Haqiqiy o‘zgarmaslar
. Haqiqiy o‘zgarmaslar – suzuvchi nuqtali son bo‘lib,
u ikki xil formatda berilishi mumkin:
- o‘nlik fiksirlangan nuqtali formatda. Bu ko‘rinishda son nuqta orqali
ajratilgan butun va kasr qismlar ko‘rinishida bo‘ladi. Sonning butun yoki kasr
qismi bo‘lmasligi mumkin, lekin nuqta albatta bo‘lishi kerak. Fiksirlangan nuqtali
o‘zgarmaslarga misollar: 24.56; 13.0; 66.; .87;
- eksponensial shaklda haqiqiy o‘zgarmas 6 qismdan iborat bo‘ladi:
1) butun qismi (o‘nli butun son);
2) o‘nli kasr nuqta belgisi;
3) kasr qismi (o‘nlik ishorasiz o‘zgarmas);
4) eksponenta belgisi ‘e’ yoki ‘E’;
5) o‘n darajasi ko‘rsatkichi (o‘nli butun son);
6) qo‘shimcha belgisi (‘F’ yoki f , ‘L’ yoki ‘l’ ).
Eksponensial shakldagi o‘zgarmas sonlarga misollar:
1e2; 5e+3; .25e4; 31.4e-1 .
Do'stlaringiz bilan baham: |