11. Mavzu. An’anaviy va noan’anaviy ta’lim texnologiyalarining mazmuni va metodikasi, xususiyatlari



Download 140,51 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi140,51 Kb.
#93285
Bog'liq
11-mavzu


11.MAVZU. AN’ANAVIY VA NOAN’ANAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING MAZMUNI VA METODIKASI, XUSUSIYATLARI (TA’LIM MAZMUNINI MODERNIZATSIYALASH)
REJA:

1.Ta’lim mazmunini modernizatsiyalash

tirish- zamonaviy pedagogikaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida.

2.Ta’lim mazmunini modernizatsiyalashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.

3.Modernizatsiyalashtirish borasida ilg‘or xorij tajribalari

Tayanch tushunchalar: ta’lim mazmuni, modernizatsiyalashtirish, ta’limni insonparvarlashtirish, axborotlashtirish, o‘quv reja, fan dasturi, didaktik vositalar, ta’lim vositalari, zamonaviylashtirish, xorijiy tajriba.

1.Ta’lim mazmunini modernizatsiyalashtirish- zamonaviy pedagogikaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida.

Ta’limning mazmuni uning vazifalaridan kelib chiqadi. Ta’limning mazmuni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar tizimidir. O‘quvchi ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash jarayonida aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiradi, dunyoqarashi, ahloqi shakllanadi, hayotga, mehnatga tayyorlanadi. Ta’lim mazmuniga insoniyat to‘plagan barcha ijtimoiy tajribalar kiradi. Uning mazmuni, xajmi, ijtimoiy to‘zumning iqtisodiy talab va ehtiyojlari, fan-texnika taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ya’ni uning mazmuniga tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkuri haqidagi bilimlar, hozirgi zamon fani, texnikasi, madaniyati, ishlab-chiqarishdagi yangiliklar kiritiladi. Ta’limning mazmuni o‘zgaruvchan, u doimo yangilanib turadi.

Bugungi kunda ta’limning mazmuni O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonuni va «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» da belgilangan vazifalardan kelib chiqadi. Ta’lim mazmuni jamiyat umumiy o‘rta ta’lim oldiga qo‘yayotgan talab-buyurtma asosida belgilanishi kerak. Ya’ni shakllanayotgan inson nimani bilishi, o‘rganishi, qanday insoniy fazilatlarga ega bo‘lishi haqidagi savollarga javob berishi kerak.

Ta’lim jarayoni o‘quvchilarda: bilimdonlik, mustaqil fikrlash, ijodkorlik, tirishqoqlik, tashabbuskorlik, ziyraklik, intizomlilik, qiziquvchanlik kabi xislatlarni shakllantiradi. Tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkuriga munosabati ham ta’lim mazmunini belgilashga, ta’lim olishga yordam beradi. O‘quvchi o‘zida shakllangan munosabatlarga asoslanib tevarak-atrofdagi narsalarni, voqealarni baholaydi; oq-qorani ajratadi, ilmiy va g‘ayriilmiy hodisalarning farqiga boradi.

Ta’lim mazmuniga kiritilgan o‘quv materiali yuqori ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi, ta’lim jarayonining imkoniyatlariga mos bo‘lishi (ta’limni tashkiliy shakllari, qonuniyatlar, tamoyillari, usullari, O‘quvchilarning umumiy rivojlanishi darajalariga, maktabning O‘quv-metodik hamda moddiy holati hisobga olinishi) lozim.

Shuningdek, ta’lim mazmunini belgilashda maktabda o‘qitiladigan barcha fanlarning o‘ziga xos hususiyatlari va fanlararo aloqa hisobga olinishi shart.

Ta’lim mazmuni ilmiy asoslagan DTS, O‘quv rejalari, dasturlari va darsliklarida ifodalanadi. Xususiy metodika nuqtai nazari bo‘yicha «ta’lim» aynan bir O‘quv fani asosida o‘qitish va o‘qish faoliyatlarini birgalikda amalga oshirishni anglatadi.

Pedagogika fani nuqtai nazaridan qaralganda esa «ta’lim» o‘qituvchi va o‘quvchi ta’sirining majmui bo‘lib, uning natijasida o‘quvchining aqliy salohiyati (intellekti), ruxiyatini rivojlantirish ma’nosini bildiradi.

Bilim-tabiatda, jamiyatda, inson ongida amal qilinadigan qonuniyatlarning turli belgilar (masalan, yozuv) vositasida moddiylashtirilgan ko‘rinishidir. Bilimlar qarash, g‘oya, ta’rif, qoida, aniqlik, aksioma, teorema, omil va boshqa shakllarda beriladi;

Ta’lim jarayoni tarkibiga ko‘ra, o‘ta murakkab didaktik hodisadir. Agar bu jarayonga o‘qituvchi faoliyati nuqtai nazaridan yondoshsak, «o‘qitish jarayoni», o‘quvchilar faoliyati nuqtai nazaridan, esa «uquv jarayoni» iboralari ishlatiladi.

O‘qitish eng qadimiy faoliyat turlaridan biridir. U mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi natijasida alohida kasb sifatida ajralib chiqqan. Kishilar o‘qituvchilik kasbiga maxsus tayyorlanadi.

Ta’lim ma’lum bosqichlar asosida amalga oshiriladi: o‘rganiladigan narsa- hodisalarni bevosita yoki bilvosita idrok etish; oldin o‘rganilgan bilimlarni xotiraga, ya’ni esga tushirish; bilimlarni amalda qo‘llash, fikrlash, ularning umumiy va xususiy alomatlarini ajratish.

Hozirgi an’anaviy maktabda asosiy e’tibor bilimlarni o‘zlashtirishga, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratiladi. Bu o‘quv- tarbiya jarayonini tashkil etish tajribasining eng zaif tomonidir. Ma’lumot mazmunining barcha elementlariga rioya qilib, ta’lim jarayonini tashkil etish bilangina har tomonlama rivojlangan yoshlarni etishtirib chiqarish mumkin. Ta’limning asosiy mazmunini uning vazifalari oydinlashtirib beradi. Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar kiradi. Bu vazifalar ichiga ilmiy va texnikaviy bilimlar, hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirish, ajdodlarimiz qoldirgan tarixiy va madaniy qadriyatlarda hayotning ma’nosi, jamiyatda insonning tugtan o‘rni, ta’lim-tarbiyasi, odob - axloqi haqidagi xikmatli fikrlar borki, bular bugungi halq ta’limi taraqqiyoti uchun va milliy maktab yaratishi borasida yoshlarimizda insonparvarlik, poklik, imon-e’tiqod, muruvvat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, millatlararo do‘stlik munosabatlari, qaxramonlik, mardlik singari tuyg‘ularini tarbiyalaydi.

Ta’limni standartlashtirish-insoniyatning ijtimoiy ongida ro‘y bergan tub o‘zgarishlar tufayli kelib chiqqan zaruratdir. Chunki, axborotlar almashinuvi maksimal chegaraga yetgan davrimizda dunyoning bir burchagida yashayotgan kishi ikkinchi qutbda sodir bo‘layotgan voqealarni bilibgina qolmay, ularning ne boisdan aynan shu tarzda ro‘y berganini anglashi va his qilishi zarurdir. Bir sayyorada bir vaqtda yashab turib, bir-birini tushunmaslik ba’zan insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun ham iqtisodiy axvoli va taraqqiyot darajasi turlicha bo‘lgan davlatlarda yashovchi barcha kishilarning fikrlash darajasini iloji boricha bir xil holatga keltirish extiyoji paydo bo‘ldi. Bu holat ta’lim standartlari deb atalmish tushunchani yuzaga chiqardi.

Standart-ta’limda yaratilgan me’yoriy reja, dastur, darsliklarni o‘zlashtirish ekvivalenti, ya’ni ta’lim mazmunini o‘zlashtirish darajasidir. Standartni ishlab chiqishda o‘quvchini haddan tashqari zo‘riqtirib yubormaslik talablariga rioya qilish, ya’ni u o‘quvchi yoshiga mos, uni o‘zlashtirishga qurbi etadigan darajada bo‘lishi kerak. Bunda albatta, ta’lim oluvchining qiziqishi, xohishi, extiyoji hisobga olinishi lozim. Ta’lim standartlarini o‘zlashtirishda shaxsga muhim ahamiyat berilishi, unga yakka tartibda yondashilishi maqsadga muvofiqdir. Standartlarni O‘quv jarayoniga tatbiq etishdan oldin o‘ta puxtalik bilan tajriba-sinovdan o‘tkaziladi va shu asosda bosqichma-bosqich o‘quv jarayoniga kiritib boriladi.

Davlat va jamiyat ta’lim muassasalari oldiga muayyan ijtimoiy buyurtmalar qo‘yayotgan ekan, o‘sha muassasalar tomonidan tayyorlanadigan kadr egallashi lozim bo‘lgan ijtimoiy sifatlarining minimal chegarasini ham ko‘rsatib berishi tabiiydir. Tarbiyalanuvchi yoki ta’lim oluvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka yoxud ma’naviy sifatlarning eng quyi miqdori ilmiy asoslarda belgilab berilgan rasmiy pedagogik hujjat-davlat ta’lim standarti hisoblanadi. Standartlarda belgilangan natijalarga erishilmasa, yo o‘sha ko‘rsatkichlarni egallay olmagan bola, yoxud yoshlarda muayyan miqdordagi bilim, ko‘nikma, malaka va ma’naviy sifatlarni shakllantira olmagan pedagogikani mukammal deb bo‘lmaydi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, davlat ta’lim standarti (DTS) nazorat vositasi, ayni vaqtda, ta’lim muassasalarida ko‘zlangan ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritish uchun zarur bo‘lgan sharoitni belgilash o‘lchovi hamdir. Davlat ta’lim standartlarining ko‘rsatkichlari qo‘lga kiritish uchun zarur bo‘lgan sharoitni belgilash o‘lchovi hamdir. Davlat ta’lim standartlarining ko‘rsatkichlari amaldagi mavjud ta’lim mazmunidan emas, balki shakllantirilayotgan O‘quvchiga singdirilishi lozim bo‘lgan sifatlarning jahon bo‘yicha zarur deb hisoblangan miqdoridan kelib chiqadi.

Davlat ta’lim standartlarining ikki asosiy vazifasini alohida ta’kidlab ko‘rsatish lozim. Bunday standartlar umumiy o‘rta maktabda O‘quvchilarga beriladigan ta’lim mazmunining majburiy minimumini hamda bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini belgilab beradi. Ta’lim mazmunining majburiy minimumi O‘quv dasturlari va darsliklarda to‘liq o‘z ifodasini topishi shart. Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga ko‘ra O‘quvchi muayyan bosqichda egallashi shart bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning minimal miqdori belgilanadi.

Ta’lim-tarbiya jarayoniga DTS ni joriy etish talablari rivojlangan g‘arb mamlakatlari tajribasiga asoslanadi. Ammo, shuni ham aytish kerakki, hali dunyodagi birorta jamiyatda ta’limni standartlashtirish keng ko‘lamda amalga oshirilayotgani yo’q. Chunonchi, mazkur yumushga birinchi bo‘lib qo‘l o‘rgan Fransiyada bu ish hano‘zgacha sinov darajasida, AqS’Hda esa DTS yaratishga endigina kirishilmoqda. Yaponiya va Germaniya ta’lim muassasalarida mazkur muammoni hal etish rejalashtirish bosqichida turibdi. O‘zbekistonda ta’lim standartlari masalasiga davlat miqyosida yondashildi va uni ilmiy yo’sinda hal etishdan tashqari, ta’lim-tarbiya amaliyotiga joriy qilish maqsadida o‘zoq vaqt izlanishlar olib borildi, tajriba-sinovlar amalga oshirildi.

O‘quv rejasi, O‘quv fan dasturi va darslik

O‘quv rejasi - davlat hujjatidir. Unga barcha umumta’lim maktablari so‘zsiz amal qiladi. Bu hujjatda sinflar bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan o‘quv fanlari va shu fanlar uchun ajratilgan o‘quv soatlari ko‘rsatiladi. Bu hujjat maktabning yagona O‘quv rejasi hisoblanib, u halq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Alohida aniq bir fanning o‘quv rejasi - shu fanni o‘qitish uchun ajratilgan soatlar va o‘quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatidir.

O‘quv fan dasturi - har bir alohida fan uchun uquv dasturi to‘ziladi. Dastur O‘quv rejasiga asoslanadi. Fanning maqsadidan, uquv rejasi bo‘yicha ajratilgan soat va bilim hajmi uning tizimi mavjud jamiyatning g‘oyaviy-siyosiy yo’nalishini o‘zida aks ettiradigan davlat hujjatidir.

O‘quv dasturida bir sinfda alohida fanlar bo‘yicha o‘quvchilarga beriladigan ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarning hajmi belgilab beriladi. Dasturda fanning mazmuni, mavzu ketma-ketligi ikkinchi mavzu birinchini to‘ldirishi, izchillik bilan yoritiladi va ma’lum mavzular orqali ko‘rsatiladi. O‘quv dasturida shu fan bo‘yicha o‘quvchilarga berilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar kichik mavzularda ifodalanib, mavzu maqsadi qisqacha izohlanadi.

Fanning maqsadi va vazifasidan kelib chiqqan holda boblarga bo‘linadi. Boblar katta-katta mavzularga, katta mavzular esa kichik mavzularga bo‘linib, shu mavzu yo’zasidan O‘quvchi qanaqa bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashgirishi lozim bo‘lsa, uning mazmuni qisqacha ifodalanib beriladi. O‘quv dasturining o‘zini amal qilinishi kerak bo‘lgan printsiplari mavjud,

1. Dasturning aniq bir g‘oyaga asoslanganligi.

Mustaqil jamiyatimiz taraqiyotining tamoyillariga asoslangan holda isloh qilingan har bir sohadagi fan, texnika, ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlarda erishilgan yutuqlar darajasini ilmiy asosda aks ettirshi lozim.

2. Dastur ilmiylik prinsipiga asoslanadi.

Har bir ta’lim va tarbiya g‘oyalari, ilmiy jihatdan tekshirilgan, ishonchli dalillar, kuzatishlar, manbalar va materiallar asosida kiritiladi.

3. O‘quv dasturi- aniq mazmun va mantiqiy g‘oyalarni p’zida aks ettirishi lozim.

Dasturda fanning maqsad va vazifalari undagi bilim asoslari misollar va masalalar orqali o‘rgatiladi. Aks holda o‘rgatilayotgan bilim asoslarini nazariy jihatdan tushunish qiyin bo‘ladi.

4. Nazariya bilan amaliyotning birligi printsipi. Talabalar olgan nazariy bilimlarini, amalda qo‘llay olishi ko‘nikmasini shakllantirish nazarda tutiladi.

5. O‘quv dasturini to‘zishda fanning tarixiy saboqlari inobatga olinadi.

Vaqt o‘tishi bilan fan olamida yangi-yangi kashfiyotlar, ma’lum bir ilmiy qonun-qoidalar paydo bo‘lib, fan takomillashib boradi. Dastur fanning kelajakdagi istiqbolini o‘zida qisqacha ifodalaydi.

6. O‘quv dasturi davlat tomonidan tasdiklangan reja asosida bakalavr, magistr, litsey, gimnaziya, kollejlarga alohida-alohida to‘ziladi.

Darslik O‘quv jarayonining asosi. Darslik o‘quvchining uydagi muallimi, har bir fanning mazmuni, maqsadi, vazifasi darslikda yoritiladi, darslik, ya’ni fan ob’ektiv borliq o‘rtasidagi muhim qonuniyatli bog‘lanishlarini aks ettiradi, darslikdagi bilimlar tizimi o‘zaro ichki, mantiqiy bog‘lanishlarga ega bo‘lib, ular didaktika talabiga muvofiq ravishda bayon qilingan.Darslik quyidagi talablarga amal qilgan holda yaratiladi:

1. Har bir O‘quv fani uchun yaratiladigan darslikda ilmiy bilimlar tizimi va uning hajmi dastur talablariga sinf O‘quvchilarining yosh hususiyatlariga mos kelishi kerak.

2. Darslikda bayon qilingan ilmiy bilimlarning nazariy asoslari, g‘oyaviy yo’nalishlari tizimli va izchil bo‘lishi talab qilinadi. Ular hayotdan olingan, ishonarli bo‘lishi lozim. Keltirilgan fakt va dalillarning ishonchli bo‘lishi, ular to‘g‘ri taxlil, aniq ta’rif etilishi tegishli xulosalar chiqarilishi lozim. Shu holdagina o‘quvchilardagi ilmiy dunyoqarash, eng yaxshi insoniy fazilatlar tarkib toptiriladi.

3. Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‘langan bo‘lishi kerak.

4. Darslikda mavzu sodda, ravon tilda yozilishi, hamda tegishli qoida va ta’riflari berilishi kerak. Darslik ichidagi va muqovasidagi chizilgan rasmlar va bezatilishi O‘quvchining yoshiga mos, fanning harakteriga monand bo‘lmog‘i zarur.

5. Mavzulardagi fikrlar aniq va qisqa bo‘lishi, ilmiylikka asoslanishi kerak.

Mamlakatimizda pedagogika ilmi ham, amaliyoti ham yangilanib bormoqda. Ma’lumki, har qanday millatning yangilanishi yoshlar tarbiyasidan boshlanadi.

Pedagogika O‘quvchilarning ruhiy, jismoniy, genetik va mintaqaviy o‘ziga xosliklarini to‘liq hisobga olgandagina yuqori samaradorlikka erishishi mumkin.

Hozirgi davrda yaratilayotgan darsliklarning asosiy kamchiligi millatimiz bolalarining psixologik o‘ziga xosliklarini, fikrlash tarzini to‘liq hisobga olishga erisha olinmayotganida, deb bilamiz. Bizning mutaxassislarimiz didaktik vositalar orqali o‘quvchilarga hamma gapni aytib berishga odatlanib qolishgan. Holbuki, o‘quvchini o‘qitish kerak emas, uni o‘zini o‘qiydigan holatga olib kelish lozim. Toki bolaning o‘zi izlanmas ekan, ta’limda yutuqa erishish mumkin emas. Demak, yaratilayotgan didaktik vositalar jumboqli harakterga ega bo‘lishi, o‘quvchilarni o‘ylanishga, izlanishga, sinab ko‘rishga da’vat qiladigan tarzda to‘zilishi lozim.

O‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish

Kadrlar tayyorlash milliy modeliga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimida o‘quv adabiyotlari ta’lim turlari uchun tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari (yoki davlat talablari) va fanlar bo‘yicha uzviy bog‘langan o‘quv dasturlari asosida tayyorlanadi. Bunda muayyan fanning o‘quv adabiyotlari mazkur ta’lim turida o‘qitiladigan boshqa fanlar bilan bog‘liqligini va boshqa ta’lim turlarida ushbu fanning o‘quv dasturlaridagi uzviylikni ta’minlash lozim. O‘quv adabiyotlari belgilangan tartibda har tomonlama ekspertizadan o‘tkaziladi.

Har bir ta’lim turi uchun yaratilayotgan o‘quv adabiyotlariga psixologik-pedagogik, uslubiy-didaktik, sanitariya-gigienik va boshqa talablar alohida belgilab qo‘yiladi.

Uzluksiz ta’lim tizimining barcha turlarida fundamental bilimlardan iborat bo‘lgan umumta’lim fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlari asosan an’anaviy bosma shaklda tayyorlanadi.

Yelektron o‘quv adabiyotlari bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘proq chuqurlashtirib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha yaratiladi. Uzluksiz ta’lim tizimida fan va texnologiyalarning rivojlanishi sari mazmunni tez o‘zgaruvchan, chuqurlashtirib o‘qitiladigan, umumkasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha asosan kam adadli yelektron o‘quv adabiyotlari tayyorlanadi.

O‘quv adabiyotlarining mazmuni bilim oluvchilarda mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni bosqichma-bosqich boyitish, mukammallashtirib borish, mustaqil ta’lim olish, yangi bilimlarni o‘quv adabiyotlaridan izlab topish ko‘nikmalarini hosil qilishni ta’minlashi kerak.

O‘quv adabiyotlarining shakllari va turlari

O‘quv adabiyotlarining shakllari

O‘quv adabiyotlari – muayyan ta’lim turi (yo’nalishi yoki mutaxassisligi) O‘quv rejasida qayd etilgan fanlar bo‘yicha tegishli o‘quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, o‘zlashtirish uslublari va didaktikasi yoritilgan (shu jumladan, xorijiy tarjimalar) manba bo‘lib, ikki xil shaklda tayyorlanadi:

an’anaviy (bosma) O‘quv adabiyotlar – ta’lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik hususiyatlari, ma’lumotlar hajmi, shriftlari, qog‘oz sifati, muqova turi va boshqa ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda qog‘ozda chop etiladigan manba;

- elektron O‘quv adabiyotlar – zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo‘lgan manba.

O‘quv adabiyotlarining turlari

Uzluksiz ta’lim tizimi o‘quv tarbiyaviy jarayonida o‘quv adabiyotlarining quyidagi turlari qo‘llaniladi: darslik, o‘quv qo‘llanma, lug‘at, izohli lug‘at, ma’lumotlar to‘plami, lektsiyalar kursi, leksiyalar to‘plami, metodik ko‘rsatmalar, metodik qo‘llanmalar, ma’lumotlar banki, dayjest, sharh va boshqalar.

Darslik – davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan, milliy istiqlol g‘oyasi singdirilgan, muayyan O‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan hamda turdosh ta’lim yo’nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr.

U yoki bu ta’lim turining maqsad va vazifalarini qamrab olgan, bilim oluvchilarning yoshi va boshqa hususiyatlarini hisobga olgan o‘z darsliklari bo‘ladi. Darslikda nazariy ma’lumotlardan tashqari, amaliy-tajriba va sinov mashqlari bo‘yicha zarur ko‘rstamalar beriladi.

O‘quv qo‘llanma – dasrlikni qisman to‘ldiruvchi, muayyan fan dasturi bo‘yicha to‘zilgan va asoslarining chuqur o‘zlashtirilishini ta’minlovchi, ayrim bob va bo‘limlarni keng tarzda yoritishga yoki amaliy mashq va mashg‘ulotlar yechimiga mo‘ljallangan nashr.

O‘quv qo‘llanmada muayyan mavzular darslikka nisbatan kengroq yoritiladi. Masalan, «Mexaniqa»- fizika fanining mexaniqa qismiga bag‘ishlangan o‘quv qo‘llanma. «Fizikadan masalalar to‘plami»- fizika fani bo‘yicha masala va mashqlar yechishga mo‘ljallangan O‘quv qo‘llanma va hokazo.

Lug‘at – aniq bir tartibda joylashgan so‘zlar (yoki so‘z birikmasi, idiomalar va hokazo) to‘plami, ularning mazmuni, ishlatilishi, kelib chiqishi, boshqa tildagi tarjimasi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi yoki so‘zning tushunchasi, u bilan belgilanuvchi predmetlar haqida axborot beruvchi nashr.

Izohli lug‘at – so‘zlarning mazmunini izohlaydigan, har bir so‘zning grammatik, yetimologik va stilistik tavsifi berilgan, ularni qo‘llashga oid misollar va boshqa ma’lumotlar keltirilgan, qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalaniladigan nashr.

Ma’lumotlar to‘plami – foydalanishga qulay shaklda yaratilgan muayyan fanni yoki ta’lim yo’nalishini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan, isbot talab qilmaydigan ma’lumotlar, ilmiy ko‘rsatkich va o‘lchamlar, turli belgi va raqamlardan, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy, amaliy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi qisqa ma’lumotlardan tashkil topgan nashr.

Ma’lumotlar to‘plamida bir qator muhim ilmiy-amaliy masalalarni yechish namunalari keltirilishi lozim.

Leksiyalar kursi – fanning O‘quv dasturi bo‘yicha undagi barcha mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga qaratilgan, foydalaniladigan asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar ko‘rsatilgan, o‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar turkumi, mavzuga tegishli tayanch atama va iboralar keltirilgan nashr, leksiyalar kursining nomi tegishli fan nomi bilan ataladi.

Leksiyalar to‘plami – muayyan fanning o‘quv dasturi bo‘yicha undagi ayim mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga qaratilgan, foydalaniladigan asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar ko‘rsatilgan, o‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar turkumi, mavzuga tegishli tayanch atama va iboralar keltirilgan, davriy ravishda ilmiy-tadqiqot izlanishlar asosida yangilanib turiladigan, ta’lim muassasalarining ilmiy (pedagogik) kengashi tavsiyasi bo‘yicha chiqariladigan kichik adadli tarqatma material.

Metodik (uslubiy) ko‘rsatma – muayyan fanning o‘quv dasturi bo‘yicha kurs ishlari (loyihalari), laboratoriya va amaliy ishlarni bajarish tartibi aniq va batafsil ifodalangan hamda ushbu fan bo‘yicha talabalarda zarur amaliy ko‘nikmalar hosil qilishga mo‘ljallangan, ta’lim muassasalarining ilmiy (pedagogik) kengashi tavsiyasi asosida nashr etiladigan kichik adadli tarqatma material.

Metodik qo‘llanma – o‘qituvchilar (professor-o‘qituvchilar) va bilim oluvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bir darsning maqsadi, dars o‘tish vositalari va ulardan foydlanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar, va boshqalar haqida tavsiyalar bayon qilinadigan, ta’lim muassasalarining ilmiy (pedagogik) kengashi tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr.

Sharh – jamiyat taraqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadigan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, bahsga loyiq asarlarni, g‘oyalarni, fikrlarni va ta’riflarni izohlovchi, muayyan masalalar yechimini ko‘rsatuvchi, keng ommaga mo‘ljallangan qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalanilaigan nashr.

Dayjest – ilmiy, ilmiy-uslubiy, o‘quv, davriy, adabiyotlar, hukumat va turli tashkilotlar faoliyatiga tegishli qonunlar qarorlar, nizomlar mazmunining qisqacha bayoni va sharhi keltirilgan, sohalarga oid ma’lumotlar to‘plami sifatida foydalaniladigan doimiy nashr.

Yelektron darslik – kompyuter texnologiyasiga asoslangan o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o‘quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan bo‘lib:

-o‘quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklda;

-o‘quv materiallar verbal (matn) va ikki o‘lchamli grafik shaklda;

-multimedia (ko‘p axborotli) qo‘llanmalar, ya’ni ma’lumot uch o‘lchamli grafik ko‘rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklda;

- taktil (his qilinuvchi, seziladigan) hususiyatli, o‘quvchini «ekran olamida» stereo nusxasi tasvirlangan real olamga kirishi va undagi ob’ektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi.

Ma’lumotlar banki - axborot texnologiyalarining imkoniyati va vositalari asosida yaratilgan, statik va dinamik rejimi to‘zilgan, tovush va rangli tasvirlar bilan ta’minlangan, katta hajmdagi axborotlarni o‘z ichiga qamrab olgan va ularni turli ko‘rinishda (jadval, diagramma, gistogramma, matn, rasm, va hokazo) bera oladigan, o‘quv jarayonida bilim oluvchilar tomonidan o‘z ustida mustaqil ishlashi va o‘z bilimlarini nazorat qilishi uchun qo‘llaniladigan, doimiy ravishda to‘ldirib boriladigan, keng doirada foydalanishga mo‘ljallangan, tegishli vakolatli davlat tashkilotida qayd yetilgan sohalar bo‘yicha ma’lumotlar to‘plami.


O‘quv adabiyotlariga qo‘yiladigan talablar

Ta’lim turlarining hususiyatlaridan va nashr shaklidan qat’iy nazar barcha O‘quv adabiyotlar quyidagi umumiy talablarga javob berishi kerak:



  • davlat ta’lim standartlari (davlat talablari) asosida tayyorlanishi;

  • ta’lim-tarbiya jarayoniga hamkorlik pedagogikasi va o‘qitishning interaktiv uslublarini tadbiq qilishda ko‘mak berishi;

  • tegishli o‘quv fanining nazariy amaliy rivojlanishida, o‘zoq va yaqin o‘tmishdagi boy intellektual merosimizning o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatishi;

  • intellektual insonparvarlik g‘oyalarining aks ettirilishi, insonning tabiat va ijtimoiy hayotda o‘ta masuliyatliligini anglatishga qaratilishi;

  • vatanparvarlik va milliy g‘urur hissini shakllantirishi, mustaqil va ijodiy fikrlashga yo’naltirish;

  • ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishi, ta’lim va tarbiya uzviyligini ta’minlashi;

  • bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish, qiziqish uyg‘ota oladigan va mustaqil fikrlashga yo’naltira oladigan hususiyatlarga ega bo‘lishi;

  • bilim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilishi, mustaqil ta’lim olishga qiziqish uyg‘otishi;

  • yuqori darajada umumlashtirilgan va zamonaviy ilmiy bilimlarga asoslangan ma’lumotlar (qonunlar, ayniyatlar, tasniflar, va hokazo) dan tashkil topishi;

  • illyustratsiyalarga boy, ko‘rgazmali tasvir va badiiy-uslubiy jihatdan amaliy faoliyatga qaratilgan bo‘lishi;

  • bilim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik hususiyatlarini hisobga olishi;

  • bilimlarning mutlaqligi va nisbiyligini yorqin ifodalashi;

  • ta’lim oluvchilarning bilimi, uquvi va ko‘nikmalarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi;

  • ta’lim va tarbiyani ijtimoiy hayot, unumli mehnat bilan uzviy bog‘lanishiga e’tibor berishi;

  • fan va texnika yutuqlarining ahamiyatini ifodalashi, ilmiy masalalarning mantiqiy ketma-ketlikda, fanning O‘quv dasturiga muvofiq bayon etilishi;

  • yaxlitlikni idrok qilish hissi shakllanishi uchun barcha ma’lumotlar mantiqiy bir tizimda berilishi;

  • matn jozibali shaklda bayon etilishi.

  • Asosiy tushuncha va xulosalarning ta’riflari nihoyatda aniq va ravshan yozilishi, atamalarning umumiyligiga erishish.

  • Sanab o‘tilganlardan tashqari har bir ta’lim turining O‘quv adabiyotlariga o‘ziga xos bo‘lgan talablar qo‘yiladi.

Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari jamiyatimizni demokratik yangilash va taraqqiyotni yangi bosqichga ko‘tarish vazifasi iqtisodiyotimiz rivoji va ta’lim-tarbiya tizimidagi islohatlarning tubdan o‘tkazilishi, yaxshi yo‘lga qo‘yilishi bilan belgilanadi. Prezidentimizning 2013 yil 19 yanvardagi 2012 yilda respublikani ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013 yilgi iqtisodiy dasturning asosiy ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisida so‘zlagan «Bosh maqsadimiz-keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirish» ma’ruzasida ham ta’lim sohasini rivojlantirish va isloh etish masalasi doimiy ravishda e’tibor, ta’lim-tarbiya sohasining yaxlit, uzluksiz tizimini shakllantirish va mustahkamlash, jumladan, umumiy o‘rta ta’limdan boshlab o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha barcha bosqichlarda yuksak bilimli va malakali kasb tayyorgarligiga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalash jarayonini takomillashtirish va mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiyotni va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash, shuningdek, ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash kabi masalalar o‘z ifodasini topgan.

Hozirgi kunda kasb-hunar kollejlarida o‘quv jarayonini pedagogik texnologiyalar, ta’limning texnik vositalari asosida tashkil etish, zamonaviy dars ishlanmalari yaratish borasidagi yutuqlar ta’lim tizimini yanada takomillashtirishda e’tiborga molikdir. O‘quv-tarbiya jarayoniga innovatsion texnologiyalarning kirib kelishi ta’lim jarayoniga qo‘yilgan talablarni muvaffaqiyatli hal etishda ahamiyatlidir, shuningdek darsning sifat va samaradorligini oshirib ta’limdan ko‘zlangan natijaga erishishni osonlashtiradi. Shu asosda o‘quv –tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, bu o‘z faoliyatini oqlaydi va raqbatbardosh kadrlar tayyorlashda eng muhim yutuqlarga erishishni ta’minlaydi.



Ta’limni insonparvarlashtirish va axborotlashtirish bilan bog‘liq muhim vazifaning yechimi o‘quvchilarda muloqotga kirishishga oid bilimdonlikni rivojlantirishga yo‘naltirilishi lozim. 
Bugungi kunga kelib o‘quvchilarning huquqiy, iqtisodiy bilimdonligi va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga kuchli ehtiyoj tug‘ilmoqda. Bu o‘z navbatida, ta’lim mazmunini loyihalashga bo‘lgan yondashuvni ham o‘zgartirishni talab qiladi. Mazkur muammoni yechish uchun hozirgi zamon kishisining ehtiyojlarini aniq hisobga olish lozim. Chunki eskirib qolgan yo‘llar bilan davlat va jamiyat ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan ta’lim jarayonini tashkil etish mumkin emas.  
Birinchi navbatda, taqdim etiladigan ta’lim mazmunining asosiy mohiyati va maqsadini aniqlash lozim. O‘quv materiallari va ta’lim mazmunining minimal hamda maksimal darajalarini tanlashda ta’lim mazmunini modernizatsiyalashning konseptual asoslariga tayaniladi. O‘quvchilarga taqdim etiladigan bilimlarni turli o‘quv fanlarini integratsiyalash asosida uyg‘unlashtirish ularga o‘zbek xalqining qadriyatlarini egallashga yo‘naltiradigan bilimlar va axborotlarni singdirish hissiy hamda ijodiy faoliyat tajribasiga asoslanish nihoyatda zarur. Ta’lim mazmunining ushbu elementlarini barcha o‘quv predmetlari mazmuniga singdirish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilarda bilimlarni o‘zlashtirish, ularning mazmunini idrok etish, bilish ko‘nikmalarini shakllantirish nazarda tutiladi. Ta’lim mazmunida bilimlarni qisqartirish emas, balki ularni integratsiyalash va unifikatsiyalash yo‘lidan borish lozim.  
Bilimlarni ta’lim mazmunidan sun’iy tarzda ajratib olish mumkin emas. Ta’lim mazmunida o‘quvchilarning hissiy-qadriyatli, ijodiy va boshqa faoliyat turlarini shakllantirish nazarda tutiladi. Ta’lim mazmunidagi bilimlarni boshqa qismlarni kengaytirish hisobiga qisqartirmaslik lozim. Taqdim etilgan bilimlarning shakli va mohiyatini o‘zgartirgan holda ularni uyg‘unlashtirib ta’lim mazmuniga singdirish talab etiladi. Bilimlar o‘quvchilardan tushunchalar yig‘indisi sifatida tortib olinmasligi kerak. Atamalar va turli mavzular yordamida ta’lim mazmunining minimal darajalari taqdim etiladi. Bilimlar o‘quvchilar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Ta’limning aniq mazmuni bevosita o‘quv-biluv jarayonida vujudga keladi. Shunga ko‘ra ta’lim mazmuni quyidagi ikki shaklga ega bo‘ladi: a) tashqi ko‘rinish — bunda o‘quvchilar o‘quv faoliyati uchun taqdim etiladigan vositalar namoyon bo‘ladi; b) ichki ko‘rinish — bunda ta’lim mazmuni ulardan har birining o‘quv faoliyati natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. 
O‘quv-biluv jarayonida ta’lim mazmunining aynan ichki shakli amal qiladi. Unda bilimlar loyihalashtiriladi, shakllantiriladigan ko‘nikma va malakalar ajratiladi, o‘zlashtiriladigan faoliyat usullari aniqlanadi, rivojlantirilishi lozim bo‘lgan mavjud quvvatlar va layoqatlar tahlil etiladi. Shu asosda o‘quv fanlarining tashqi mazmuni ishlab chiqiladi. O‘quvchilarning muayyan o‘quv fanlari mazmunini  o‘zlashtirishlari ularda nafaqat muayyan o‘quv predmetiga oid tor doiradagi bilimlar, balki umumiy bilimlar, ko‘nikmalar, layoqatlar hamda bilimdonlikning tarkib topishiga imkon beradi. Predmetlararo ta’lim mazmunini belgilashning asosiy omillari didaktikada yetarlicha ishlab chiqilmagan. Shuning uchun ham, har bir o‘quv perdmeti bo‘yicha alohida-alohida ta’lim berish metodikasi mavjud.  
O‘quvchilarga hissiy-qadriyatli, ijodiy faoliyat ko‘rsatish huquqini berish uchun ta’lim mazmunining minimal darajadagi tashqi mazmunini modernizatsiyalash talab etilmoqda. Mazkur mazmun asosida o‘qituvchilar o‘quvchilar ko‘rsatishi zarur bo‘lgan faoliyat turlarining yo‘llari va usullarini belgilash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ta’lim mazmunining minimal darajasida o‘quvchi kirishishi lozim bo‘lgan faoliyat turi aniq namoyon bo‘lishi lozim. O‘rganilishi nazarda tutilgan hodisalar va nazariy ma’lumotlarga nisbatan o‘quvchilarda qiziqish va ehtiyojlarni vujudga keltirish muhim ahamiyatga ega. Ta’lim mazmunining faoliyatli yondashuv asosida tanlanadigan qismlari haqida fikr yuritilganda, amaldagi o‘quv dasturlarida bu holat yetarlicha o‘z ifodasini topmaganligiga ishonch hosil qilamiz.  
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘quvchilarning faoliyati muayyan shakllar, metodlar, ta’lim texnologiyalari yordamida tarkib toptiriladi. Shuning uchun ham, mazkur ta’lim shakllari, metodlari, texnologiyalar ta’lim mazmunida o‘z aksini topishi lozim. Bunda ta’lim shakllari, metodlari, texnologiyalarining o‘zini emas, balki o‘quvchi faoliyatiga aylangan shakllari ta’lim mazmunida aks ettiriladi. 
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni mahsuldorligini ta’minlash uchun, o‘quv faoliyatini harakatlantiruvchi mexanizmlarni ham ta’lim mazmunida aks ettirish talab qilinadi. Turli o‘quvchilarning muayyan bilimlarni o‘zlashtirish darajalari turlichadir. Buning uchun o‘quv fani doirasida o‘zlashtirish majburiy bo‘lmagan didaktik birliklar ajratib olinadi. Ta’limning fundamental mazmuni bilan bir qatorda, uning boshqa darajalari ham izchil tarzda ifodalanishi lozim. 
Ta’lim mazmuni faqatgina tushunchalar yig‘indisidan iborat bo‘lmasligi, o‘zida o‘quvchini ijodkorlik, ko‘p faoliyatlilikka undovchi qismlarni ham mujassamlashtirishi lozim. Ta’lim mazmunini modernizatsiyalashda avvalambor didaktik asoslarga tayanish talab etiladi.
Didaktik asoslarga tayangan holda ta’lim mazmunini boyitish, bunda ijtimoiy taraqqiyot mezonlarini hisobga olish barkamol avlodni shakllantirishning muhim shartidir.   
1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. “Uzluksiz ta’lim tizimini modernizatsiyalash — barkamol avlodni shakllantirishning muhim omili” mavzusidagi ushbu tadbirda Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirliklari, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi mutassaddilari hamda ustoz va murabbiylar ishtirok etishdi.

Matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, istiqlol yillarida Prezidentimiz rahnamoligida ta’lim tizimini har tomonlama rivojlantirish, muassasalarda mehnat qilayotgan hodimlarni qo‘llab- quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, o‘qituvchilarning kasb mahorati, malakasi, bilim va ko‘nikmasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘qituvchi va pedagoglar orasida eng ilg‘or tajribalarni aniqlash va ularni ommalashtirish masalasida ham bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi”, “Yilning eng yaxshi direktori”, “Yilning eng yaxshi psixologi”, “Yilning eng yaxshi uslubchisi” va boshqa ko‘rik-tanlovlar orqali ilg‘or, tashabbuskor pedagoglar tajribasini ommalashtirish orqali ta’lim mazmunini takomillashtirish maqsadi mujassam. Hukumatimizning pedagog-xodimlar mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha izchil amalga oshirgan ishlari natijasida o‘qituvchilarning o‘rtacha ish haqi 2006 yildan hozirgi kunga qadar 9 barobarga oshirilgan. Shuningdek, 1992—2013-yillar davomida Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi 3465 nafar o‘qituvchi davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan 1411 ta kollejda 1552,471 ming va 143 ta akademik litseyda 111,702 ming nafar yigit-qiz ta’lim-tarbiya olmoqda. Joriy o‘quv yilida tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog-hodimlar soni 117621 nafarni tashkil etib, ularning 108807 nafari oliy ma’lumotli, 8814 nafari esa o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglardir. Tizimda 95 nafar fan doktori, 838 nafar fan nomzodi ish olib bormoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mustaqillik yillarida oliy ta’lim muassasalari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, keyingi yillarda ularning soni ikki barobarga oshdi. 2011—2016-yillarda 19 ta oliy ta’lim muassasasining o‘quv binolari, talabalar turar-joylari va sport inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash hamda zamonaviy kompyuter texnikalari, o‘quv va ilmiy labaratoriyalar bilan jihozlash ishlari belgilangan bo‘lib, bu borada ham e’tirofga loyiq ishlar amalga oshirilmoqda.

2.Ta’lim mazmunini modernizatsiyalashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.



Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va ma’rifiy sohalarida amalga oshirilayotgan modernizatsiyalash jarayonlari uzluksiz ta’lim tizimiga ham bevosita ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bu o‘z navbatida, zamonaviy ta’lim muhitining muhim tavsifi hamda shaxs imkoniyatlari muvaffaqiyatli amalga oshirilishining sharti sifatida ta’lim paradigmalarini takomillashtirish, uning tarkibiy qismlari funksional va konseptual muammolari yechimini ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimi ijtimoiy sohalar hamda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash sharoitida muhim ijtimoiy institutlardan biri sifatida ta’limiy, tarbiyaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy funksiyalarni bajarmoqda. Ularning muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlash uchun o‘quvchilarda ijodiy va mustaqil fikrlash, kasbiy yetuklik va yuksak ma’naviyatni shakllantiruvchi pedagogik shart-sharoitlar yaratilishi lozim.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida o‘quvchi shaxsini uzviy rivojlantirish muammolari:
 uzluksiz ta’lim tizimida shakllantirilayotgan bilim va ko‘nikmalar hamda jamiyatning ijtimoiy, fan va texnologiyalar taraqqiyoti darajasi qo‘yadigan talablar o‘rtasidagi nomutanosiblik;
 ta’lim jarayonida o‘quvchilar egallaydigan bilim va ko‘nikmalar hamda mutaxassis sifatida faoliyat ko‘rsatish uchun talab etiladigan kasbiy ko‘nikma va malakalar tarkibi o‘rtasidagi nomuvofiqlik;
 o‘quvchi shaxsini shakllantirishdagi ta’lim va tarbiya maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy shakllarini o‘zida mujassamlashtiruvchi pedagogik tizimning barcha tarkibiy qismlari o‘zaro aloqadorligi, muvofiqligi hamda istiqbolga yo‘naltirilganligi, uzviyligi ta’minlanmaganligi;
 o‘quvchilarda o‘sib borayotgan axborotlar hajmi bilan ishlash, mustaqil tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish asosida ular faoliyatini intensivlashtirishning dasturiy va metodik ta’minoti ishlab chiqilmaganligi [3].
Uzluksiz ta’lim tizimida har tomonlama yetuk, ijodkor shaxsni tarbiyalash, o‘quvchini uzluksiz rivojlantirish uchun ta’lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarida pedagogik tizimning tarkibiy qismlari o‘zaro aloqadorligi, muvofiqligi hamda istiqbolga yo‘naltirilganligini ta’minlash hamda ularni amalga oshirishning didaktik shart-sharoitlarini aniqlashni taqozo etadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash milliy dasturda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ustuvor ahamiyat kasb etib, ta’lim tizimining vertikal va gorizontal uzviyligini ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish borasidagi ilmiy tadqiqotlarni jadallashtirishni talab qiladi.
Ta’lim uzluksizligini ta’minlashning bosh g‘oyasi o‘quvchi shaxsining ta’lim sub’ekti sifatida izchil rivojlanib borishi bilan bog‘liq. Kadrlar tayyorlash milliy modelida bu g‘oya rivojlantirilib, shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi sifatida e’tirof etilgan. Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlarida shaxsning rivojlanishi uzluksiz jarayon sifatida qaralib, unda o‘quv jarayonining faqat bilish emas, balki o‘zlashtirilgan bilimlarni ijodiy talqin qilishni nazarda tutuvchi rivojlantiruvchi ta’lim g‘oyalari bilan uyg‘unlashgan. Bu esa axborot berishga asoslangan o‘qitishdan shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga, xotiraga asoslangan o‘qitishdan faol o‘zlashtirishga asoslangan o‘qitishga o‘tilishini belgilab berdi.
Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimini ishlab chiqishda milliy ta’lim modeli ilmiy yondashuvining o‘ziga xos xususiyati shundaki, uzluksiz ta’lim tizimi yaxlitlik, uzviylik va uzluksizlikda, ya’ni bir butun tizim shaklida qaraladi. Uzviylik va uzluksizlik ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri sifatida belgilanib, pedagogika nazariyasida uni ifodalovchi tizimlilik va izchillik ta’limning metodologik asosini tashkil qilishi bilan birga didaktik prinsip sifatida ham alohida qayd etilgan. Ta’limning uzviyligi – ta’lim mazmunining tizimliligi, izchilligi va mantiqan bog‘liqligi ta’minlanishini, o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilimlarning keyingi bosqichlarda ko‘nikma va malakalarga o‘tishiga asos yaratuvchi, ta’limning har bir bosqichida ma’lum darajada bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlashni talab qiluvchi didaktik prinsipdir. Uzviylikning mohiyati har bir shaxsga o‘ziga mos bilim olish sharoitlarini yaratib bera oladigan ta’limga bo‘lgan shaxs va jamiyatning ehtiyojlarini qoniqtirish zarurati bilan belgilanadi.
Bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim muassasalarida o‘quv, tarbiyaviy, boshqaruv hamda investitsion faoliyat Kadrlar tayyorlash milliy dasturining to‘la ijrosini ta’minlashga qaratilgan. Bularning barchasi tuzilmaviy o‘zgarishlarni davlat ta’lim muassasalari rivojlanish dinamikasi, uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlashni boshqarishning samarali tartibini joriy qilish, ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirishni talab etadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash milliy dasturda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ustuvor yo‘nalishlarni belgiladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oluvchi uzluksiz ta’lim tizimi har tomonlama yetuk, barkamol avlodni yetishtirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratadi. Uzluksiz ta’lim deganda – o‘quvchi shaxsini uzviy rivojlantirish maqsadida har bir ta’lim bosqichida pedagogik tizimning barcha tarkibiy qismlarining o‘zaro muvofiqligi, istiqbolga yo‘naltirilganligi tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplaridan biri sifatida uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iktisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy extiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha ekanligi, ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy barkamol shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi, davlat ta’lim standartlariga muvofiq turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi ta’minlanishi va maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda maktabdan tashqari ta’lim turlarini o‘z ichiga olishi ta’kidlanadi [1].
Pedagogikada ta’limning ilmiy-nazariy, uslubiy asoslari bilan bir qatorda ta’limning didaktik prinsiplariga ham alohida to‘xtalib o‘tiladi. Ularga ta’limda ilmiylik, tizimlilik va izchillik, onglilik va faollik, bilimlarni puxta va mustahkam o‘zlashtirish, o‘quvchilarni yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish, ko‘rgazmalilik, nazariyani amaliyot bilan bog‘liqligi, mustaqillik va erkin fikrlash hamda tafakkur qilish kabilar kiritiladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida uzviylik va uzluksizlik fan, ta’lim va ishlab chiqarishning o‘zaro uzviyligi; ta’lim mazmuni uzviyligi; bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdagi uzviyligi; o‘quvchi shaxsini shakllantirishdagi uzviylik; ta’lim metodlari hamda shakllarini qo‘llashdagi uzviylik; o‘quvchilar o‘zlashtirishini baholashni tashkil qilishdagi uzviylikni ta’minlaydi.
Ushbu talablardan kelib chiqib, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi o‘rtasidagi ta’lim–tarbiya jarayoni Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari hamda dasturlarni ishlab chiqishda o‘zaro uzviylikni ta’minlash masalalariga alohida etibor qaratiladi. Bu maqsadda variativ o‘quv dasturlari hamda darslik va o‘quv qo‘llanmalarni yaratishda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus hamda oliy ta’lim tizimi pedagoglarining hamkorligini takomillashtirish talab etiladi.
Inson bugungi kunda tayyor yechimlar bo‘lmagan va berilmaydigan o‘zgarib boruvchi muhitda, jamiyatda faoliyat yuritmoqdaki, unda har bir shaxs zarur yechimni o‘zi mustaqil topishi va ushbu yechim oqibati uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi talab etilmoqda. Shu sababli ijodkor mustaqil fikrlovchi va qaror qabul qila oluvchi, o‘zgalar fikrini tinglab, uni e’tiborga olgan holda xulosa chiqara oluvchi shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta’lim yoshlarni tayyor o‘quv materialini o‘zlashtirishga emas, balki muammolar yechimini topishga o‘rgatmog‘i lozim.
Mamlakat iqtisodiyotining uzviy qismi bo‘lgan ta’lim tizimini modernizatsiyalash, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish bugungi kunning dolzarb vazifasidir.
Ta’limni standartlashtirish butun dunyoda ta’lim tizimini isloh qilishdagi eng yirik tendensiyalardan biridir. Jamiyatda sodir bo‘layotgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy o‘zgarishlar ta’lim tizimi mazmunini mos ravishda loyihalash hamda standartlashtirishni talab qiladi. Shunga mos ravishda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga zaruriy talablarni, ularning madaniy-ma’naviy darajalarini aniqlab beruvchi Davlat ta’lim standartlarini yaratish va tatbiq etishni nazarda tutilgan.
Xalqaro talablarga javob beruvchi davlat standartlarining ishlab chiqilishi, birinchidan, respublikamizda tayyorlanayotgan mutaxassislarning jahon miqyosidagi ekvivalentligini ta’minlash hamda o‘z navbatida mamlakatimizning xalqaro mehnat bozorida to‘siqlarsiz ishtirok etishini ta’minlashga; ikkinchidan, ta’lim xizmatlari sifatiga aniq talablarni belgilash natijasida kadrlar tayyorlash sifatida oshirish hamda ta’lim muassasalari ishining samaradorligini nazorat qilish tizimini tartibga solishga qaratilgan. Davlatning ijtimoiy buyurtmasini o‘zida aks ettiruvchi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich joriy etildi.
Amaldagi DTS hamda o‘quv dasturlari tahlili ta’lim turlari uzluksiz ravishda bir-biri bilan bog‘langanligini, ushbu uzluksizlik, avvalambor, ta’lim turlarida o‘qitiladigan fanlar o‘quv dasturlarining bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanishi talab darajasida amalga oshirilganligini ko‘rsatdi. Biroq, ta’lim turlari o‘rtasida fanlararo uzviylikka, ya’ni mavzularning mantiqiy ketma-ketligi, oddiydai murakkablikka, xususiyliqdan umumiylikka o‘tishda o‘quvchilarning yoshi va psixologik jihatdan o‘zlashtirish imkoniyatlari yetarli darajada inobatga olinmaganligi, ta’lim dasturlarini o‘quv jarayoniga tatbiq etishda ta’lim turlari o‘rtasida mazmun uzluksizligi va uzviyligi to‘la ta’minlanmaganligi ayon bo‘ldi.
Uzluksiz ta’limning prinsipial xususiyatlari qo‘llaniladigan vosita, usul va tashkiliy shakllarning turli-tumanligi va moslashuvchanligi, ta’limning fundamentallashuvi, insonparvarligi, demokratlashuvi hamda milliy yo‘naltirilganligi, ta’lim jarayonlarining yo‘nalish va mazmuniga ko‘ra tabaqalashtirilganligi bilan belgilanadi [2].
Ta’lim jarayonlarini modernizatsiyalash omillari: DTS, o‘quv dasturlari hamda qo‘llanmalarni yangi bilimlarni olish va yaratish uchun asos bo‘lmaydigan ma’lumotlar bilan yuklanganligini kamaytirish, o‘quv fanlarining keyingilari uchun asos bo‘lishi hamda amaliy faoliyatda o‘z tatbiqiga ega bo‘lishiga erishish; ta’limning kasbiy yo‘naltirilganligini ta’minlash, fundamental va tatbiqiy bilimlarning optimal munosabatlarini belgilash; ta’lim jarayonini muayyan faktlarni emas, jarayon va hodisalar, ularning amalga oshish mexanizmlarini o‘rganishga qaratish, beriladigan ma’lumotlarning o‘quvchilar kundalik hayoti bilan uzviy bog‘liqligiga erishish; axborotlarni amaliy tahlil qilish ko‘nikmalarini tahlil qilish, bilimlarni mustaqil egallashni ta’minlaydigan ta’lim metodlarini tanlashga e’tibor qaratish; ta’lim mazmunining muntazam ravishda yangilanib borish mexanizmlarini takomillashtirish va keng joriy etish.
Uzluksizlikning mohiyati vaqt bo‘yicha individuallashtirilgan, har bir shaxsga o‘ziga mos bilim olish sharoitlarini yaratib bera oladigan ta’limga bo‘lgan shaxs va jamiyatning ehtiyojlarini qondirish zarurati bilan belgilanadi. Shunday ekan, ta’lim jarayonlarini modernizatsiyalashning qayd etilgan omillari to‘la amalga oshirilsa, o‘quvchilar kasbiy-texnologik bilimlarini kengaytirish hamda kasbiy ijodkorlik ko‘nikmalarini tarkib toptirish asosida ularning yuqori kasbiy kompetentlik darajasiga erishiladi

