11-mavzu. Sportning globallashuvi. Jinoyatning globallashuvi
Reja:
1. Sportning global jarayonga aylanishining o‗ziga xos xususiyatlari.
2. Sportning globallashuviga olimpiya xarakatining ta‘siri.
3. Sport globallashuvining ijobiy va salbiy xususiyatlari.
4. Texnik modernizatsiyalashgan jinoyat: sputnik aloqa internet, hozirgi zamon etnik
vositalari.
5. Giyohvandlik moddalarni tarqatish va iste‘mol qilishning globallashuvi.
6. Terrorizm globallashuvining qurol savdosiga ta‘siri.
7. Qurol savdosi jinoyat globallashuvidagi yangi bo‗g‗in.
8. Odam savdosi – trafikaning globallashuvi.
Insoniyat asrlar davomida sinovdan o`tgan ijtimoiy hodisa, jismoniy mashqlarni ya`ni,
sportni – sog`lom turmush tarzini shakllantirishning garovi deb, bejiz aytmagan. CHunki sport
millati, irqi, dinidan qat`iy nazar, barchaga o`zlarining sog`lom turmush tarzlarini tashkil etishlari
uchun keng imkoniyatlar yaratib beradigan omillardan biridir.
Bugungi kunda davlatimiz tomonidan sportni ommalashtirish borasida ko`pgina ishlar
amalga oshirilmoqda. Sportga e`tiborning kuchayishi bevosita yangicha tafakkur hamda insonni
shakllantirishga qaratilgan jamiyatning hayot faoliyati sohalariga yangi munosabatni taqozo
qiladi. Biroq, ijtimoiy rivojlanishning mazkur sohasiga uzoq yillar mobaynida etarli e`tibor
berilmadi. Boshqarishdagi eskicha printsip buyruqbozlik usuli pedagoglar, shifokorlar, olimlar,
tarbiyachilar, murabbiy-trenerlar tashabbuslarining keng yoyilishiga muayyan darajada to`siq
bo`lib keldi. Xalq ta`limi sohasi ham insonni tarbiyalash va unga ta`lim berishda insoniyatning
yaratgan eng boy merosiga murojaat etmadi va ijodiy foydalanmadi.
Ta`kidlash joizki, aholining salomatligini mustahkamlash maqsadida qator tadbirlar
amalga oshirilmokda. Bunda ―Alpomish‖ va ―Barchinoy‖ maxsus testlarining hayotga tatbiq
qilinishi, o`quvchi yoshlar va talabalarning turli sport musobaqalari, ―Umid nihollari‖,
―Barkamol avlod‖, ―Universiada‖ kabi sport musobaqalari, shuningdek, xalq milliy o`yinlari,
festivallari va turnirlarning muntazam tashkil qilinishi e`tiborga molikdir. Respublikamizning
turli hududlarida yirik sport inshootlari qad ko`tarmokda, yangi sport maktablari, litseylar, kasb-
hunar kollejlari tashkil qilinmokda. Sport jamoalarining turlari va sonlari tobora oshmokda.
Bunda ommaviy sog`lomlashtiruvchi va sport mahoratlarini oshiruvchi tadbirlarni maqsadli
tashkil qilish mutaxassislar, jamoat idoralari va homiylardan katta tashkilotchilik, diqqat-e`tiborni
talab etadi.
Ayniqsa, hozirgi murakkab va tahlikali zamonda milliy o`zligimiz,
azaliy
qadriyatlarmizga yot va begona bo`lgan turli xil hurujlar, yoshlarimizning ongi va qalbini
egallashga qaratilgan g`arazli intilishlar tobora kuchayib borayotgani barchamizni yoshlar
o`rtasida sog`lom turmush tarzi tamoyillarini yanada mustahkam qaror toptirish, ularni
giyohvandlik, axloqsizlik, chetdan kirib kelayotgan har xil zararli ta`sirlardan, ―ommaviy
madaniyat‖ niqobi ostidagi tahdid va hatarlardan asrash masalalari bir zum ham e`tiborimizdan
chetda qolmasligi yurtboshimiz tomonidan alohida qayd etib o`tilgan edi.
1[141]
Tarixiy an`analarimiz va qadriyatlarimizni milliy sport turlari orqali yoshlarimiz ongiga
singdirishimiz hamda ularning dunyoqarashiga salbiy ta`sir qiladigan illatlardan ogoh etib, aholi
o`rtasida sportni ommalashtirish usullarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Bu vazifalar
bizning nazarimizda, aholi istiqomat qiladigan joylarda jismoniy tarbiya va sportni jonlantirish
1
[141]
Karimov I.A. O`zbekistоn Kоnstitutsiyasi – biz uchun taraqqiyot yo`lida va fuqarоlik jamiyatini barpо etishda mustahkam
pоydevоrdir. –T.: O`zbekistоn,2009. – 16 b.
ishlari mahalla kengashlari, sportni rivojlantirishga mutasaddi tashkilotlar, mutaxassis hodimlar
va sport faollari bilan hamkorlikda olib borilsa o`zning ijobiy natijasini beradi.
Sport insonda yuksak ma`naviylik va axloqiylikni shakllantiradi. SHuning uchun ham
prezidentimiz I.A.Karimov ―Sportni rivojlantirish jamiyatimizda mehr-muruvvat tuyg`usini
yuksaltirish borasidagi maqsadimizga, kerak bo`lsa, siyosatimizga ham juda katta hissa qo`shadi.
O`zini haqiqiy sportchi deb biladigan, sport bilan chin ko`ngildan shug`ullanadigan odam hech
qachon birovning rizqiga hiyonat qilmaydi, qo`pollik, baxillik, hasad kabi illatlardan yiroq
bo`ladi. Bunday bolalar hech qachon ko`chada odobsizlikka borib, kuchini namoyish qilmaydi,
nega deganda, uning ichki dunyosiga sport orqali yangicha qarash, yangicha insoniy hissiyotlar
kiradi‖
2[142]
, - degan edilar.
SHunday ekan, sportni ommalashtirishimizda avvalo, ma`naviy-axloqiy muhitni
nazardan qochirmaslik kerak. Zero, jamiyatning ma`naviy – axloqiy muhiti davr ehtiyojlari va
talablariga ko`ra takomillashib boradi. Bugungi O`zbekistonning ijtimoiy taraqqiyoti ham jamiyat
ma`naviy-axloqiy muhitining yangi tushunchalar, axloqiy qadriyatlar, tamoyillar va me`yorlar
bilan rivojlanib borishini taqozo etmoqda. SHaxsni ma`naviy-axloqiy tarbiyalashda ideal
darajadagi qadriyatlarga asoslanish kutilgan samarani beradi. Bu borada, bizningcha, mutloq
tushunchalarga yangicha nuqtai-nazardan qarash va asoslanishning vaqti keldi. Masalan,
shaxsning axloqiylik darajasini belgilashda uning iroda erkinligiga, burchga va mas`uliyatga
egaligini nazarda tutish maqsadga muvofiqdir. Albatta, bular mutloq axloqiylik elementlari
hisoblanadi. Negaki, shaxsning iroda quvvatini, burch tuyg`usini va mas`uliyat hissining
ko`lamini aniq belgilashning imkoni yo`q. Ayni paytda, bu sifatlarsiz shaxs axloqini
shakllantirish masalasiga yondoshib bo`lmaydi.
Xalqimiz nafaqat boshqa sohalarda, balki sport sohasida ham o`zlarini ko`rsatishlari
uchun o`z xalqining o`tmishi, azaliy odatlari va qadriyatlarini qanchalik bilishida katta ma`no
bor. Barcha aholi orasida stol tennisi, shaxmat va shashka, milliy o`yinlar, engil atletika
to`garaklari, guruxlar va jamoalarni ommalashtirish ularda sog`lomlashtirish tadbirlarining turli
shakllaridan, shu jumladan, ertalabki gimnastika, yurish, sayoxat va boshqa turlardan keng
foydalanishni yo`lga qo`yish kerak. Aholi turar-joylarida ommaviy sport musobaqalarini
o`tkazishda sport inshootlari katta ahamiyat kasb etadi. Bu inshootlar belgilangan qurilish
me`yorlari talablariga mos, bolalar hamda kattalarning ehtiyojlarini qondiradigan, shu turar -joy
qurilishiga munosib, hamoxang bo`lishi kerak.
Mustaqillik sharofati bilan shakllangan milliy va umumxalq bayramlari kabi sport
bayramlariga ham katta e`tibor qaratilayotganligi quvonarli xoldir. Bu esa barkamol avlodni
jismonan sog`lom qilib tarbiyalash ishlarini samarali tashkil etishda o`zining ijobiy natijasini
beradi. Zero, sportni ommalashtirish orqali sog`lom turmush tarzini shakllantirishga erishish
mumkin.
Istiqlol sabab ta`lim sohasida eng maqbul dasturlarning o`z vaqtida uzoqni ko`zlab
ishlab chiqilishi, ta`lim – tarbiya jarayonini tubdan isloh etish, takomillashtirish, kelajak
poydevori bo`lgan yoshlarning aqli va salohiyatini zamonaviy bilimlar bilan charxlash, ta`lim
maskanlarining moddiy – texnik bazasini mustahkamlash, har tomonlama barkamol, chuqur
bilim, mustahkam e`tiqod va mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo`lgan avlodni voyaga
etkazishda g`amho`rlik qilish, yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug`ullanishiga
doimiy e`tibor qaratish davlat siyosati darajasiga molik bo`ldi. YUrt farzandlarining mamlakat va
dunyo sport maydonlarida yuqori pog`onalarni egallayotgani yurtboshimiz tashabbusi va sa`y -
harakati bilan o`tkazilayotgan uch bosqichdan iborat uzluksiz tizim-“Umid nihollari”,