Umumdavlat daromadlari va soliqlari har yili qonun bilan belgilangan tartibda o’rnatilgan me’yorlar asosida tegishli byudjetlar o’rtasida taqsimlanadi. Tegishli ma’muriy-hududiy bo’linmaning byudjeti uchun o’rnatiladigan mazkur me’yorlar asosan quyidagilarni e’tiborga olgan holda o’rnatiladi:
hududlarning moliyaviy ahvoli hamda ularning o’z daromad bazalarining holatiga ko’ra;
hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy, demografik va boshqa umumdavlat vazifalarining va dasturlarning mavjudligi va amal qilishiga ko’ra;
hududlar bo’yicha tovarlar va xizmatlar narhlaridagi farqlarning mavjudligiga ko’ra;
har bir hudud bo’yicha aholi soni, tarkibi va zichligi bo’yicha;
tegishli hududda joylashgan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’larini o’z tasarrufiga oluvchilarning byudjet mablag’lariga bo’lgan talabiga ko’ra.
Do'stlaringiz bilan baham: |