Loyihalashtirish (rejalashtirish) - o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini
boshqarish dasturini yaratish.
Logopediya (yunoncha «logos» – so‘z, nazariya, ta‘limot, «paideia» -
tarbiyalash) - nutqiy nuqsonlarni o‘rganish, ular kelib chiqishining
oldini olish va ularni qisman yoki to‘liq tuzatish masalalarini
o‘rganuvchi fan; korreksion pedagogika (defektologiya)ning muhim
sohasi.
Magistratura - aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim
beradigan, bakalavriyat negizida ta‘lim muaddati kamida ikki yil
davom etadigan oliy ta‘lim.
Do'stlaringiz bilan baham: |