11-ma’ruza. Optik tolalarda dispersiya, modalararo dispersiya, xromatik dispersiya


Dispersiyani kamaytirish usullari



Download 147,3 Kb.
bet5/5
Sana22.10.2022
Hajmi147,3 Kb.
#855266
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-ma’ruza-2

7.Dispersiyani kamaytirish usullari

Dispersiya qiymatlari minimal bo‘lgan DSF, NZDSF tolalarini qo‘llash dispersiyani kamaytirish usullaridan biridir. O‘zbekiston respublikasi tolali optik aloqa liniyalarida eng ko‘p yotqizilgan bu SF - standart tolali kabellardir. SF tolalarida yuqorida aytib ÿtilgandek xromatik dispersiya qiymati katta. Standart tolali kabellarni olib tashlab, ÿrniga dispersiya qiymati kichik bÿlgan DSF, NZDSF tolali optik kabellarni yotqizish iqtisodiy qimmatga tushadi. Shuning uchun bu usuldan yangi qurilayotgan tolali optik aloqa liniyalarini tuzishda foydalangan maqqul.
Eng ko‘p yotqizilgan standart tolali kabellar bo‘lgani uchun, bu tolalar qo‘llanilganda DSF (Dispersion Compensating Fiber) dispersiyani kompensatsiya qiluvchi tolallardan foydalanish kerak.
DSF-dispersiyani kompensatsiyalovchi tolalardan asosan xromatik dispersiyani kamaytirishda, regeneratsiyalash seksiyasi uzunligini oshirishda, past tezlikdan yuqori tezlikli tizimlarga o‘tishda, to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan TOATda foydalaniladi. DSF tolalarida dispersiya qiymati manfiy katta qiymatlarga ega bo‘ladi. Xromatik dispersiyasi musbat ishchi tolaga dispersiyasi manfiy DSF tolalarini ulash natijasida dispersiya nolga yaqinlashadi, ya’ni kompensatsiya qilinadi (2.22-rasm).
DSF tolalari “Corning”, “Lucent Technologies”, “Sumitomo Yelectric” kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilmokda.
Lekin DSF tolalarini qo‘llash bir qancha muammolarni tug‘diradi:
- dispersiyasi musbat va manfiy turli tolalarni ulash, montaj va ta’mirlashni murakkablashtiradi;
- DSF tolalari ishchi tolaga qaraganda katta yo‘qotishlarni yuzaga keltiradi, bu yo‘qotishlar α = 0,4-1,0 dB/km bo‘lib, uzatish liniyasining umumiy yo‘qotishlariga qo‘shiladi;
- 10-12 km ishchi tolaning dispersiya qiymatini kompensatsiyalash uchun 1 km atrofida DSF tolalari talab etiladi;
- nochiziqli effektlarni oshishiga olib keladi.
Kompensatsiyalash samarali bo‘lishi uchun, ishchi tolaning umumiy dispersiya qiymatini va DSF tolasining dispersiya parametrlarini o‘lchash kerak.


2.22 –rasm. DSF yordamida dispersiyani kompensatsiyalash


Kamchiliklarni yo‘qotish maqsadida DSF tolalari maxsus modullarga joylashtirilib, ular uzatish tizimlarining ustunlariga yoki optik kuchaytirgichlarning 1 va 2 kaskadlari orasiga qo‘yiladi. Bu dispersiyani kompensatsiyalovchi modullar DCM (Dispersion Sompensating Module) deyiladi. Dispersiyani kompensatsiya qiluvchi modullarning DCM o‘lchamlari xar xil bo‘lishi mumkin. Masalan, ‘’Corning‘’ B turdagi modullari 235x235x40 mm, D turdagi 267x267x40 mm, S turdagi 278x432x44mm, ‘’Sumitomo’’ firmasining 228x202x41 mm.
Lekin, DCM qÿllanilganda ham kamchiliklar mavjud:
- qo‘shimcha yo‘qotishga olib keladi;
- qutblangan moda dispersiyasi QMD qiymati oshib ketadi.
To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan tizimlarda va yuqori tezlikli tizimlarda QMD qutblangan moda dispersiyasi 0,1-0,2 ps/km-1/2 dan oshmasligi kerak.
DCM modullari qo‘llanganda yuqoridagi kamchiliklarni e’tiborga olish zarur.


Nazorat savollari:

  1. Dispersiya tushunchasini ta’riflang.

  2. Dispersiyaning qanday turlarini bilasiz? Ularni ta’riflang.

  3. Modalararo dispersiyani ta’riflang.

  4. Xromatik dispersiyani ta’riflang.

  5. Qutblangan moda dispersiyasini ta’riflang.

  6. Dispersiyani kamaytirish maqsadida qaysi usullardan foydalaniladi?

  7. Tolali optik kabellar vazifasi, tuzilishi va tayyorlangan materialiga bog‘liq ravishda qanday turlarga bo‘linadi?

Download 147,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish