5-MAVZU : ANGLIYADA QIROL HOKIMIYATINING KUCHAYISHI . 119.Mutloq monarxiya nima ?
J:Oliy hokimiyatning huquqi hech qanday qonun bilan cheklanmagan yagona bir shaxs monarx qo’lida to’planishidir .
120.Qirol Genrix VIII Tyudor hukumronlik yillari ?
J:1509-1547 yillar
121.Feodallarning o’zaro ichki urushlariga barham bergan narsa nima ?
J:Mutloq monarxiya
122.Boysunishni istamagan feodallarga qanday chora ko’rildi ?
J:Ularning qo’rg’onlari yer bilan yakson qilindi .
123.Angliya qirollari qanday huquqqa ega edilar ?
J:Veto huquqiga
124.Bu huquq ularga qanday imkoniyat yaratgan ?
J:Parlamentning har qanday qarorini taqiqlay olish imkonini berdi
125.Malakat ichki va tashqi siyyosatining asosiy yo’nalishlarini kim belgilar edi ?
J:Parlament emas tarkibini qirol tuzadigan mahfiy kengash belgilar edi .
126.XVI asr Angliya tarixiga qanday nom bilan kirdi ?
J:Tyudorlar sulolasi asri .
127.Angliyada reformatsiya qaysi davrga to’g’ri keldi ?
J:Qirol Genrix VIII hukumronligi davriga
128.Angliyada reformatsiya qanday qilib amalga oshirildi ?
J:xalqning talabi bilan emas balki qirolning hohish va irodasi bilan .
129.Genrix VIII qirol hokimiyatini yanada mustaxkamlash uchun qanday farmon chiqardi ?
J:Cherkovni yerdan va boshqa mol –mulklardan mahrum etish haqida
130.Cherkovga qarashli bo’lgan yerlarning qancha qismi sotib yuborildi ?
J:2/3 qismi
131.Angliyada protestantlik ta’limotiga amal qiluvchi cherkov qanday atalgan ?
J:Anglikan cherkovi
132.Genrix VIII ning qizi kim ?
J:Mariya
133.Mariyaning hukumronlik yillari ?
J:1553-1558 yillari
134.Mariya o’zining cherkov boshlig’i ekanligidan foydalanib qanday ishni amalga oshirdi ?
J:Protestantlikni shakkoklik deb e’lon qildi va katolik cherkovini tiklashga kirishdi .
135.Mariya parlamentning Angliyada qanday qaror chiqarilishiga erishdi ?
J:Rim papasi hokimiyatini qayta tiklash haqidagi
136.Mariyaning qanday siyosati mamlakatda norozilikni kuchaytirib yubordi ?
J:Qatag’on siyosati .
137.Hukumron tabaqalar endi kimni qirollik taxtiga o’tqazishga qaror qildilar ?
J:Genrix VIII ning boshqa qizi Yelizavetta
138.Hukumron tabaqalar o’zz niyatlariga qachon yetadi ?
J:Mariya vafotidan so’ng
139.Yelizavettaning hukumronlik yillari ?
J:1558-1603 yillar
140. Yelizavetta qaysi dinni davlat dini deb e’lon qildi ?
J:Protestantlikni
141.Qirolichaning o’zi qanday unvon oldi ?
J:Cherkov va dunyoviy ishlarning oliy hukumdori
142.Ispaniya qiroli Filipp II Angliyaning qaysi qirolichasiga nafrat bilan qaradi ?
J: Yelizavetta
143.Angliyaning dengiz hukumronligidagi ashaddiy dushmani qaysi davlat edi ?
J:Katolik Ispaniyasi
144.Angliya va Ispaniya o’rtasida qachon urush kelib chiqdi ?
J:1588-yil
145. Angliya va Ispaniya o’rtasida jangda qaysi davlat g’alaba qozonadi?
J:Angliya
146.Yelizavettadan keyin Angliya taxtiga kim keladi ?
J:Teyodorlar sulolasiga qarindosh Shotlandiya qiroli Yakov VI Styort
147.Angliyada Teyodorlar sulolasidan keyin qaysi sulola hukumronligi boshlandi ?
J:Stiyortlar sulolasi
148.Veto- bu…
J:(lotinicha -taqiqilayman)- davlat boshlig’ining biror qanunni yoki qarorni kuchga kiritishdan to’xtatib qo’yish huquqi.
149.Kontrreformatsiya ---
J:16-17 asrlar o’rtalarida Yevropada Rim papasi rahnomaligida reformatsiyaga qarshi qaratilgan diniy –siyosiya harakat.