11.2.Mikrokontroller asosida o‘rnatilgan tizimni loyihalash
Mikrokontroller asosidagi umumlashtirilgan o‘rnatilgan tizim quyidagi asosiy komponentlarni o‘z tarkibiga oladi (11.1-chizma):
boshqarish ob’ekti, bajaruvchi qurilmani, ob’ektning o‘zi yoki jarayonni va boshqarish ob’ekti haqidagi axborotni havola qiluvchi datchiklar tizimini o‘z takibiga oladi;
boshqarishni mikrokontrollerli tizimi, ob’ektni boshqarish jarayon masalasini yechish algoritmiga mos ravishda va nazorat qilinayotgan kattaliklarni datchikdan olingan axborotlar asosida ob’ektni bajarish qurilmasiga ta’sir etish yo‘li bilan amalga oshiruvchi;
boshqarish ob’ekti bilan ulanish qurilmasi (BOUQ), mikrokontroller tizimi bilan boshqarish obektini boshqarish va axborot signallarini moslash vazifasini ta’minlovchi.
Zarur bo‘lganda qurilmalar tarkibiga monitorlar, boshqarish klavishlarini kiritish mumkun, ular boshqarish jarayon ko‘rsatgichlarini nazorat qilish va unga tuzatishlar kiritish imkonini beradi.
11.1-chizma. Mikrokontroller asosidagi boshqarish tizimi
Loyihalash – tadbirlar to‘plami, berilgan talablarga javob beruvchi texnik yechimlarni qidirish, ularni optimallashtirish va konstruktorlik hujjatlar to‘plami ko‘rinishida va texnik topshiriq talablariga mosligini tekshirish uchun qator sinovlar o‘tqazish uchun sinov nusxasini amalga oshirish.
Har qanday maxsulotni ishlab chiqish jarayoni uchta asosiy bosqichdan tashkil topadi:
ilmiy-tadqiqot ishlar bosqichi (ITI);
tajriba-konstruqtorlik ishlari (TKI);
ishlab chiqarish bosqichi.
Ilmiy-tadqiqot ishlar bosqichi (ITI).
Ilmiy-tadqiqot ishlar bosqichi tizimni loyihalashtirish maqsadga muvofiqligi va umuman maxsulotni yaratish mumkunliginini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Bosqichni tamom bo‘lishi bilan yoki tajriba-konstruqtorlik ishlarini (TKI) bajarish uchun texnik topshiriqqa (TT) dastlabki ma’lumotlarni to‘plash amalga oshiriladi, yoki bu shini bajarib bo‘lmasligini yoki maqsadga muvofiq emasligini asoslab beriladi. Baholashning asosiy ko‘rsatgichlari quydagilardan iborat: kutiladigan foyda miqdori, ishlab chiqarishdagi tavakkalchilik (risk) darajasi, maxsulotning hayot davrining davomiyligi, zarur bo‘lgan ish kuchi va xom ashyo resurslariga ega bo‘lishlik, raqobatga bardosh bera oladigan ishlab chiqarish imkoniyati.
Texnik topshiriq (TT) loyihaning asosiy hujjatlaridandir. TT maxsulotni asosiy belgilangan vazifasini, texnik ko‘rsatgichlarini, mahsulotni loyihalashtirish tartibini va muddatini, sifat ko‘rsatgichlarini va texnik-iqtisod talablarini, tizimga qo‘yiladigan talablarni bayon qiladi. Joriy etishning butun davrida TT turli baxslarni hal qilishda va loyiha ishlarini keyingi bosqichiga o‘tishida “yo‘l harita” vazifasini bajaradi. Ilmiy-tadqiqot ishlar bosqichiga ham TT yaratiladi.
Ilmiy-tadqiqot ishlar bosqichida bajariladigan ishlar:
1.Ilmiy – texnik axborotni yeg‘ish va o‘rganish, qo‘yilgan masalani mumkun bo‘lgan yechish yo‘nalishini shakillantirish va ularni qiyosiy baholash.
2.Masalani yechim yo‘lini asoslangan holda tanlash, nazariy tadqiqotlarni olib borish, ob’ektni boshqarish algoritm va modellarini qurish.
3.Tizim arxitekturasini yaratish, tajriba nusxalarini va sinov vositalarini tayyorlash, tajriba tadqiqotlarini o‘tqazish, natijalarga ishlov berish.
4.Arxitekturaga tuzatishlar kiritish, texnik-iqtisodiy tadqiqotlar o‘tqazish, yangi maxsulotning kutilayotgan ko‘rsatgichlarini aniqlash, iqtisodiy samaradorligini baholash.
5.Tajriba-konstruqtorlik ishlari (TKI) doirasida keyingi tadqiqotlar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Katta TKI loyihalarga alohida TT yoziladi.
Ilmiy-tadqiqot ishlar bosqichi tadqiqotlarni yaxshi natija bilan tugatilgach tajriba-konstruqtorlik ishlari (TKI) olib boriladi. TKI ning asosiy masalasi – maxsulotni seriyali ishlab chiqarish uchun konstruktorlik hujjatlar to‘plamini yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |