11-mavzu. Ajralish va uning ko'rsatkichlari


-mavzu. Geodemografiya va aholi joylashuvi



Download 138,04 Kb.
bet18/23
Sana20.01.2022
Hajmi138,04 Kb.
#392721
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
11-15 geodemografiya

14-mavzu. Geodemografiya va aholi joylashuvi

Yer shari bo‘ylab aholining joylanishi ma’lum bir o‘lcham va tipdagi xilma-xil shakllarga ega aholi punktlapi tizimi hamda to‘rini vujudga keltiradi. Demak, odamlarning doimiy yoki vaqtincha to‘planadigan, mujassamlashadigan (konsentrasiya) joyi – aholi punktlapi, deb nomlanadi. Bu aholi punktlapi odamlarning yashash joyi, moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqaradigan va iste’mol qiladigan markazlari, avlodlarning takror barpo bo‘ladigan ijtimoiy hayot o‘chog‘i hisoblanadi.

Aholi joylashishining hududiy ko‘rinishi, ya’ni shakli–aholi punktlapidir. S.A. Kovalyov aholi va aholi punktlapini – inson tomonidan yaratilgan odamlar hayoti uchun zarur bo‘lgan moddiy shart – sharoitga ega ma’lum bir hududda yashovchi aholining joylanishi, deb ta’riflaydi (1963. 6-bet).

Aholi va aholi punktlapining joylanishida aniqlangan hududdagi aholi punktlari yig‘indisi ularning bir – biri bilan aloqasi orqali to‘rini tashkil etishini ham anglatadi. Mamlakat xo‘jaligi va xalqlarning yashash sharoiti uchun aholi punktlapi to‘rining kengayisni, rivojlanishi va joylanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, aholi va xo‘jalikni geografik nuqtai-nazardan baholashda barcha aholi yashash punktlapi tiplari va turlarini o‘rganish zarurdir.

Aholini geografik o‘rganishda ikki yo‘nalish mavjud. Birinchidan, demografik yo‘nalishda, ya’ni aholining o‘sishi, yoshi va jinsi, milliy tarkibi, takror barpo bo‘lishiga ko‘proq e’tibor berilsa, ikkinchisida yuqoridagi geografik jarayonlarning natijasi bo‘lmish aholi punktlapi, ularning to‘ri alohida tadqiq etiladi (Soliev, Qarshiboeva, 1999).

Jamiyat hayotining asosini moddiy boyliklar ishlab chiqarish tashkil etadi. Har qanday ishlab chiqarish faoliyati biron-bir aholi manzilgohining vujudga kelishiga, rivojlanishiga zamin bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, Muruntov oltin konining topilishi natijasida Zarafshon, Uchquduq shaharlari vujudga keldi yoki Qarshi va Mirzacho‘l hududida yangi yerlarning o‘zlashtirishi qator aholi punktlapi barpo bo‘lishga sabab bo‘ldi. Xilma-xil ishlab chiqarish faoliyati aholi va aholi punktlapi o‘lchami va shakliga turlicha ta’sir etadi. Jumladan, Muruntov oltin konining topilishi shu hududda aholining mujassamlashuviga (konsentrasiya) olib keldi. O‘z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning boshqa turlari rivojlanishiga ham turtki bo‘ldi.

Turli yiriklikdagi aholi punktlapi, ularning yirik murakkab tizimlari aholining hududiy tashkil etish shakllaridir. Uning ijtimoiy tashkil etish shakllariga har-xil yosh va jins, millat, elat, kasb-hunarga mansub kishilar uyushmasi kiradi, ularga makon jihatdan umumiylik shart emas. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida aholi punktlapi muhim o‘rin egallaydi. U xalq xo‘jaligining hududiy tizimida tabiiy resurslar, ijtimoiy ishlab chiqarish va infratuzilma tarmoqlarini bir-birlari bilan bog‘lovchi ko‘prik vazifasini bajaradi.

Ma’lumki, aholining uchta funksiyasini fanda ajratib ko‘rsatishadi. Bularga aholi ishlab chiqaruvchi kuch ekanligi, ikkinchisi o‘zi yaratgan moddiy va ma’naviy boylikni iste’mol qilishi va uchinchisi o‘z-o‘zidan ko‘payishidir. Oldingi ikki funksiya aholini sosial-iqtisodiy kategoriya ekanligini, so‘nggisi esa uni biososial yoki demografik kategoriya sifatida tavsiflaydi.

Yer sharidagi har bir alohida hudud aholi va aholi punktlapi tarixiy, tabiiy shart-sharoit va etnografik jihatlaridan kelib chiqib xilma-xil o‘ziga xos ko‘rinishlarga ega. Jumladan, tabiiy shart-sharoit aholi punktlapi joylashuviga ham bevosita, ham bilvosita ta’sir etadi. Qachonki, aholi punktlapi uchun joy tanlanayotganda bevosita tabiiy sharoit bilan (rel’ef, suv bo‘yi, shamol yo‘li, seysmik, eroziya va boshqalar) hisoblashmaslikning iloji yo‘q. Agarda aholi punktlapi ishlab chiqarish faoliyati nuqtai-nazardan vujudga kelsa, tabiiy sharoit bilvosita ta’sir ko‘rsatadi.

Har qanday aholi punktlapini geografik jihatdan majmuali tadqiq etishda avvalo unda yashovchilarning soni va tarkibi, bandligi, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi tutgan mavqeyi, (madaniy, iqtisodiy va siyosiy) boshqa aholi punktlapi bilan aloqasini mukammal bilish talab etiladi va o‘z navbatida yuqorida keltirilgan tarixiy, tabiiy va etnografik tomonlarini ham hisobga olish muhim ahamiyatga kasb etadi.

Aholi punktlapi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillardan yana biri bu ijtimoiy-iqtisodiy omillardir. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar tufayli vujudga kelgan aholi punktlapi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yuksalgan sayin rivojlanib boraveradi. Masalan, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi undagi mavjud turli xil aholi punktlapining ham eniga, ham bo‘yiga o‘sishiga olib keladi. Bir vaqtlar Sirdaryo, Jizzax va Navoiy viloyatlari respublika viloyatlari tarkibida umuman bo‘lmagan bo‘lsa, keyinchalik, yuqoridagi sanab o‘tilayotgan omillar tufayli kichik-kichik qishloqlar o‘rnida yoki umuman aholi yashamaydigan joylarda yangidan yangi aholi punktlapi barpo qilindi va ular bugungi kunda bir necha o‘nlab aholi punktlapini o‘zida mujassamlashtirgan yirik viloyatlarga aylandi.

Aholi va aholi punktlapining joylanishi shakllari xilma-xil bo‘lganligi bois ularni yirik ikkita tipga ajratishadi, tarqoq (dispers) va guruhlangan shakllari.

Tarqoq joylashgan aholi punktlapi – yakka holda qurilgan yashash joyi bo‘lib, ular ko‘proq xizmat yuzasidan (fermerlar) tashkil qilinib, bir-biridan ma’lum bir masofadagi uzoqlikda joylashadi.

Guruhlashgan holda joylashgan aholi punktlapi – turli xil kattalikdagi shahar va qishloq aholi punktlapi ko‘rinishda bo‘ladi. Shu boisdan ham bunday guruh ko‘rinishidagi aholi punktlapi ikkita – shahar va qishloq aholi punktlapiga bo‘linadi. “Qishloq, odatda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda shaharga nisbatan passiv, zaifroq aholi punkti hisoblanadi. Shaharlarning ko‘p funksiyaligi, kattaligi, innovasiya, investisiya va infratuzilma salohiyatining kuchliligi, iqtisodiyotning ko‘p tarmoqliligi va yuqori darajada rivojlanganligi, aholi yashashi, o‘qishi, davolanishi, ishlashi uchun imkoniyatlarning keng ekanligi, ularning ta’sirchanligi hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizim yoki majmualarda yetakchi rol o‘ynashini ta’minlab beradi.

Qishloq shaharga ma’lum darajada bo‘ysinadi, uni qishloq xo‘jaligi xom ashyosi bilan, aholisini toza havo, suv, iqtisodiyotini ishchi kuchi bilan ta’minlab turadi. Shahar esa qishloqqa malakali kadrlar, qishloq xo‘jaligiga mashina, asbob-uskunalar, mineral o‘g‘itlar, qurilish materiallari, zamonaviy servis xizmatini yetkazib beradi”1.

Shahar va qishloq aholi punktlapi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular o‘rtasida aniq chegara o‘tkazib bo‘lmaydi. Sababi, shahar-qishloq oralig‘ida ham qator aholi punktlapi mavjudki, ular biri ikkinchisi bilan tutashib ketgan. Ammo, shunga qaramasdan, shahar va qishloqni bir-biridan ajratuvchi maxsus mezonlar ham borki, bu mezonlar turli davlatlarda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.


Download 138,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish