11. Fаrg’оnа vоqeаlаri. 1989 yil o’rtаlаridа respublikа ijtimоiy-siyosiy hаyotidаgi o’zgаrishlаr


— 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi



Download 56,08 Kb.
bet14/14
Sana13.07.2022
Hajmi56,08 Kb.
#785256
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
11-120

2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Harakatlar strategiyasi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;
qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;
iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;
ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;
xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.

118.2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining dаvlаt vа jаmiyat qurilishi tizimini tаkоmillаshtirishning ustuvоr yo’nаlishlаr.


davlat boshqaruvi organlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmasida qonun ijodkorligi faoliyati va qonunlar ijrosini ta’minlash sohasida Oliy Majlis palatalari bilan o‘zaro hamkorlik uchun mas’ul bo‘lgan rahbar o‘rinbosarini (amaldagi shtat birliklari doirasida) belgilash;
ushbu rahbar o‘rinbosari Parlament palatalari bilan o‘zaro hamkorligining mexanizmlari nazarda tutiladi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari kotibiyatlari xodimlari malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish;
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari raislari tavsiyasiga asosan kotibiyat xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida o‘quv kurslari tashkil qilish nazarda tutiladi. forumni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal qilish;
ommaviy axborot vositalarining faoliyati uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratish;
barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan islohotlarni keng jamoatchilikka namoyish etish nazarda tutiladi.

119.O’zbekistоnning Evrоpа Ittifоqi mаmlаkаtlаri bilаn istiqbоlli hаmkоrliklаri.


Bundan roppa-rosa 25 yil avval – 1994 yil 16 noyabrda O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi o‘rtasida diplomatik aloqa o‘rnatilgan edi. O‘tgan chorak asr mobaynida Toshkent va Bryussel robitalarida tarixiy ahamiyatga molik ko‘plab hodisalar ro‘y berdi. E’tiboringizga 25 yillik hamkorlikka oid 25 fakt havola etilmoqda.
1. 1996 yil iyun. Florensiya shahrida YeI va O‘zbekiston o‘rtasida sheriklik va hamkorlik kelishuvi imzolandi. 1999 yil 1 iyuldan kuchga kirgan mazkur kelishuv siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy aloqalar, sarmoya, intellektual mulkni himoya qilish, qonunchilik hamda inson huquqlari bo‘yicha hamkorlik, madaniy-gumanitar robitalar kabi jabhalarni qamrab oladi.
2. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, mamlakat mustaqillikning ilk yillaridan boshlab Yevropa bilan hamkorlikni o‘z tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan.
3.«Erasmus+» – YeIning ta’lim bo‘yicha 2014-2020 yillarga mo‘ljallangan yirik dasturidir. Mazkur dastur 1994 hamda 2007 yildan amalga tatbiq etilgan «Tempus» va «Erasmus Mundus» loyihalarining mantiqiy davomi sanaladi. «Erasmus+» dasturining 2014-2020 yillardagi umumjahon budjeti 14,7 milliard yevroni tashkil etadi.
Toshkentda ham Erasmus+ milliy idorasi faoliyat yuritmoqda. Ushbu dastur doirasida yurtimizdagi talaba, doktorant, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchi-xodimlariga «ko‘hna qit’a» universitetlarida qisqa malaka oshirish yoki to‘liq ta’lim imkoni taqdim etiladi.
4. 2007 yildan buyon Toshkent hamda Bryusselda inson huquqlari bo‘yicha, shuningdek, adliya va ichki ishlar bo‘yicha yillik muloqotlar o‘tkaziladi.
5. 2011 yil 24 yanvar. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Bryusselga safar qildi. Tashrif doirasida Yevropa komissiyasi raisi Joze Manuel Barrozu va boshqa rasmiylar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Qayd etilishicha, mazkur tashrif YeIning O‘zbekiston bilan turli sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni teng huquqlilik va sheriklik asosida kengaytirishga bo‘lgan qiziqishini namoyon etdi.
6. YeI O‘zbekistonda xususiy sektor, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish maqsadida menejment tahsil dasturini amalga tatbiq etib kelmoqda. Mazkur dastur doirasida ko‘p sonli biznes boshqarvchilari YeI davlatlarida zamonaviy menejment sirlarini o‘rganib qaytdi.
7. Yevropa komissiyasining texnikaviy ko‘magida biznes va turizmni rivojlantirish, transport logistikasi, chegaralarni boshqarish, narkotik vositalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, xavfsizlik va boshqa sohalarda 35 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
8. Bryussel O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasiga yirik grant mablag‘lari taqdim etib keladi. Xususan, 2014-2020 yillarda ikki tomonlama hamkorlik doirasida qishloqlarni rivojlantirish, fermerlar va qishloq aholisi daromadni ko‘paytirish, sektorning raqobatbardoshligi va mahsuldorligini oshirish maqsadida 168 million yevro ajratilgan.

9. O‘zbekiston bilan YeI o‘rtasidagi sheriklik va hamkorlik kelishuvi doirasida parlament hamkorligi qo‘mitasi hamda kichik qo‘mitalarni o‘z ichiga olgan 6 ta hamkorlik tashkiloti faoliyat yuritmoqda.


10. 2017 yilda O‘zbekistondan YeI mamlakatlariga asosan kimyoviy moddalar (53 foiz), sanoat mollari (27 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari (10 foiz) va boshqa tovarlar eksport qilingan.

120.Mаrkаziy Оsiyodа хаvfsizlik mаsаlаlаri, terrоrizm, giyohvаndlik vа оdаm sаvdоsigа qаrshi kurаshdа O’zbekistоn Respublikаsining fаоlligi.


O‘zbekiston 1992-yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustahkamlash, inson 
huquqlarini himoya qilish bo‘yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli 
xalqaro tashkilot Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga (YXHT) a’zo 
bo‘lib kirdi. I. Karimovning 1992-yil 9-10-iyulda bo‘lib o‘tgan Yevropada 
Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining majlisida ishtirok etishi, nutq so‘zlashi va 

uning 10-iyulda bo‘lgan majlisiga raislik qilishi O‘zbekistonning jahon 


hamjamiyatiga muvaffaqiyatli kirib borayotganligini ko‘rsatadi. 
O‘zbekistonning xalqaro miqyosda tinchliksevar siyosat o‘tkazishi uchun keng 
imkoniyatlar vujudga keldi. 1993-yil sentabrda bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining 48-sessiyasida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I. Karimovning 
ishtiroki va unda qilgan ma’ruzasi O‘zbekistonni jahonga ko‘hna va navqiron 
davlat sifatida tanitdi. 
O‘zbekiston jahondagi 105 mamlakatni birlashtiruvchi qo‘shilmaslik harakatiga 
qabul qilindi. Bo‘lg‘usi jahon Parlamentining timsoli bo‘lmish Parlamentlararo 
Ittifoqqa kirdi. 
Mamlakatimiz Parlamentlararo Ittifoqning 93- va 94-konfe-rensiyalarida 
hamda YXHT Parlament Assambleyasining har yili o‘tkaziladigan sessiyasida 
muntazam qatnashmoqda. Oliy Majlis Raisi YXHT Parlament Assambleyasining 
Vitse-prezidenti etib saylandi. Ana shu va boshqa xalqaro anjumanlarda 
O‘zbekiston vakillari ma’ruza va axborotlar bilan chiqdilar, qator takliflarni 
o‘rtaga tashladilar. SHu tariqa respublika Parlamenti a’zolarining ovozi xalqaro 
maydonda baralla yangramoqda. Davlatimizning obro‘-e’tibori mustahkamlanib, 
xalqaro miqyosda tobora ko‘proq e’tirof etilmoqda
Download 56,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish