Tagrichilik. Tagrichilik osmon xudosi «Tagri»ga etiqod qilgan qadimiy turkiylarnig dini bo`lib, mil.avv. 2-mig yillik oxiri va 1-mig yillikda vujudga kelgan. Ko`pchilik mutaxassislar oliy osmon xudosi shumerlarda – «Digir», qadim xitoyliklarda - «Tyan» va xunnlarda - «CHenli» nomi bilan mavjud bo`lganidan kelib chiqib, ularda aynan bir xudo - Tagri nazarda tutilgan, deb etirof etadi. Olimlar mazkur qiyosga tayagan holda tagrichilik eg qadimgi dinlardan biri ekanini takidlaydilar.
Ayrim tadqiqotchilar fikricha, 5-6 mig yillar muqaddam qadimgi SHumerdan Oltoygacha bo`lgan ulkan hududda protooltoy qabilalari yashagan. Qadimgi shumerlar qadimgi turk tiliga yaqin bo`lgan protooltoy tili lahjasida so`zlashganlar. SHu davrda Tagrichilik protooltoy xalqlarinig eg qadimgi dini, insoniyat tarixidagi ilk monoteistik dinlardan biri sifatida shakllagan.
Tagrichilik qadim zamonda jahonda eg keg tarqalgan dinlardan biri bo`lgan. Qadimgi oltoy xalqidan kelib chiqqan turkiy, mogol, tugus-manjur, koreys va yapon xalqlarida Tagrichiliknig izlari hozirgacha saklanib qolgan.
Mil. av. 1-mig yillikdan boshlab oltoy xalqlarinig turkiy xalqlar guruhi G`arbga qaytish borasida harakatini kuchaytirgan. Hunnlar, sak, massaget, yueyji, kushon, eftaliylar yagona osmon ruhi – Tagriga sajda qilganlar. Diniy qarashlar sodda va tushunarli bo`lgani, diniy marosimlarnig qatiy bajarilgani ularnig mig yillar davomida avloddan avlodga o`tib kelishini taminlagan. Bazi olimlar tagrichilikda «Olqish» («Qo`shiqlar to`plami») yozma manbasi bo`lgani va unda tagrichilik aqidasi, marosimlari va ibodat qilish tartiblari bayon etilganini takidlaydilar.
Tagrichilik talimotiga ko`ra, Tagri bu – Moviy Osmon, Buyuk Osmon sohibi ruhi bo`lib, unig doimiy makoni osmon deb hisoblagan. Tagri so`zi turkiy xalqlarda Tegri yoki Tegeri (oltoy), Tegri (qipchoq), Tanri (turk), Tegri (tatar), Tagara (yoqut), Tegiri (kumiq), Teyri (bolqor-qorachoy), Teger (mo`g`ul), Tura (chuvash) shakli ham ishlatilgan. Tagri butun borliqnig yaratuvchisi, cheksiz fazoda faqat unig o`zi hamma narsadan voqif, adolatli va marhamat egasi bo`lgan erkak qiyofadagi yagona xudo sifatida tasavvur qiligan. Butun borliq bo`ysunuvchi Tagri insonlar, xalq va davlatlarnig taqdirini belgilaydi deb etiqod qiligan.
Milodiy V-VIII asrlarga oid O`rxun-Enasoy yodgorliklari bitiklarida Tagri yagona, azaliy, abadiy, hayot beruvchi, yaratuvchi, o`ldiruvchi, hukm qiluvchi, yordam beruvchi, jazolovchi, bandanig duosini qabul qiluvchi, himoya qiluvchi va mag`firatiga oluvchi, hamma narsani biluvchi, insonlarga ilm beruvchi va yo`l ko`rsatuvchi sifatlar bilan maqtalgan. SHunigdek, bitiklarda u hoqonlarni hokimiyat bergan va mustaqil davlat tuzishlariga ko`maklashgani ham qayd etilgan.
Qadimgi turkiylar etiqodiga ko`ra, butun borliq ustidan yagona hukmdor Tagri o`ziga bir qator ko`makchi mabudlarni ham yaratgan. Jumladan, ushbu panteon Umay (Jumay, ona mabuda), Erlik (ota mabud), Er, Suv, Olov, Quyosh, Oy, YUlduzlar, Havo, Bulut, SHamol, To`fon, Momoqaldiroq, Chaqmoq, Yomg`ir, Kamalak mabudlaridan iborat bo`lgan. Tagri Er va boshqa ruhlar (YUrt egasi, Suv onasi) bilan Er olami ishlarini hal qilib, barcha jonzotlarnig umrini belgilagan.
Erda hayotnig sababchisi bo`lgan Umay (aynan «yo`ldosh») mabudi ayol qiyofasida va «hayot onasi» deb ezozlagan. Ushbu mabuda – xonadon o`chog`i, farzandlar, homiladorlar homiysi hisoblagan. Qadimiy yozuvlarda quyidagilar bitilgan: «Osmon ilohi, Umay va Er suv bizga zafar olib keldi!». Turkiy xalqlar Umayni hosildorlik mabudasi sifatida ham ezozlashgan (ona Er, ona Tuproq, ona Vatan). VII-VIII asrlarga oid runiy yozuvlarda u haqda qayd etilgan. Ayrim tadqiqotchilar Umay obrazi genetik jihatdan eroniylarnig mifologik qushi Humoy bilan bog`liq bo`lganini takidlaydilar. Etiqodga ko`ra, Humoynig soyasi tushgan inson baxtli bo`lgan. Bir qator turkiy xalqlar mifologiyasida Umayga etiqod qilish qoldiqlari saqlanib kelgan.
Erkak jinsidagi Erlik o`lim sababchisi bo`lib, unig makoni Erosti olami hisoblagan.
Tagrichilikka ko`ra, olam 3 qavatdan iborat. YUqori olamnig hukmdori, bosh ilohi Tagri hisoblagan. O`rta olamni Er-Suv, Quyi olamni Erlik (Erklig) boshqargan. Tagri samodan turib dunyoni o`z izmiga solgan: insonlarnig taqdiri, tabiat hodisalari, xoqonlarga donolik va hokimiyat va b. U o`z xohish istagini so`z bilan ifodalagan, hissiyotlarga ega (antromorfizm), ammo hukmini tabiat orqali bildirgan.
Ko`rinmaydigan Erosti olami barcha yovuz ruhlarnig makoni bo`lib, ularga qudratli Erlik boshchilik qilgan. To`qqiz qatlamlararo ko`chib yurish imkoniga ega Er olamida hayot va o`limnig mavjudligi tufayli u erda odamlar orasida malum vaqt bo`la oladi xolos. Erosti olamida Er olamidan farqli ravishda barcha chegaralar ko`rinib turadi va boshqa hududlarga o`tish o`ziga xos eshiklar yordamida amalga oshadi. Erosti va suv olami tirik jonzotlari Erlik tasarrufiga kiradi. İnson vafotidan keyin ko`milgach, unig jismi eg quyi qatlamga tushib boradi.
Tagrichilikda Tagri va Er ikki qutb sifatida qaralsa-da, ular orasida o`zaro hamkorlik mavjud deb etiqod qiligan. İnson Erda tug`ilib, Erda yashagan. U vafot etganda, Er uni o`z bag`riga olgan. Er insoga faqat moddiy bo`lagini bera olgan. Lekin inson boshqa mavjudotlardan farqlanib turishi uchun Tagri uga, ruhiy kuch bo`lgan «qut» (quvvat) va «sur» (ruh)ni ato etgan deb etiqod qiligan.
Maqdisiy, turkiy xalqlar «bir Tagri» so`zi bilan qasam ichganliklarini qayd etadi. Unig sharafiga iyun oyinig o`rtasida ommaviy bayramlar o`tkazishgan. Olov yoqib, tabiat qo`ynida, otni qurbonlik keltirishgan. Tagriga insonlar qo`llarini yuqoriga ko`targan holda erga qarab tazim qilishgan. İlohdan omad va salomatlik so`rashgan. Bayram aksariyat holda kamondan o`q otish va mehmondorchilik qilish, qimiz ichish bilan yakunlagan.
Tagrichilikda tabiat va inson o`rtasida chegara daxlsizligini saqlashga alohida etibor bilan qaralgan. Agar inson tabiatga meyordan ortiq zarar etkazsa, unda tabiat ruhlarinig roziligiga erishish uchun qurbonlik keltirish zarur bo`lgan. Qurbonliklar yirik tog`lar yoki daryolar oldida ommaviy ravishda o`tkazilgan. Daraxtlar orqali mabudlar oziqlanadi, - deb etiqod qiligani sababli qurbonlik qonlari daraxtlar ostiga quyilgan. Lekin, odamlar tabiat ruhlarini o`zlariga hamkor sifatida qarashgan, ularni qarindosh yoki ajdodlar ruhlari deb bilishgan.
Umuman olganda, qadimiy turkiylarnig dunyoqarashida borliqnig cheksizligi, hayotnig doimiy harakat va muntazam yagilanishda ekani muhim o`rin egallagan. Ayni paytda Ruhnig ko`chib yurishiga ishoganligi bois inson tiriklik chog`ida borliqnig bir bo`lagi sifatida barcha diniy marosimlarni to`la ado etishi lozim, aks holda yovuz ruhlar qatoridan joy oladi, deb etiqod qiligan.
Do'stlaringiz bilan baham: |