3.Modernizatsiyalashtirish borasida ilg‘or xorij tajribalari

3.1. Masofali o‘qitish

Pedagogika fani bilimlar sohasi va ijtimoiy amaliyot sohasi kabi jahon rivojlanish umumiy tendensiyalari va qonuniyatlariga binoan rivojlanadi. Shuning uchun kasbiy-pedagogik ta’lim chet el tajribalarini o‘rganish uni ilmiy tushunish ilg‘or g‘oyalardan milliy ta’lim amaliyotida foydalanish ayniqsa dolzarb hisoblanadi. "Kadrlar tayyorlash sohasidagi pozitiv jahon tajribasini hisobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha elementlariga taalluqli va uning rivojlanishi omillaridan biri hisoblanadi". Shu bilan birga milliy g‘oyalar va an’analarda qurilgan ta’lim har doim milliy rivojlanish masalalariga javob berishini esda tutish kerak.



Bunday ta’limning texnik yoki tashkiliy shakllari turlicha bo‘lishi mumkin ba’zan umuman odatdan tashqari tasavvur qilib bo‘lmagan ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin. Ammo bizning chuqur ishonch hosil qilishimizga oxir-oqibat odamning ta’lim olishi natijasi faqat o‘quv faoliyati shakllari shu jumladan masofaviy ta’lim bilan belgilanmaydi balki o‘quv jarayoni quriladigan tayanch psixologik - pedagogik mazmunga bog‘liq bo‘ladi. Aynan mana shu mazmunlarini izlab topish milliy mentalitetga nisbatanmasofali ta’lim asoslarini ishlab chiqish boshlang‘ich vazifasi hisoblanadi. Bu "narsa" turli ramziy amaliyotlar ekranlarida aks ettirilib namoyon bo‘ladi. Fikri sezgilari va harakatlaridamoddiylashadi.


Masofali o‘qitish nazariyasi va amaliyoti boy chet el va milliy tajribalar tadqiqotlar yo‘nalishlari umuman dolzarbligini tasdiqlaydi. Yangi pedagogik axborot va telekommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga asoslangan ta’lim olish usulidan biri hisoblangan masofali ta’lim mohiyatini tushunishga bizni yaqinlashtiradi. Ta’limning sintetik integral va gumanistik shakli hisoblanuvchi masofali o‘qitishning aynan nazariy va amaliy masalalari ta’limni isloh qilish sharoitlarida milliy ta’lim tizimi oldida turgan muammolar katta qismini hal etishi kerak.

Chet el ta’lim tizimlarida masofali o‘qitishning tashkil topishi va rivojlanishi jarayonini o‘rganishda ta’lim muassalarida masofali o‘qitishni amaliy tashkil qilish turli shakllari va variantlarini hamda masofali ta’limni didaktik ta’minlash vositalarini tahlil qilishga e’tiborni qaratish zarur.

Solishtirish metodi mohiyatini xitoy olimi X. Shu va N. Chjoular to‘la ochib beradilar: "Agarda millat vaqt o‘qida o‘zining turgan joyini tarixiy yoki "vertikal" solishtirishlar bilan aniqlay olsa shunda u millatlararo yoki "gorizontal" solishtirishlar yordamida dunyodagi o‘z o‘rni to‘g‘risida yaxshiroq tasavvurga ega bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda "vertikal" solishtirish ishonch uyg‘otadi "gorizontal" esa realist bo‘lishga majbur etadi".

Masofali ta’lim - masofada turib o‘quv axborotlarini almashish vositalariga asoslanuvchi maxsus axborot ta’lim muhiti yordamida ta’lim xizmatlari to‘plamidan iborat. Masofali ta’lim axborot - ta’lim muhiti foydalanuvchilar ta’lim olish ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan ma’lumotlar uzatish vositalari axborot resurslari o‘zaro aloqalar protokollari apparat - dasturli va tashkiliy-metodik ta’minotlar sistemali - tashkiliy to‘plamidan iborat.



Masofali ta’lim - o‘qituvchilarga o‘rganilayotgan material asosiy hajmini yetkazib berishni o‘qitish jarayonida o‘qituvchilar va talablarning interaktiv o‘zaro aloqalarini, tinglovchilarga o‘rganilayotgan materialni mustaqil o‘zlashtirish bo‘yicha mustaqil ishlash imkonini berishni hamda o‘qish jarayonida ularning olgan bilimlarini va ko‘nikmalarini baholashni ta’minlovchi axborot texnologiyalari to‘plami.
Download 140,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish