Axborot xavfsizligi risklarining pasayishi AXBTni joriy etishning asosiy afzalligi hisoblanadi (ya’ni axborot xavfsizligi insidentlarining ehtimolligi va/yoki ta’sirining kamayishi). Xususan, tashkilot uchun AXBT standartlari turkumini qabul qilish natijasida amalga oshirilgan va barqaror muvaffaqiyatga erishish imkonini beradigan afzalliklar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
tashkilot ehtiyojlarini turli operatsiyalar va bo‘linmalar yordamida qondiradigan, kompleks va rentabelli, samarali, integratsiyalangan va o‘rnatilgan AXBTni loyihalash, joriy etish, ishlash va ekspluatatsiya qilish jarayonini qo‘llab–quvvatlashga strukturalangan uslubni;
korporativ risklarni boshqarish va boshqarish usullari kontekstida, shu jumladan axborot xavfsizligini boshqarishga kompleks yondashish sohasida biznes va tizim egalarini o‘qitish va treninglarda rahbarlarga axborot xavfsizligini boshqarish jarayonini uzluksiz nazorat qilish va ishonchli ishlashida yordam berish;
tashkilotlarga ular faoliyatining o‘ziga xos shartlariga mos keladigan asosiy boshqarish vositalarini mustaqil ravishda tanlash va yaxshilash va ushbu vositalarni ichki va tashqi o‘zgarishlardan qati nazar ekspluatatsiya qilish imkonini beradigan axborot xavfsizligi sohasidagi hamma tan olgan xalqaro standartlardan foydalanishga nodirektiv yondashish;
biznes-sheriklar bilan, ayniqsa ular akkreditlangan sertifikatlashtirish organidan AXBTning O‘z DSt ISO/IEC 27001 talablariga muvofiqlik sertifikatini taqdim etishlarini talab qilganlarida ishonchni oqlashni yengillashtiradigan axborot xavfsizligining universal tili va konseptual asosi bilan ta’minlash;
axborot xavfsizligiga kiritiladigan iqtisodiy investitsiya- larni boshqarishning yuqori samaradorligi.
O‘z DSt ISO/IEC 27000 (ushbu standart) Axborot texnologiyasi. Xavfsizlikni ta’minlash usullari. Axborotxavfsizliginiboshqarishtizimlari.Sharhvalug‘at. Qo‘llash sohasi: Ushbu standartda tashkilotlar va jismoniy shaxslar uchun quyidagilar taqdim etilgan:
AXBT standartlari turkumining sharhi;
AXBTga kirish;
PDCA modeli jarayonlarining qisqacha tavsifi;
AXBT turkumining barcha standartlarida foydalaniladigan atamalar va ta’riflar.
Maqsad: AXBT standartlari turkumini ko‘rib chiqish predmetini shakllantiradigan AXBTning asosiy prinsiplarini tavsiflash va tegishli atamalar ta’riflarini berish.