Tiflopedagogika - (yunoncha typhlos – ko‘r) – ko‘rish qobiliyati buzilgan
bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish muammolarini
o‘rganuvchi fan; korreksion pedagogika (defektologiya)ning muhim
sohasi.
Test - aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy
ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi.
Topshiriq - o‘quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba
ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida qo‘llaniladigan usul.
Tushuntirish - o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma,
taqqoslash asosida bayon qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |