tuxum yo‘li va bachadon mavjud.
Halqali chuvalchanglardan ko‘p tuklilar ayrim jinsli, jinsiy dimorfizm
kuzatilmaydi. Metamorfoz bilan
rivojlanadi. Kam tuklilar germafrodit (ikki jinsli), lekin ikkita chuvalchang bir-
birini urug‘lantiradi.
Molluskalardan ikki pallalilar ayrim jinsli, lekin jinsiy dimorfizm kuzatilmaydi. Bo‘g‘imoyoqlilar vakillarining
barchasi ayrim jinsli hayvonlar bo‘lib, jinsiy dimorfizm yaqqol ko‘zga tashlanadi. Qisq
ichbaqasimonlar va
hasharotlar metamorfoz bilan o‘rgimchaksimonlar esa (kanalardan tashqari) metamorfozsiz rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: