Rivojlanish jarayonining psixologiya va pedagogika uchun zarur bo'lgan
xususiyatlari ajratib ko'rsatilgan. Ular quyidagilar:
-
sifat jiliatdan o'zgarish va yanada mukammalroq bosqichga ko'tarilish;
-
rivojlanishni qaytara olmaslik (rivojlanish ro'y bergandan so'ng, avval
mavjud bo'lgan narsa- hodisalarni toialigicha ortga qaytarishning iloji yo'qligi);
-
progress va regress elementlarining umumlashmasi (bir sohadagi progressiv
rivojlanish, boshqa bir sohadagi regress yuz berishi mumkinligini bildiradi);
-
notekis rivojlanish (sifat o'zgarishlarining tezkor o'zgarishi, miqdor o'zgarishi
bilan almashadi);
-
zigzagsimon rivojlanish (yangilanishlarning paydo bo'lganida, natijalar oldingi
holatlarga qaraganda, sifat jihatdan yaxshi natija bermasligi. Masalan, bola
emaklashdan tik turib yurishga o'tgan davrda, sekin harakatlanadi va jarohatlar olishi
mumkinligi ham kuzatiladi);
-
rivojlanish darajalaridan bosqichlariga o'tish (yangilanishlar paydo bo'lganda,
awal o'zlashtirilgan ko'nikmalar yo'qolib ketmaydi, balki yangilanishlar uchun asos
sifatida saqlab qolinadi);
-
barqarorlik ko'rsatkichi.
Psixologik rivojlanishning asosiy. uch turi mavjud: filogenetik, ontogenetik va
funksional.
Filogenez psixikasi
- insoniyat tarixida insonning psixik shakllanishi va biologik
evolyusiyasi.
Ontogenez psixikasi
- individning butun umri davomida psixologik
tuzilishining shakllanishi.
Funksional rivojlanish psixikasi
- psixologik funksiyalar, yangilanishlar, yangi
intellektual, perseptiv, mnemik, aqliy funksiyalarning paydo boiishi. Bu ontogenetik
taraqqiyotning bir qismi hisoblanadi.
Psixik rivojlanishning yuqoridagilardan tashqari me'yoriy va individual
rivojlanish shakllari ham mavjud.
Me'yoriy rivojlanish shu yosh davridagi insonlarga xos bo'lgan o'zgarishlarni
tavsiflaydi. Aksariyat hollarda me'yor borasida, psixologik va shaxs rivojlanishining
yuqori
darajasi
deb
qaraladi.
Individual
rivojlanish
shaxsning
alohida
xususiyatlarining vujudga kelishini anglatadi.
Psixologiyaning asosiy tushunchalaridan biri - psixologik yoshdir.
U individni ontogenezdagi ob'ektiv, tarixiy va xronologik jihatlarini belgilaydi.
Odam jamiyatda turli guruhlar faoliyatida qatnashar ekan, ko’pincha, ularda har xil
vazifalarni (funktsiyalarni) bajaradi, o’zaro xech bir o’xshamagan rollarni ijro
etadi. Masalan, ota-onaning, oilaning «egovi», injiq, «zo’ravon» bola o’z
tengqurlari davrasida ehtiyotko-rona harakat qilib, o’zini tamoman boshqacha
tutadi. Shuningdek, jiddiy, talabchan va xizmat vaktida boshqalarga
qo’shilmaydigan sa-yohat davrida, mehnat faoliyatida, hashar va xamkorlikda,
ulfatchi-likda hazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin. Yuqorida keltirilgan
masalalardan bitta odamning o’zi turli vaziyatlarda mazmun jihatdan bir-biriga
qarama-qarshi rollarni bajaradi. Aksariyat hollarda odam turli-tuman vaziyatlarga,
sharoitlarga moe, ularga mutanosib bo’lgan jihatlarni (jabhalarni) namoyon qiladi,
uning oilada, xizmat vazifasida, jamoatchilik orasida, sport musobaqa-sida va shu
singarilarida o’z zimmasiga olgan rollarni bir-biriga qarama-qarshi emas, balki
o’zaro hamohang tarzda o’ynaydi. Ana shu inson fazilatlarining, xislatlarining,
sifatlarining bir-biriga mosligi shaxsning yaxlitligini ko’rsatuvchi alomatlardan biri
bo’lib, undagi
qarama-qarshilik, ziddiyat
va
shakllanib
ulgirmagan
xususiyatlarning ko’rsatkichi uning turli vaziyatlarda bajariladigan rollarning
o’zaro bir-biriga zidligi yoki nomutanosibligi hisoblanadi.
Inson jamiyatning turli guruhlarida odamlarning o’z zimmasiga olgan vazifalari
va rollari qanchalik rang-barang bo’lmasin, turmushdagi mavqei ko’p ma’no, ko’p
kirrali xususiyatga ega bo’lishidan qat’i nazar, inson shaxsiga to’la moe keladigan
haqiqiy tavsif berish imkoniyati saqlanib qoladi. Unga beriladigan tavsif faqat
uning o’ynaydigan asosiy rollarini, egallagai mavqeining individualligini namoyon
qiluvchi motivlarini aniqpash bilan emas, balki uning ishlab chiqarishga, moddiy
boyliklarni o’zlashtirishga nisbatan munosabatini o’rganish orqali beriladi.
O’zbekistonda inson shaxsiga beriladigan asosiy tavsif uning asosida gumanistik,
mustaqil, huquqiy jamiyat qurish jarayoniga nisbatan va bu ijtimoiy jarayonda faol
qatnashishi kabi muhim mezonlarga asoslanadi.
Jahon psixologiya fanining ilg’or taraqqiyparvar, gumanistik tadqiqotchilarining
tajribasida ko’rsatilishicha, shaxsning psixologik tuzilishi, psixologik xususiyatlari,
xarakter xislati, temperament xususiyatlari, irodaviy sifatlari, akliy krbiliyatlari,
iste’dod darajalari, barqaror qiziqishlari, hukmron motivlari, his-siyoti va shu
kabilarning birikmasi (majmuasi) har bir yaqqol, alo-xida odamda betakror,
barqaror, turg’un birlikni tashkil etadi. Bu esa, o’z ntsvbatida shaxeni psixologik
tuzilishining nisbiyligi, qatьiyligi, stereotipligi to’g’risidagi fikrni qat’iy
tasdiqlashga imkon yaratadi.
Psixik holatlar, hodisalar (hissiyot, xohish, orzu, tafakkur va shu kabilar)
uzluksiz ravishda o’zgarib turishi, ijtimoiy guruhlar-da, hayotiy vaziyatlarda odam
o’z zimmasiga olgan rollariga aloqador xulq-atvornida o’zgarishi, yoshni ulg’ayib
borishi ham shaxsning psixologik qiyofasi (milliylik, etnik ta’sir asosida) muayyan
darajada barqarorlikni saqlaydi. Mazkur nisbiy barkarorlik odam qat-nashadigan
uning yashash sharoitlari, jismoniy xususiyatlarining qiyofasi bilan uyg’unliqtsa
shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar yig’indisining doimiyligi bilan uzviy
bog’likdir. Biroq biz qayd qilib o’tgan doimiylik nisbiy xususiyatga egadir. Chunki
shaxsni psixik tuzilishining o’zgarishi jahon psixologlarining bir qator
tadqiqotlarida o’rganilgan. Bu o’zgarishlar odamning yashash muhiti, amalga
oshiradigan faoliyatida namoyon bo’duvchi hisoblanib, ular ijtimoiy ta’sir, tarbiya
sharoitiga bevosita alokadordir.
Insonda vujudga keladigan tilaklar sa’y-harakatlar motivlari hisoblanib, bu motivlarda
aynan shu vaziyatda bevosita yaqqol namoyon bo’lmagan turmush va rivojlanish
sharoitlarida ehtiyojlar ifodalanadi.
Shaxsning psixik taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari insonning hayoti-
faoliyati davomida o’zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning haqiqiy
imkoniyatlari o’rtasidagi qarama-qarshiliklar bo’lib hisoblanadi. Bular to’g’risida
jahondagi ilmiy psixologik adabiyotlarda bir qator qimmatli va boy materiallar
mavjuddir.
Odatda, shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, tarkib toptirish, kamolotga yetkazish
mavjud qarama-qarshiliklarni, ziddiyatli vaziyatlarni yengish„ irodaviy zo’r berish,
zo’riqish, tanglik, jid-diylik holatlarini boshqarish, o’zini qo’lga olish orqali o’shbu
faoliyatni amalga oshirishning oqilona, omilkor vositalarini (yo’llari, usullari,
operatsiyalari, ko’nikmalari, uquvlari, malakalari, odatlari, harakatlari, sa’y-harakatlari
kabilarni) o’zlashtirish, egallash natijasida vujudga keladi. Bularning barchasi imitatsiya
(takdid), identifikatsiya, refleksiya, stereotipizatsiya, ta’lim, o’qitish, o’qish, o’rganish,
o’rgatish, saboq olish, o’zlashtirish, mustaqil bilim olish jarayonida yuzaga keltiriladi.
Mazkur holatda aniq faoliyat orqali ehtiyojni qondirish qonuniy ravishda yanada yuksak-
roq, yuqori boskichdagi yangi xususiyatga ega bo’lgan ehtiyojni tug’diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |