Dunyonig konfessional manzarasi. "Konfessiya" so`zi (lotincha – "confessio") o`zbek tiliga aynan tarjima qiliganda “etiqod qilish”, degan manoni aglatadi. Umuman olganda, diniy konfessiya deganda muayyan diniy talimot doirasida shakllagan va o`ziga xos xususiyatlarga ega etiqod va ushbu etiqodga ergashuvchilar jamoasi tushuniladi. Bir din doirasida yuzaga kelgan bo`lsa-da, aqidalar borasida farqlanadigan jamoalar ham diniy konfessiyalar jumlasiga kiradi.
SHuni inobatga olgan holda, mutaxassislar hozirgi kunda dunyoda taxminan 1000 dan ortiq diniy konfessiyalar mavjud, deb hisoblaydilar. Islom dinida bunday holat kuzatilmaydi. Hech qaysi mamlakatda hanafiy mazhabi alohida, boshqa mazhablar alohida konfessiya sifatida ro`yxatdan o`tmaydi. Masalan, O`zbekistonda ham bir necha shia jamoalari bo`lishiga qaramay, ular o`zlarini alohida diniy konfessiya hisoblamaydilar.
Din jamiyat hayotinig tarkibiy qismi sifatida kishilarnig ijtimoiylashuviga, ularnig turmush tarzini tashkil etish va tartibga solishga xizmat qiluvchi meyoriy omillardan biri bo`lib kelgan. Dinnig bunday roli unig tarixan shakllagan o`ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. CHunki, din, birinchidan, umuminsoniy axloq meyorlarini o`ziga sigdirib olib, ularni hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan; ikkinchidan, odamlarnig bahamjihat yashashiga ko`maklashgan; uchinchidan, odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan hamda hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni egib o`tishlarida kuch bag`ishlagan; to`rtinchidan, umuminsoniy va manaviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga etkazishga yordam bergan va shu yo`l bilan madaniyat rivojiga katta tasir ko`rsatgan.
Bugugi kunda diga bo`lgan qiziqishnig kuchayib borishi globallashuv jarayonlarinig o`ziga xos inikosi deyish mumkin. Zero, globallashuv dunyoni bir butun va yaxlit qila borishi bilan bir qatorda, unig hosilasi sifatida alohida oligan millat va jamiyatlar darajasida o`z-o`zini aglashga bo`lgan intilishnig chuqurlashuviga ham zamin yaratmoqda. Bu jarayonlar o`z navbatida inson manaviyatinig uzviy qismi bo`lgan dinnig mohiyatini tushunish, unig inson va jamiyat hayotidagi o`rnini aglashga bo`lgan etibornig kuchayishini keltirib chiqarmoqda. SHu bilan birga, diga bo`lgan qiziqishnig kuchayishi bugugi kunda kishilik jamiyati oldida turgan muammolar, insonnig ularni hal qilish yo`llari haqidagi o`y-izlanishlari, dunyoviy va diniy qadriyatlar uyg`unligini taminlagan holda bugugi kunnig og`ir va murakkab savollariga to`laqonli javob topishga intilishi bilan bog`liq ekanini ham alohida qayd etish lozim.
Mutaxassislar malumotlariga ko`ra, XX asrnig ikkinchi yarmida xristianlik, buddaviylik, islom va boshqa dinlar doirasida yuzlab sektalar paydo bo`lgan. Bu shunday jarayonlar kelajakda davom etishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradi.
YAgi diniy harakatlar (YADH) deganda odatda XX asrnig 70-yillarida Evropa va AQSHda tarqalgan noananaviy diniy guruhlar va oqimlar nazarda tutiladi. Tadqiqotchilar buga ananaviy dinlardagi inqiroz davri sabab bo`lganligini takidlaydilar. YADH liderlari jamiyat kayfiyatidagi o`zgarishlarni, bu “o`tkinchi dunyo”nig nuqsonlarini fosh qilib, o`zlarini “xaloskor”, yuksak axloqli “haqiqatgo`y” sifatida ko`rsatdilar. YADH to`riga ko`proq yoshlar ilinadilar.
Odatda YADH qatiy talimotga ega bo`lmagan tashkilot bo`lib, unig faoliyati lider roli bilan belgilanadi. Liderlar ananaviy diniy qadriyatlarga qarshi tashviqot ishlarini olib boradilar. Diniy hayot maxsus ishlab chiqilgan tartib qoida va nizomlar orqali amalga oshiriladi. YADHnig bazilari dunyonig turli burchaklarida o`z bo`linmalariga ega bo`lgan, biznes bilan shug`ullanuvchi yirik xalqaro korporatsiyalarga aylagan.
YADH meditatsiya amaliyotini keg qo`llaydilar, tashkiliy jihatdan piramida shaklida boshqariladi. Ularnig aksariyati noqonuniy faoliyat yurituvchi, kriminal tashkilotlardir (Masalan, “Aum Sinrikyo” (YAponiya), «Quyosh ehromi» (Frantsiya va Kanada) va b.).
Diniy talimotlarni buzib talqin qiluvchi harakatlarga:
protestantlarnig “ikkilamchi” birlashmalari – «YAhve shohidlari» («Svideteli Iegovo»), «Oxirgi kun avliyolari Iso Masih cherkovi» (mormonlar), «Masih cherkovi» (Boston harakati);
soxta xristian harakatlar – «Mun birlashtirish cherkovi», «Vissarion oxirgi Ahdi cherkovi», «Oq birodarlar»;
sayentologik kultlar – «Xristian ilmi», «Ron Xabbard sayentologiya markazi», «Kloneyd», «Oq ekologlar» harakati;
neo- va kvaziorientalistik maktablar va kultlar – “Tirik axloq”(Agni yoga), «Krishnani aglash jamiyati», «Transtsendental meditatsiya», «Aum-Sinrikyo», «Saxadja-yoga» va b.);
YAgi majusiy tashkilotlar va kultlar – “Runvira” ukrain milliy etiqodi cherkovi, Rossiya jaragli kedrlari, Omsk “qadimgi diniy etiqodiga qaytish kulti” va boshqalar kiradi.
“Sekta”so`zi, eg umumiy manoda, muayyan diniy, siyosiy yoki falsafiy qarashlarga ergashuvchilar guruhini aglatadi. “Diniy sekta” deganda malum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo`lmagan holda din bayrog`i ostida faoliyat ko`rsatadigan guruhlar tushuniladi. Bugugi kunda har ikkala yo`nalishga mansub bo`lgan ko`plab sektalar faoliyat ko`rsatmoqda. Mutaxassislar ularnig sonini taxminan 5000 atrofida, deb ko`rsatadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |