Javoblar
1)Yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning huquqiy asosi, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishning kafolati bo’lgan Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi 1993 yili 9 aprel kuni qabul qilinib, bugunga qadar bir necha marta o’zgarishlar va qo’shimchalar kirgizilib, takomillashtirilib kelinmoqda.Jumladan, 2021 yil 12 fevral kuni o’tkazilgan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining o’n beshinchi sessiyasida “Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgarishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qoraqalpog’iston Respublikasining Qonuni qabul qilinib, mazkur qonun asosida Konstitutsiyaga bir qator o’zgarishlar va qo’shimchalar kiritilgan edi.Masalan, Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasidagi, 15-moddaning ikkinchi bo’limidagi hamda 36-moddasi mtanidagi «odamlar» degan so’z «shaxslar» degan so’z bilan almashtirildi. 70-moddaning 11-bandi, shuningdek, 103 va 104-moddalar olib tashlandi.Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yilligi munosabati bilan “Qaraqalpaqstan” nashriyoti tomonidan chop etilgan Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasida shu singari o’zgarishlar va qo’shimchalar aks ettirilgan.
2) Respublikaning tashqi savdo aylanmasi 2004 yil uchun 95559,4 ming AQSH dollari yoki 2003 yil darajasidan 50.2% ortiq. Jumladan. eksport 35160,5 ming AQSH dollari yoki 2003 n.darajasidan 45.2% ortiq; import 60398.9 ming AQSH dollari yoki 2003 yildarajasidan 53,3% koʻp.2004 yilda tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmiga nisbatan asosiy ta.shqi savdo hamkorlari: Xi-toy – 33.4%. Yeyermaniya – 14,6%, Buyuk. Britaniya – 8,1%, Shveysarnya – 6,4%. Avstriya – 5.7%. Italiya – 4.1%. Fransiya - 2,9%. AQSH – 2.5%. Potsha –2,3%, Belgiya – 1.7%ni tashkil qi.t.ti. Asosiy savlo hamkorlari boʻlib yaqin xori-jiy mamlakatlardan Rossiya (13.1%) va Qozogʻiston (1.0%) hisoblanadi.
3) Oʻzbekistonning xalqaro maydonda tutgan oʻrni tobora mustahkamlanib, oʻz soʻziga ega boʻlib borayotgani har birimizni behad quvontiradi. Yaqinda dunyo boʻylab tarqalgan yana bir xushxabar — Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi yalpi majlisida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan taklif asosida Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi maxsus rezolyutsiyaning bir ovozdan qabul qilingani barchamizga gʻurur va iftixor baxsh etdi.
Darhaqiqat, mazkur taklif Prezidentimiz tomonidan izchillik bilan ilgari surib kelinayotgan edi. Davlatimiz rahbari ushbu tashabbusni 2018-yil avgust oyida Turkmanboshi shahrida boʻlib oʻtgan Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʼsischi-davlatlar rahbarlari yigʻilishida ilk bor oʻrtaga tashlagandi. Oʻtgan yilning sentyabrida boʻlib oʻtgan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida nutq soʻzlagan Yurtboshimiz mazkur nufuzli xalqaro tuzilmaga aʼzo davlatlarni shu masala boʻyicha maxsus rezolyutsiyani ishlab chiqish va qabul qilishga chaqirdi. Bu shunchaki chaqiriq boʻlmasdan, unda boʻlajak rezolyutsiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyati toʻliq ochib berildi. Yaʼni mazkur hujjatda yuqori texnologiyali innovatsiyalar, ekologik toza, energiya hamda suvni tejaydigan texnologiyalarni yaratish va tatbiq qilishga investitsiyalarni jalb etish uchun shart-sharoit yaratish, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini keng qoʻllash, tuproq degradatsiyasi, choʻllanish hamda ekologik migratsiyaning oldini olish, ekoturizmni rivojlantirish singari oʻta dolzarb masalalarga doir chora-tadbirlar qamrab olinishi kerakligi aytildi.
Qisqa vaqtda yurtimizda ana shu gʻoyani yuzaga chiqarish maqsadida dadil qadamlar tashlandi. Tegishli vazirliklar, xorijdagi elchixonalarimiz va BMTdagi doimiy vakolatxonamiz tomonidan qator idora hamda tashkilotlar bilan birgalikda bu borada keng koʻlamli ishlar bajarildi. Masalan, 2019-yilning 25-oktyabrida Nukusda boʻlib oʻtgan “Orol dengizi mintaqasi — ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi” mavzuidagi xalqaro konferensiyada ilk bor rezolyutsiya loyihasi taqdim etildi.Keyin barcha diplomatik vakolatxonalarimiz tomonidan rezolyutsiyaning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida BMTga aʼzo davlatlar bilan muzokaralar oʻtkazildi. Turli forumlar, BMT asosiy tuzilmalarining yalpi va maxsus yigʻilishlarida uning dolzarbligi bot-bot takrorlab kelindi. Shu bilan birga, rezolyutsiya matnini kelishib olish uchun BMT aʼzolarini keng jalb etgan holda qator norasmiy maslahatlashuvlar ham tashkil qilindi.Ana shu jarayonlarda ushbu hujjat loyihasi Osiyo — Tinch okeani mintaqasi, Yevropa, Afrika, Lotin hamda Shimoliy Amerika davlatlari delegatsiyalari tomonidan yuksak baholangani va u nafaqat Markaziy Osiyo, balki dunyoning boshqa davlatlari uchun ham muhimligi taʼkidlangani, ayniqsa, eʼtiborga molik.Rezolyutsiyaga dunyoning 60 ga yaqin davlatlari hammuallif boʻlgani ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi qanchalik dolzarb va muhimligini koʻrsatib turibdi.
4) 2010-yilda “Markaziy Osiyoning transchegaraviy ekologik muammolari: ularni hal etishda xalqaro huquqiy mexanizmlarini qo‘llash” mavzusida o'tkazilgan xalqaro konferensiyada Islom Karimov transchegaraviy daryolar va ulardan foydalanishda adolat tamoyiliga rioya etish zarurligini, aks holda mintaqaning eko olamiga ulkan fojialarni keltirishi mumkinligi haqida yana bir bor ommaga ma'lum qildi.2013-yilda Orol dengizi uchun Amudaryo deltasidagi kichik suv havzalarini yaratish, suvni tuzsizlantirish inshootlari bilan drenaj inshootlarini qurish, himoya o‘rmonini barpo etish , boshqa loyiha va tadbirlarni amalga oshirish uchun mablag‘ ajratish rejalashtirilgan.2013-yilda O‘zbekiston Respublikasi va OQXJ ning o'sha paytdagi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi 68-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida “Orol dengizi vayron bo‘lishi oqibatlarini bartaraf etish va uning oldini olish Orol dengizi ekotizimining vayron bo'lishini oldoni olish tadbirlari Dasturi" ilgari surildi. Global miqyosda va Markaziy Osiyoda ekologik vaziyatning yomonlashuvi va chuchuk suv tanqisligi sharoitida Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.Ma’lumki, Markaziy Osiyoning ikki asosiy transchegaraviy daryolari – Amudaryo va Sirdaryo tarixan mintaqa xalqlarining umumiy boyligi va hayot manbai bo‘lib kelgan. Bu daryolarning quyilishi hisobiga Orol dengizi havzasi suv bilan ta’minlanadi.Shularni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Tojikiston va Qig'iziston Respublikalari tomonidan jahon miqyosida yirik andozadagi yirik to‘g‘onlar , Amudaryoning yuqori qismida balandligi 350 meteni tashkil etadigan Rog‘un GESi va Sirdaryoning yuqori oqimida Qambarota GESi larini qurish bo'yicha olib borayotgan harakatlariga befarq qarab tura olmadi
Do'stlaringiz bilan baham: |