№11-Laborotoriya mashg’uloti. 4G avlod mobil aloqa tizimlarini tadqiq qilish



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana12.07.2022
Hajmi0,56 Mb.
#782189
1   2   3   4   5
Bog'liq
LkfKMgkP7PKHR3VfpUOCdEaCjk56TJ6Bsqw7K8Sc

LTE radiointerfeysi 
uchta asosiy
 
OFDM ortogonal tashuvchilar orqali 
multiplekslash, MIMO ko„p antennali tizimlar va tarmoqning evolyusion tizim 
arxitekturasi (System Architecture Evolution) texnologiyalariga asoslanadi.
 
Kanallarni dupleks ajratilishi, ham chastota bo„yicha (FDD), ham vaqt 
bo„yicha (TDD) bo„lishi mumkin va bu operatorlarga chastotani tez 
moslashuvchan ishlatilishiga imkon beradi. Bunday echim juftlangan chastotalarga 
ega bo„lmagan kompaniyalarga bozorga yo„lni ochadi. Boshqa tomondan, FDDni 
qo„llash an‟anaviy sotali operatorlar uchun juda qulay, chunki ularda juftlangan 
chastotalar oldindan mavjud, deyarli barcha sotali aloqa tizimlari shunday tashkil 
etilgan. O„z-o„zicha FDD tizimi chastotalar resurslaridan foydalanish bo„yicha ga 
qaraganda sezilarli samarador, unda ustama sarflar (xizmat maydonlari va h.k.) 
kam. 
Bazaviy stansiya (BS) va mobil stansiya (MS) orasidagi almashlash siklli 
qaytariladigan kadrlar (atamashunoslikda LTE – radiokadr) prinsipi bo„yicha 
quriladi. 
Radiokadrning 
davomiyligi 
10 
msni 
tashkil 
etadi. 
LTE 
spetsifikatsiyasidagi barcha vaqt parametrlari Ts = 1/(2048·∆f) minimal vaqt 
kvantiga bog„langan, bu erda ∆f – nimtashuvchilar orasidagi qadam bo„lib, u 
standart 15 kGsga teng. SHunday qilib, radiokadrning davomiyligi 307200Tsga 
teng bo„ladi. Vaqt kvantining o„zi 30,72 MGs takt chastotasiga mos keladi, bu 3G-
tizimlardagi (5 MGs kanal polosasili WCDMA) 3,84MGs qayta ishlash 
chastotasiga karrali (8×3,84 = 30,72) bo„ladi. 
Har bir abonentlar qurilmasiga (AQ) har bir slotda chastota-vaqt sohasidagi 
ma‟lum kanallar resurslari dipazoni – resurslar to„ri (11.1-rasm) tayinlanadi. 
Resurs elementi deyiladigan resurs to„rich yacheykasi chastotalar sohasidagi 
bitta nimtashuvchiga va vaqt sohasidagi bitta OFDM-simvolga mos keladi. Resurs 
elementlari resurslar bloki-kanaldagi minimal axborot birligini hosil qiladi. 
Resurslar bloki slotning umumiy davomiyligi 0,5 msni tashkil etishi uchun siklli 
prefiksga bog„liq ravishda 12 ta nimtashuvchilar (ya‟ni 180 kGs) va 7 ta yoki 6 ta 
OFDM-simvollarni egallaydi. 
Resurslar to„ridagi NRB resurslar bloklari soni kanalning polosasikengligiga 
bog„liq va 6 dan 110tagachani (LTEda pastga/yuqoriga kanallar chastotalar 
polosalarining kengligi 1,4 dan 20 MGsni tashkil etadi) tashkil etadi. Resurslar 
bloki bu bazaviy stansiyaning rejalashtirgichi tomonidan abonentlar qurilmasiga 
ajratiladigan minimal resurslar elementi hisoblanadi. Har bir slotdagi resurslarning 
taqsimlanishi haqida bazaviy stansiya maxsus boshqarish kanalida xabar qiladi. 


11.1-rasm. Nimtashuvchilar qadami Δf = 15 kGs bo„lganida LTE resurslar to„ri 
Prefiksning 4,7 mks davomiyligi to„g„ri tarqalgan signalga nisbatan 1,4 kmga 
ortiq yo„lni bosib o„tgan qaytgan signalning kechikishi bilan kurashishga imkon 
beradi. SHahar sharoitlaridagi sotali aloqa tizimlari uchun bu odatda etarli bo„ladi. 
Agar etarli bo„lmasa, 120 km radiusli yacheykalardagi simvollararo 
interferensiyani so„ndirilishini ta‟minlaydigan kengaytirilgan prefiks ishlatiladi. 
Bunday juda katta yacheykalar mobil TV-uzatish kabi keng uzatishli servislar 
(MBMS) uchun foydali bo„ladi. Burejimlar uchun (faqat pastga kanalga) 
tashuvchilar orasidagi 7,5 kGs qadamli va 33,4 mks siklli prefiksli alohida slot 
tuzilmasi ko„zda tutilgan. Slotda bunda faqat uchta OFDM-simvol bo„ladi. Keng 
uzatishli servisning alohida holini MBSFN (multimediynыy shirokoveщatelnыy 
servis dlya odnochastotnoy seti) rejimi beradi. bu rejimda ma‟lum MBSFN-


zonadagi bir necha BSlar bir vaqtda va sinxron umumiy keng uzatish signalini 
translyasiyalaydi. 
Har bir nimtashuvchi
4-, 16- va 64 - pozitsiyali kvadraturali fazaviy-
amlitudaviy 
modulyasiyalash 
(QPSK, 
16-QAM 
yoki 
64-QAM) 
orqali 
modulyasiyalanadi. Mos ravishda bitta
nimtashuvchigabitta simvol 2, 4 va 6 
bitni tashkil etadi. Standart prefiksda simvolli tezlik 14000 simvollar/sekundni 
tashkil etadi, bu FDD-dupleksdagi nimtashuvchiga 28 dan 84 kbit/sgacha agregatli 
tezlikka mos keladi. 20 MGs polosali signal 100 ta resurslar bloklari yoki 1200 ta 
nimtashuvchilarga ega bo„ladi, bu kanaldagi 33,6 dan 100,8 Mbit/sgacha umumiy 
agregatli tezlikni beradi. 
LTE spetsifikatsiyasida BS va AS orasidagi (E-UTRA tarmoqlarida) 
yuqoriga va pastga kanallarning kengligi uchun bir necha qayd etilgan qiymatlar 
aniqlanadi 
(11.1-jadval). 
Binobarin, 
OFDMda 
Fure 
tez 
o„zgartirishi 
ishlatiladi,signalning raqamli qayta ishlash protsedurasini soddalashtirish uchun 
rasman tashuvchilar soni N = 2n ga karrali (ya‟ni 128, 256, ..., 2048) bo„lishi 
kerak. Bunda tanlanmalar chastotasi Fs = ∆f · N ni tashkil etishi kerak. Standartda 
berilgan qiymatlarda u WCDMA texnologiyasidagi tanlanmalar standart chastotasi 
3,84MGsga karrali bo„lib qoladi. Bu ham WCDMA, ham LTEni qo„llaydigan ko„p 
modali qurilmalarni yaratish uchun qulay bo„ladi. 
11.1-jadval.
BS va AS orasidagi uzatish kanalining parametrlari 
Kanalning kengligi, 
MGs 
1,4 


10 
15 
20 
Resurslar bloklari soni 

15 
25 
50 
75 
100 
Nimtashuvchilar soni 
72 
180 
300 
600 
900 
1200 
FTO„ uchun nominal 
tashuvchilar soni 
128 
256 
512 
1024 
1536 
2048 
FTO„ uchun takt 
chastotasi, MGs 
1,92 
3,84 
7,68 
15,38 
23,04 
30,72 
“Ortiqcha” nimtashuvchilar amplitudalarini shakllantirishda (shu jumladan 
kanalning markaziy nimtashuvchisi) nolgateng hisoblanadi. 

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish