Tanavorni mexanik usulda shakllantirish
Oyoq kiyimining yuqori qismini (tanavor) shakllantirish jarayoni quyidagi operatsiyalar guruhlaridan iborat: tayyorgarlik, shakllantirish va shaklni mustahkamlash. Tanavorni shakllantirish qolipga kiygazish va qolipga tortish operatsiyalarini o'z ichiga oladi.
Ko'plab mamlakatlar poyabzal tanavorni qolipga kiygazish va qolipga tortish operatsiyalarini bajaruvchi uskunalar ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi. Bugungi kunga kelib, har xil turdagi poyafzallarning tanavor qismini shakllantirish jarayonini amalga oshirishga imkon beruvchi mashinalar, agregatlar va yarim avtomatik mashinalar mavjud. Asbob-uskunalarning ijro etuvchi organlari tanavor qismlari materialiga turli harakatlar va kuch ishlatish bilan ta`sir etishi zaminida hosil bo’luvchi deformatsiyaning tarqalishi kattaligi, shakli va tabiati turli xil bo’ladi, ularni poyabzalning tanavor qismi detallarini loyihalashda e'tiborga olinishi kerak.
Oyoq kiyimlarining yuqori qismini mahkamlash. Operatsiya tanavor qismini va poyabzal qolipi bilan ichki asosiy patakka uchta joyida mix bilan biriktirishdan iborat. Tortuvchi mashina qisqichlari tanavor materialini bo’ylama va ko’ndalang yo'nalishda tortish operatsiyalarini amalga oshiradi (4.6-rasm).
4.6-rasm. Tortuvchi mashina qisqichlari va tanavor materialini bo’ylama va ko’ndalang yo'nalishda tortilish deformatsiyalari
Poyabzal yuqori qismini mahkamlash ОМ-4М, ОМ-5, ОМ-6 gorizontal turdagi tortish mashinalarida amalga oshiriladi. Tanavor kiygazilgan qolipni pastki tayanchga 3 o'rnatiladi (4.6-rasm, a). Mashinaning birinchi va ikkinchi yoqilishida, yuqori qismning materiali ketma-ket o’rta 4, so'ngra o'rta va chap 2 qisqichlar bilan tortiladi. Uchinchi bor yoqilganda, qisqichlar bukiluvchi bahiyani qolip chetiga egadi, so’ngra tumshuq qismining bosqichi 5 qolipning pastki tayanchiga 3 bosadi, shundan so'ng ustki qism qolip pastki sirtiga beshta mix bolg'achalar yordamida qoqish orqali biriktiriladi 1.
Shakl berish jarayonini camarali va sifanli amalga oshirishda, ya`ni tanavorga zarur shaklni berishda materialning cho’ziluvchanlik xususiyati muxim rol o’ynaydi. Tanavorning bo’ylama nisbiy cho’zilishi ε va mashinaning qisqichlarining cho’zuvchi kuch P o’rtasidagi bog’liqlik quydagicha bo’ladi:
Аз – tanavorning konstruktsiyasiga va ishlatilgan materialning mexanik xususiyatlariga bog’liq bo’lgan cho’zilish koeffitsienti.
Oyoq kiyimining yuqori qismini yakuniy tortish. Bu operatsiya poyabzal tanavori bahiyasuning qolgan qismlarini qolipga qisqichlar bilan tortish va bahiyani toliq perimitri bo’yicha mix, kashak (skoba) yoki yelim bilan qolip ostki sirtidagi patakka biriktirish va yakuniy shakllantirishga tayyorlash uchun amalga oshiriladi. Mashinalarning ijro etuvchi organlari turiga ko'ra, qisqichlar yordamida tortuvchi, metall plastinalar va roliklar bilan ishlov beruvchi mashinalarga ajratiladi. Materialning qolip sirtiga ishqalanishidan kelib chiqqan deformatsiyaning tarqalish maydoni ahamiyatsiz. Shuningdek tanavor materiali faqat tumshuq qismidagina cho’zilishi mumkin. Demak tanavorni qolipga tortishda asosan buklanadigan bahiyagina cho’zilar ekan.
T anavorning tumshuq va to'piq qismlarini eng yaxshi shakllantirish plitalar bilan tortish usuli (4.7-rasm) orqali erishiladi. Materialningning cho’zilishi avvalgi usulga nisbatan kamroq bo’ladi. Bundan tashqari, plitalar yordamida shakllantirish qisqichli shakillantirish usulidan samarali hisoblanadi. Bu usulni amalga oshirish 02097/Р5 va shu singari mashinalarda bajariladi.
4.7-rasm. Plitalar bilan tortish usuli.
4.8-rasm. Tanavorni roliklar yordamida tortish usuli
Bu usulda tanavor bahiysi roliklar yordamida qisib olinadi va qolipga tortiladi. Bu usul Rossiyaning “Vpered” pavodi mahsuloti bo’lgan ZKG-2-O kabi mashinalarda bajariladi. Masinaning ishchi organi – roliklar tsilindrik yoki konussimon shaklda va sirtlari silliq yoki vint chiziqlari ko’rinishidagi bo’rtmalarga ega bo’lishi mumkin.
Nazorat savollari
1Shakl berishda deformatsiyaning tarqalish xarakteri va miqdoriga ta’sir
etuvchi omillar qaysilar?
2Shakl berishda qanaqa uskuna turlarini bilasiz?
3Poyabzal ustki tanovariga shakl berish usullari va klassifikatsiyasi.
4Tanovarga shakl berishni qoplab-tortish usulini tushuntiring
Do'stlaringiz bilan baham: |