"Me’yoriy"xujjat
atamasi standartlar, texnikaviy shartlar, shuningdek umumiy
ko’rsatmalar, yo’riqnomalar va qoidalar tushunchasini xam o’z ichiga qamrab
oladi.
Standartlashtirish maqsadlari ko’pqirrali bo’lib,ular asosan quyidagilardan
iborat: birxillashtirish (xar xillikni boshqarish), qo’llanishlilik, moslashuvchanlik,
o’zaroalmashuvchanlik, sog’liqni saqlash, xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muxitni
asrash, maxsulotni ximoyalash, o’zaro tushunishlikka erishish, savdodagi iqtisodiy
ko’rsatkichlarni yaxshilash va boshqalar. Bir maqsadni amalga oshirish vaqtida
boshqa maqsadlar xam amalga oshishi mumkin.
Standartlashtirishda maxsulotning vazifasiga muvofiqligi deganda belgilangan
sharoitlarda muayyan vazifalarini buyum, jarayon yoki xizmatlar tomonidan
bajarish qobiliyati tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |