11.12-rasmda Monopolistik raqobat sharoitidagi uzoq muddatli muvozanat va
mukammal raqobatdagi uzoq muddatli muvozanat taqqoslangan. Monopolistik raqobat va
mukammal raqobat sharoitida ikkita farq mavjud: ortiqca imkoniyat va va qo’shimcha
qiymat.
(A) rasmda Monopolistik raqobatlashgan bozordagi uzoq muddatli muvozanatni
ko’rsatyapti, (B) rasmda esa mukammal raqobatlashgan
bozordagi uzoq muddatli
muvozanatni ko’rsatyapti. Bunda ikki tofovut mavjud:
- mukammal raqobatda firma samaradorlik shkalasida ishlab chiqaradi, bunda
o’rtacha umumiy harajat minimallashtirilgan. Farqli o’laroq Monopolistik raqobatlashgan
firma samarodorlik shkalasidan kam bo’lgan miqdorda
maxsulot ishlab chiqaradi;
- maxsulot narxi mukammal raqobat sharoitida chekli harajatga tenglashadi, biroq
narx Monopolistik raqobatdagi chekli harajatdan baland.
11.12-rasm Mukammal va Monopolistik raqobat
Ortiqcha imkoniyatlar.
Bozorga erkin kirish va chiqish har bir Monopolistik
raqobatlashgan bozordagI firmanini talab egri chizig’i va o’rtacha harajatlari egri
chizig’ining bir-biriga tegib turishiga olib keladi. 11.12 – rasmning (A)
rasmsida ishlab
chqilgan hajm bu nuqtada o’rtacha umumiy harajatlarni minimallashtiriladigan hajmdan
kechikligi ko’rsatilgan. Shunday qilib, Monopolistik raqobatlashgan
sharoitda firmalar
o’zining o’rtacha harajatlar chizig’ining pastga qarab og’ayotgan qismida ishlab chiqaradi.
Shu yo’snda Monopolistik raqobat mukammal raqobatdan keskin farq qiladi. (B) rasmda
ko’rinib turibdiki, raqobatlashgan bozorga erkin kirish va chiqish firmani ortacha umumiy
harajatlarining minimal nuqtasida ishlab chiqaradi.
O’rtacha umumiy harajatlarni minimallashtiradigan ishlab chiqarish xaimi
korxonaning samaradorlik shkalasi deb ataladi.
Uzoq davrli muddatda mukammal raqobatlashgan
korxonalar samaradorlik
shkalasida ishlab chiqaradi Monopolistk raqobatdosh korxonalar esa ko’rsatgichdan past
darajada shlab chqaradi. Korxonalarni Monopolistik raqobat ostida ortiqcha hajmi bor
deyshadi. Boshqacha qilib aytganda Monopolistik raqobalashuvchi firma,
mukammal
raqobatdosh firmaga o’xshamagan xolda ishlab chiqarilgan hajmni oshirishi va
maxsulotni o’rtacha harajatini kamaytirshi mumkin. korxona bu imkniyatdan voz kechadi,
chunki bu qo’shimcha ishlab chiqarishni sotish uchun, naxni kesishga to’g’ri keladi.
Monopolistik raqobadchi uchun ortiqcha hajm bilan ish tutish unga ko’proq foydalidir.
Do'stlaringiz bilan baham: