11-mavzu. Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonasining ishlab chiqarish samaradorligi Reja


Mamlakatni modernizatsiyalashtirish sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari



Download 28,39 Kb.
bet6/8
Sana15.04.2022
Hajmi28,39 Kb.
#552903
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11-mavzu. Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonasining ishlab chiqarish samaradorligi (1)

3. Mamlakatni modernizatsiyalashtirish sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari.
Hozirgi mamlakatni modernizatsiyalashtirish sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xo‘jalik yuritishning bozor tizimi hamda har qanday davrning muhim talabidir. Samaradorlik istalgan korxonaning iqtisodiy barqarorligi va faoliyat yuritish qobiliyatini aks ettiradi. Har qanday ishda, jumladan, korxonalar faoliyatida samaradorlikning, ijobiy natijalarning mavjud bo‘lmasligini, obrazli qilib aytganda, ovoragarchilik, vaqt, kuch va resurslarni yo‘qotish bilan izohlash mumkin.
Fan-texnika taraqqiyoti korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib kelgan va hozirda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Mazkur omildan quyidagi yo‘llar bilan foydalanish mumkin:
* ishlab chiqarish va mehnatni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish hamda kompleks ravishdagi mexanizatsiyalashtirish;
* asosiy texnologik jarayonlarni robotlashtirish;
* progressiv, mehnat hamda resurslarni tejashga yo‘naltirilgan texnologik jarayonlarni amaliyotga kiritish va ulardan keng foydalanish;
* xom ashyo va materiallar (mehnat predmetlari) zamonaviy turlarini yaratish va ulardan foydalanish;
* ishlab chiqarishni tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, hisoblash texnikasidan foydalanish;
* ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil qilish.
Amaliyotda fan-texnika taraqqiyotining, jumladan, uning tarkibiy qismlarining ahamiyati va rolini inkor qiluvchi yoki tushunmovchi korxonani topish amrimahol. Biroq ushbu omilni amalga oshirish uchun faqatgina hohish va istaklarning o‘zigina etarli emas. Buning uchun birinchidan pul mablag‘larini va boshqa zarur bo‘lgan resurslar (investitsiyalar) izlab topish, ikkinchidan, zamonaviy ilmiy-texnikaviy ishlamalarga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari, konstruktorlik, texnologik va boshqa ilmiy muassasalar bilan kerakli aloqalarni “bog‘lash”, uchinchidan, o‘z ilmiy-texnikaviy maqsadlarining samaraliligini hisoblab chiqish talab qilinadi.
Erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish chuqur islohrtlarni amalga oshirishni talab kiladi. Barcha korxona ishlab chiqarishni intensivlashtiruvchi tadbirlarni amalga opshrshli zarur. Samarali tashkil etilgan iqtisodiyotga o‘tish har tomonlama rivojlangan ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.

Download 28,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish