28-MAVZU:XIX ASRNING 70-YILLARIGACHA BO’LGAN DAVRDA ROSSIYA 865.Podsho Rossiyasida qanday tartiblar jamiyat taraqqiyotiga katta g’ov bo’lib qoldi?
J:Krepostnoylik tartiblari
866.G’arbiy Yevropa davlatlarida va AQSHda mashinalashgan sanoat ishlab chiqarish rivojlanayotgan bir davrda Rossiyada …………………?
J:Hamon manufaktura ishlab chiqarishi hukmron edi?
867.Rossiyada qachondan boshlab mashinalar ishlab chiqarish joriy etila boshlandi?
J:XIX asrning 30- yillaridan
868.Qo’l mehnatiga asoslangan manufaktura qanday tarmoqqa aylana bordi?
J:Mashinalar ishlatishga asoslangan fabrikaga.
869.XIX asrning 40- yillari oxirlariga kelib Peterburg va Moskva shaharlarida qanday inshoatlar qurildi?
J:Mashinasozlik zavodlari.
870.Rossiyada temiryo’l qurilishi nechanchi asrda boshlandi?
J:XIX asrning 30- yillarida
871.Rossiyada sanoat to’ntarishi qachon tugallandi?
J:XIX asrning 90- yillarida
872.Nima uchun podsho Rossiyasida mashinalashgan ishlab chiqarish keng rivojlanmagan edi?
J:Sababi yetarli kapitalga ega emas edi.
873.Dekabristlar qachon ikkita maxfiy jamiyat tuzdilar?
J:1821- 1822 yillar
874.Dekabristlarning birinchi guruhi ………?
J:Janubiy jamiyat
875.Dekabristlarning ikkinchi guruhi………?
J:Shimoliy jamiyat
876.Janubiy jamiyatning ko’zga ko’ringan arbobi kim edi?
J:Pavel Pestel ( 1793-1826yy)
877.Pavel Pestel qaysi jangda ko’rsatgan jasorati uchun oltin dastali qilich bilan mukofotlangan?
J:Bordino jangida
878.Pavel Pestel yaratgan kontitutsiya loyihasi nima deb ataladi?
J:Rus haqiqati
879.Konstitutsiya loyihasida nima deb ko’rsatilgan edi?
J:Samoderjaviyani (podshoh xokimiyatini), krepostnoylik huquqini yo’q qilish va Rossiyada respublika idora usuli joriy etish.
880.Fuqarolar uchun teng saylov huquqi asosida saylanadigan qanday Rossiya parlamenti bo’lishi belgilandi?
J:Xalq vechesi.
881.Qachon Rossiyada Dekabristlar qo’zg’alon boshlandi?
J:1825- yil 14- dekabrda
882.Dekabristlar harakati rahbarlaridan necha kishi osib o’ldiriladi ularning ichida kimlar bor edi?
J:5 kishi, P.Pestel, N.Muravyov
883.Dekabristlar qo’zg’aloni ishtirokchilarining qolgan qismi qaysi hududga surgun qilinadi?
J:Sibirga
884.Nikolay I inqilob haqida nima degan edi?
J: ”Inqilob Rossiya ostonasida turibdi. Ammo qasamiyod qilib aytamanki, tanamda jonim bor ekan inqilob Rossiyaga kira olmaydi”
885.1853- 1856- yillardagi Turkiya- Rossiya urushida kimlar mag’lubiyatga uchraydi?
J:Ruslar
886.Rossiya podshosi Aleksandr II qachon krepostnoylik huquqining bekor qilinishi to’g’risidagi qonunini imzoladi?
J:1861- yil 19- fevralda
887.Qonunga ko’ra dehqon qanday huquqlarga ega bo’lgan?
J:Pomeshchikning ruxsatisiz oila qurish, mustaqil suratda shartnoma savdo bitimlari tuzishga ko’chmas mulk sotib olishga va uni meros qoldirishga haqli edi.
888.Dehqonlarga beriladigan yer qanday ataladi?
J:Chek yerlar
889.Dehqonlarga beriladigan chek yerlarning miqdori kimlarning kelishuvi asosida belgilanadi?
J:Pomeshchiklar kelishuvi asosida
890.Pomeshchik o’z ixtiyoriga bergan yerning qancha qismini saqlab qolish huquqiga ega edi?
J:1/3
891. Pomeshchiklarning quruqlikdagi yerning qancha qismini saqlab qolish huquqiga ega edi?
J:1/2
892.Qonunga binoan dehqon Vikup bitimi tuzilayotganda yer uchun qo’yilgan bahoning necha foizini podshoga to’lash kerak edi?
J:20 %
893.Vikup bitimi 80 % ini davlat dehqonlarga beradigan qarz sifatida kimlarga to’lardi?
J:Pomeshchiklarga
894.Dehqonlar bu qarzni necha yil davomida to’lab turishi kerak edi?
J:9 yil
895.Podsho Rossiyasi XIX asrda qaysi hududlarni bosib oldi?
J:Bessarabiya va Kavkazorti
896.Shimoliy Kavkaz bilan podsho Rossiyasi necha yil urush olib borishga majbur bo’ladi?
J:Shimoliy Kavkazni bo’ysundirish uchun 30 yil
897.Dog’iston, Checheniston va Adigiyning tog’lik xalqlarining Rossiyaga qarshi kurashida kim rahbarlik qiladi?
J:Shomil
898.Shomil necha yil rahbarlik qiladi?
J:25- yil
899.Qachon butun Kavkaz podsho Rossiyasi tarkibiga kiritildi?
J:1864- yil
900.Qachon Qo’qon xonligi va Buxoro amirligining bosib olingan hududlarida Turkiston general- gubernatorligi tashkil etildi?
J:1867 yil
901.Qachon Rossiya Alyaskani AQSHga sotadi?
J:1866- yil
902.Qachon Qo’qon xonligi va Buxoro amirligi podsho Rossiyasiga qaramligini tan oldi?
J:1868- yil
903.Vikup bu…..
J:Kreposnoylikdan ozod bo’lgan dehqonning o’ziga berilgan yerni haq to’lash evaziga sotib olishi.
904.Katorga …………………..?
J: (yunoncha) – juda og’ir sharoitda ishlatish va qamashdan iborat jazo chorasi va shunday jazoni o’tash joyi.
905.Surgun………
J:Jazo tariqasida boshqa yerlarga jo’natish.