Pedagog kadrlar tarkibi – o‘qituvchi, metodist, tarbiyachi, psixolog,
defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa, badiiy ijodiyot,
radiotexnika, sport va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatuvchi
to‘garaklarning rahbarlaridan iborat mutaxassislar.
Pedagogik mahorat – ta‘lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv,
metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati, yuksak
pedagogik tafakkur.
Pedagogik talab - turli harakatlarni bajarish, muayyan faoliyat jarayonida ishtirok
etishda o‘quvchi amal qilishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me‘yorlarini
ifodalovchi vazifa; tarbiyaning eng muhim usuli.
Rag‘batlantirish - tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy
baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘ngilini ko‘tarish va
uni qo‘llab-quvvatlash usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |