1. Baholash va uning ahamiyati.
Ta'lim oluvchilar tomonidan о‘quv materiallari о‘zlashtirilganligini, kо‘nikma va malakalar hosil bо‘lganligini tekshirish va baholash ta'lim jarayonining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu faqat о‘qitish natijalarini nazorat qilish emas, balki о‘quv jarayonining turli bosqichlarida ta'lim oluvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish hamdir.
О‘quvchilarning о‘zlashtirishlarini baholash О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2006-yil 10-iyundagi 152-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Umumiy о‘rta ta'lim maktab о‘quvchilarining ta'lim tayyorgarligi darajasini aniqlashning kо‘p ballik reyting tizimi tо‘g‘risidagi Nizom"ga muvofiq amalga oshiriladi
Bu Nizomga kо‘ra о‘quvchilarnig ta'lim tayyorgarligi darajasini baholashning reiting tizimi quyidagi nazorat turlari orqali amalga oshiriladi:
1. Oralik nazorat (ON)- har bir о‘quv fanidan DTS bо‘yicha о‘quvchilar о‘zlashtirishi lozim bо‘lgan asosiy bilim, kо‘nikma, malaka (BKM)larning elementlari soni aniq belgilangan majburiy standartli nazorat ishi (MSNI) orqali amalga oshiriladi. MSNIlar soni dastur talabidan, fanni о‘qitish mazmunidan kelib chiqqan holda belgilanadi. MSNIlar Respublika T`alim Markazi (PTM) huzurida tashkil etilgan ijodiy guruh tamonidan tayyorlanadi.
2. Joriy nazorat (JN)-oralik nazorat (MSNIlar) orasida о‘tkazilagan kundalik sо‘rov bо‘lib, u о‘quvchilar bilimida bо‘shliq paydo bо‘lishning oldini olish, о‘quv faolligini oshirish maqsadida amalga oshiriladi. Shu bilan birga t`alimiy о‘rgatuvchi xarakterga ham ega bо‘ladi. О‘qituvchi har bir о‘quvchining MSNIlar oraligida joriy nazoratdan о‘tishini ta’minlashga ma`suldir.
3. Ijodiy faollik nazorati (IFN)-reiting doirasida barcha о‘quvchilar uchun majburiy bо‘lmagan qо‘shimcha topshiriqlar va ijodiy ishlarni ixtiyoriy bajarish orqali, ularning istak va xohishlariga kо‘ra tashkil etiladi. Har chorakda bir marta о‘tkaziladi.
4. Bosqichli nazorat(BN)- о‘quv yili tamom bо‘lgandan keyin imtihonlar yoki sinovlar shaklida amalga oshiriladi. Bosqichli nazorat uchun namunaviy va sinov imtihon materiallari RTM tomonidan tayyorlanib, joylarga yetkaziladi.
5. Yakuniy nazorat (YaN) –maktabda ta’limning tо‘liq kursi tugagandan sо‘ng Davlat attestatsiyasi shaklida amalga oshiriladi.
Yuqoridagilardan kо‘rinib turibdiki, о‘qituvchi tomonidan joriy (kundalik) nazorat hamda ijodiy faollik nazorati uchun materiallarni tayyorlash va о‘quvchilar о‘zlashtirishini baholashni amalga oshirib borish lozim.
Bunda baholashning samarali bо‘lishi uning quyida qisqacha bayon qilingan ilmiy, uslubiy asoslariga muvofiq olib borilishi bilan bog‘liq. Ular shaxsga yо‘naltirilgan ta’limning о‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |