84 250C haroratda HCl, NaCl va CH3COONa larning cheksiz suyultirilgan eritmalari ekvivalent elektr o‘tkazuvchanliklari mos ravishda 425,0; 128,1 va 91,0 sm.sm2.mol-1 ga teng bo‘lsa, CH3COOH ning cheksiz suyultirilgan eritmasi ekvivalent elektr o‘tkazuvchanligini hisoblang Yechish:
51 Elektroliz jarayonining xalq xo‘jaligiga qo‘llanilishiga misollar keltiring
Elektroliz hodisasi texnikada va sanoatda keng qo’llaniladi. Bu usul bilan toza moddalar:
temir, marganets, xrom, mis, rux, xlor, ftor va boshqa moddalar ajratib olinadi. Masalan toza misni mis sulfat eritmasidan (mis kuporosidan) ajratib olishdan oldin dissotsiyatsiya ro’y beradi:
So’ngra esa mis kationlari elektr maydoni ta’sirida katodga tomon harakat qiladi va unda
neytrallashib mis atomini hosil qiladi.Metalldan yasalgan detallar va asboblarni zanglamaydigan qoplama bilan qoplash usuli
galvanotexnika ham sanoatda keng qo’llaniladi.Tez oksidlanadigan metallardan yasalagn narsalarning sirti qiyin oksidlanadigan: nikel, kumush, rux va boshqalar balan qoplanadi.
Nikellangan buyumlar: samovar, choynik, pichok, qoshiq, sanchqilar shu usul bilan hosil
qilinadi.
|
85.Ammoniy gidroksidning dissotsiyalanish darajasi 0,01 ga, dissotsiyalanish konstantasi 1,79∙10-5mol/l ga teng bo‘lsa, ekvivalent elektr o‘tkazuvchanligi aniqlang.
Yechish: α=£/£∞ NH4OH=NH4++OH-=73.55+198.3=271.85 £=271.85*0.01=2.7185
|
52 Korrozion jarayonlar klassifikatsiyasini ta’kidlab bering
Korroziya (lot. corrigere — oʻymoq, yemirmoq) — 1) jinslar (metallar, beton, tosh, yogʻoch, baʼzi plastmassalar va boshqalar)ning tashqi muhit bilan biologik, kimyoviy yoki elektr-kimyoviy taʼsirlashuvi oqibatida yemirilishi. Temir va temir qotishmalari K.si zanglash deb ham ataladi (yana q. Metallar korroziyasi). Ximoya qoplamlari (mas, lok-boʻyoq materiallar) qoplash, muhitga ingibatorlar (mas, xromatlar, nitritlar, arsenitlar) kiritish, korroziyabardosh materiallar ishlatish yoʻli bilan K.ning oldini olish mumkin; 2) tibbiyotda — oʻyuvchi moddalar taʼsirida toʻqimalarning yemirilishi; 3) geologiyada — kimyoviy yoki mexaniq jarayonlar taʼsirida togʻ jinslarining yemirilishi, kanallar, oʻralar, gʻorlar va boshqa hosil boʻlishi. Kimyoviy K.da suvning kimyoviy taʼsirida jinslar sirti eriydi va yeyiladi (oʻyiladi), mexanik K.da esa jinslarning sirti yediriladi. Metallar korroziyasi - metallarning atrofidagi muxit bilan kimyoviy yoki elektrokimyoviy taʼsirlashuvi oqibatida yemirilishi. Asosan 3 bosqichdan iborat: reaksiyaga kirishuvchi moddalarning fazalar chegarasiga — reaksiya zonasiga kelishi; reaksiya; reaksiya mahsulotining reaksiya zonasidan chetlashishi. Bu bosqichlarning har biri, oʻz navbatida, elementar bosqichlardan iborat. Metallar korroziyasi kimyoviy va elektrokimyoviy xillarga boʻlinadi. Kimyoviy Metallar korroziyasi metallarning oksidlanishi va oksidlovchi komponentning qaytarilishidan iborat. Bunday korroziya elektr oʻtkazmaydigan agressiv mu-hitda sodir boʻladi. Elektrokimyoviy Metallar korroziyasi metallarning elektr toki utkazadigan suyuq muhitda — elektrolitlar eritmasida yemirilishi. Bunda metall zarralari elektrolit eritmasida eritmaga oʻtadi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |