37 – MAVZU: XIX ASRNING 70 – YILLARIGACHA BO’LGAN DAVRDA AFRIKA XALQLARI 1054.Afrikadagi qabilalarning turmush tarsi nimadan iborat edi?
J:Daydilikdan
1055. Afrikadagi qaysi davlatlar eng qadimgi davlatlar hisoblangan?
J:Gana va Mali
1056. Afrikada qul savdosi uchun odam ovlash qachongacha davom etdi?
J: XIX arning o’rtalarigacha
1057.Qaysi davlat mustamlakalari eng muhim qul savdosi bazalariga aylangandi?
J: Portugaliyaning mustamlakasi Angola va Mozambik
1058.Qachondan boshlab qit’aning ichkari qismini ham mustamlakaga aylantirish boshlandi?
J: XIX asrning 70 – yillaridan
1059.XIX asrning oxiriga kelib qit’a hududining necha foizi mustamlakachilar qo’liga o’tdi?
J: 90 % i
1060. Afrikada faqat qaysi davlatlar o’z mustaqilligini saqlab qola oldi?
J: Efiopiya va Liberiya
1061. 1816 – yilda qayerda Erkinlikka erishgan qora tanli qullarni Afrikaga joylashtirish harakati boshlandi?
J:AQSH da
1062.Natijada 1821 – yilda Gvineya qirg’oqlarida qancha yer maydoni sotib olindi?
J: 13 000 km2 1063.Qachon Liberiya ( erkin ) davlat tuzganini e’lon qilgandi?
J: 1847 – yili
1064.Mamlakat konstitutsiyasi nimani e’lon qildi?
J: Barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini, yashash, erkinlik, xavfsizlik va baxt har bir fuqaro huquqi ekanligini
1065.Liberiya qanday qilib o’z mustaqilligini saqlab qola olgandi?
J: B.Britaniya va Fransiya o’rtasidagi raqobat munosabatlaridan ustalik bilan foydalanib
1066.Qaysi vaqtda hamon Efiopiyada o’rta asr munosabatlari hukm surardi?
J: XIX asrda
1067.Efiopiya qanday davlat edi?
J: Bir necha knyazliklar birikmasidan iborat davlat edi
1068.Kim Efiopiyani yagona davlatga birlashtirdi?
J: Kasa
1069.Kasa nechanchi yilda o’zini imperator deb e’lon qildi?
J: 1855 – yilda
1070.Kim Efiopiyada feodallarning qurolli kuchlarga ega bo’lish huquqidan mahrum etdi?
J: Kasa
1071.Kasa hokimyati B. Britaniyaning aralashuvi bilan nechanchi yilda ag’darildi?
J: 1867 – yilda
1072.XIX asr boshlarida B.Britaniya Janubiy Afrikadagi gollandlarga qarashli qayer bosib olindi?
J: Kap koloniyasi
1073.Koloniya aholisi nima deb atalardi?
J: Burlar
1074.Burlar kimlarning avlodlari edi?
J: Janubiy Afrikadagi golland, fransuz, nemis mustamlakachilarining avlodi
1075.Burlar necha davlat tuzdilar?
J: 2 ta
1076.Burlar tuzgan ikkita davlatning nomi qanday edi?
J: 1 – erkin Oranj Respublikasi, 2 – Transvaal
1077.B.Britaniya erkin Oranj Respublikasini vaqtincha bo’lsa ham nechanchi yilda tan oldi?
J:1854 – yilda
1078. B.Britaniya Transvaalni vaqtincha bo’lsa ham nechanchi yilda tan oldi?
J:1852 – yilda
1079.Qaysi davlat 1830 – yilda Jazoirni bosib oldi?
J: Fransiya
1080. 1847 – yilda Jazoirlik kimning qo’shini mag’lub etildi?
J:Abdulqodir
1081.Hind okeanida qaysi davlat Madagaskar orolini bosib olishga harakat qilib omadsizlikka uchragan?
J:Fransiya
1082.Afrika hududlarining buyuk davlatlar o’rtasida mustamlaka sifatida taqsimlanishi qachon tamom bo’ldi?
J: XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida