Innovatsion faoliyat rivojlanishida axborot-kommunikatsiya texnolo-giyalarining o’rni juda katta ahamiyatga ega. Innovatsion faoliyatni shakllantirishda axborot yig’ish uslublari qo’yidagilardan iborat:
o’z-o’zini registratsiya qilish (samoregistratsiya). o’ziga vazifalar tayinlaydi va mas’uliyat, javobgarliklarni belgilaydi;
intervyu (suhbatlashish). Bu yerda qo’shimcha imkoniyatlar aniqlanishi mumkin. Ko’p hollarda juda qo’l keladi.
savollarga yozma nazorat;
so’rovnomalar. Tashkilot doirasida standartlardan foydalangan xolda ishlab chiqiladi;
ish kundaliklari. Bu xodimning kundalik mehnat faoliyati to’g’risida to’plangan ma’lumotlar asosiga tayanadi;
guruhlar baxsi usuli;
kuzatuv usuli. Ishga ta’luqli axborotlar yig’iladi va qog’ozga tushiriladi. Video, fotoapparat yoki magnitofon yordamida kommentariya zapisi va x.k.;
kritik vaziyatlardagi usullar. Xodimni bu vaziyatda ishchanlik qobiliyati aniqlanadi.
Innovatsion faoliyat rivojlanishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining axborot maydoni aniqlab olish qo’yidagilar asosida amalga oshiriladi:
innovatsiyada yaratilgan ishlar;
internet resurslar;
akt vositalari;
axborot resurslari;
kompyuter fayllari.
Qishloq xo’jaligida innovatsion faoliyatni boshqarishda axborot-kommunikatsion texnologiyalar zamonaviy axborot texnologiyalar asosida olib boriladi:
davlat boshqaruvida axborot texnologiyalarini tatbiq etish samaradorligi.
elektron hujjat va elektron hujjat aylanish tizimlarida elektron raqamli imzoni qo’llash;
davlat va xo’jalik boshqaruv idoralari axborot tizimlari va resurslari;
lokal, korporativ va global axborot tizimlari;
milliy axborot tizimini shakllantirishda axborot tizimlari majmuasini yaratish va integratsiyalash usullari;
davlat idoralari taqdim etayotgan axborotga fuqarolarni masofaviy foydalanishga imkoniyat yaratish;
fuqarolarni o’zaro aloqasini ta’minlab beruvchi axborot tizimlari;
normativ so’rov axborotlarni yuritishni ta’minlab beruvchi axborot tizimlari.
Qishloq xo’jaligida innovatsion faoliyatni boshqarishda axborot-kommunikatsion texnologiyalar lokal, korporativ va global axborot tizimlarini o’z ichiga oladi.