Amaliy ishlar metodi – o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash
ko‘nikmalarini shakllantiruvchi usul.
Anomaliya (yunoncha – anomal) - me‘yordan, umumiy qonuniyatlardan
chetlanish, noto‘g‘ri rivojlanish.
Anomal bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish- korreksion
pedagogikaning asosiy tushunchasi bo‘lib, nuqsonning darajasi va
tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal
bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda
fuqarolik sifatlarini shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |