b) majburiyatlarni «Davr» kompaniyasi tomonidan to‘langanda:
Balans moddalari
«Feruz» kompaniyasi (ming so‘m)
«Davr» kompaniyasi (ming so‘m)
«Feruz» kompaniyasining birlashuv balansi (ming so‘m)
Aktiv
Uzoq muddatli aktivlar
9 000
2 900
+2 900
11 900
Pul mablag‘lari
8 500 (-5 500)
200
+200
3 200
TMZ
1 000
1050
+1050
2050
Boshqa joriy aktivlar
550
800
+800
1 350
Gudvil
5500-4950
550
Balans aktivi bo‘yicha jami
19050
4 950
19050
Passiv
Ustav kapitali
11 600
2 600
-2 600
11 600
Taqsimlanmagan foyda
1 800
1 200
-1 200
1 800
Joriy majburiyatlar
2 500
850
-850
2 500
Uzoq muddatli majburiyatlar
3150
300
-300
3150
Balans passivi bo‘yicha jami
19050
4 950
19050
Misol 1. Kompaniya o’zining mustaqil balansga ajratilgan bo’linmasiga patentini sotdi:
- boshlang’ich bahosi - 500000
- eskirish summasi - 180000
- qoldiq qiymati - 320000
- QQS - ----
- Kelishilgan baho - 440000 s.
Talab qilinadi:
QQS summasi aniqlansin.
Ushbu muomalalar tegishli schyotlarda qayd qilinsin.
Muomala bo’yicha moliyaviy natija aniqlansin.
Misol 2. Kompaniya o’ziga tegishli kompyuter dasturini boshqa firmaga sotdi:
- boshlang’ich qiymati - 350000
- qoplanmagan QQS - 40000
- eskirish summasi - 60000
- QQS - ----
- Shartnoma bahosi - 360000 s.
Talab qilinadi:
1. QQS summasi aniqlansin.
2. Ushbu muomalalar tegishli schyotlarda qayd qilinsin.
3. Muomala bo’yicha moliyaviy natija aniqlansin.
Misol 3. “Maxmud” kompanisi yangi turdagi televizorlarni tayyorladi. Bu kompaniya televizorlarni ishlab chiqarish va sotish bilan shug’ullanadi. Kompaniya buxgalterlarining hisobiga qaraganda ushbu mahsulotga sarflangan mehnat haqi xom-ashyo va materiallar, sinab ko’rish va boshqa xarajatlar 1200000 so’mni tashkil qilgan. Ushbu sarflarni buxgalteriya hisobi schyotlarida qanday qayd qilish lozim?
Keyslar to’plami 1-guruh uchun: Tuzilgan kontraktga muvofiq asosiy vosita sotib olindi.
- Kontrakt bahosi – 5 000 000 so’m
- Olib kelish sarfi - 140 000 so’m
- O’rnatish sarfi – 80 000 so’m
- Sinab ko’rish sarfi – 40 000 so’m
Talab qilinadi: Asosiy vosita balans qiymati aniqlansin.
Qabul qilish dalolatnomasi tuzilsin.
Harajatlar tegishli schyotlarda qayd qilinsin.
Obekt asosiy vositalarga qabul qilinsin.
2-guruh uchun: Foydalanilayotgan asosiy vosita boshqa subektdan sotib olindi:
- Balans qiymati – 6 000 000 so’m
- Eskirish summasi – 2 400 000 so’m
- Shartnoma bahosi – 4 100 000 so’m
Talab qilinadi: Ushbu summalarni tegishli schyotlarda qayd qiling.
Subekt bilan hisoblashishni amalga oshiring.
Muomalaning moliyaviy natijasini aniqlang.
Obektni asosiy vositaga qabul qiling.
3-guruh uchun: Yuk avtotransporti uchun quyidagi sarflar amalga oshirildi. Balans qiymati – 8 500 000 so’m.:
- Gaz yoqilg’i apparati o’rnatildi.
- Maxsus mashinadan yuk mashinasiga aylantirildi.
- Dvigateli kapital ta’mirlandi.
- Uzatish korobkasi ta’mirlandi.
Talab qilinadi: Harajatlarni tegishli schyotlarda qayd qiling.
Kapitallashtiriladigan va kapitallashtirilmaydigan harajatlarga ajrating.
Ushbu harajatlarni tegishli schyotlarga o’tkazing.
Avtomashinani ta’mirlagandan keyin dalolatnoma bilan qabul qilib oling.