11-Amaliy mashgulot uchun topshiriqlar.
I-Topshiriq
Topshiriqlar
1.
Satr berilgan. Satrdagi raqamlar sonini aniqlovchi dastur tuzilsin.
2.
Satr berilgan. Satrdagi katta lotin harflari sonini aniqlovchi dastur tuzilsin.
3.
Satr berilgan. Satrdagi kichik lotin va kirill harflarining umumiy sonini aniqlovchi
dastur tuzilsin.
4.
Satr berilgan. Satrdagi xamma katta lotin harflari kichigiga
almashtiruvchi dastur
tuzilsin.
5.
Satr berilgan. Satrdagi xamma katta harflarini kichigiga almashtiruvchi dastur
tuzilsin. (lotinchani ham, kirillchani ham)
6.
Satr berilgan. Satrdagi xamma
katta harflarini kichigiga, kichiklarini kattasiga
almashtiruvchi dastur tuzilsin. (lotinchani ham, kirillchani ham)
7.
Satr berilgan. Agar satrda butun son ifodalangan bo’lsa 1 chiqarilsin, agar haqiqiy
son bo’lsa 2 chiqarilsin. Agar satrni so`nga aylantirish imkoni bo’lmasa 0
chiqarilsin. Haqiqiy sonning kasr qismi nuqta “.” Bilan ajratilgan deb qabul qilinsin.
8.
Butun musbat son berilgan. Uning belgilarini (raqamlarini) chapdan o’ngga qarab
chiqaruvchi dastur tuzilsin.
9.
Butun musbat son berilgan. Uning belgilarini (raqamlarini) o`ngdan chapga qarab
chiqaruvchi dastur tuzilsin.
10.
Butun musbat sonni ifodalovchi satr berilgan. Shu son raqamlari yig’indisini
chiqaruvchi dastur tuzilsin.
11.
“son ± son ± … ± son” ko’rinishidagi arifmetik ifodani bildiruvchi satr berilgan.
“±” belgisi o’rnida yo “+” yoki “-” bo’ladi. (Masalan: 7 + 3 – 2) Ifodaning qiymatini
aniqlovchi dastur tuzilsin. (son o’rnida butun son kiritiladi)
12.
Butun musbat sonni ifodalovchi ikkilik sanoq sistemasidagi son satrda berilgan. Bu
sonning o’nlik sanoq sistemasidagi qiymatin o’zida saqlovchi
satrni chiqaruvchi
dastur tuzilsin.
13.
Butun musbat sonni ifodalovchi o’nlik sanoq sistemasidagi son satrda berilgan. Bu
sonning ikkilik sanoq sistemasidagi qiymatin o’zida saqlovchi satrni chiqaruvchi
dastur tuzilsin.
14.
N natural soni va satr berilgan. Uzunligi N ga teng bo’lgan satrni shunday
hosil
qilingki, agar kiritilgan satrning uzunligi N dan katta bo’lsa, satrning dastlabki
belgilarini tashlab yuboring. Agar kiritilgan satrning uzunligi N dan kichik bo’lsa,
yangi satr boshiga nuqtalarni “.” qo’shing.
15.
N1, N2 natural sonlari va s1, s2 satr berilgan. s1 satrning dastlabki N1 ta belgisidan
va s2 satrning oxirgi N2 ta belgisidan iborat yangi satr hosil qiling.
16.
C belgisi va S satri berilgan. S satrida uchragan har bir C belgisini 2 marta orttiruvchi
dastur tuzilsin.
17.
C belgisi va S1, S2 satrlari berilgan. S1 satriga shu
satrda uchragan har bir C
belgisidan oldin S2 satrini qo’shuvchi dastur tuzilsin.
18.
C belgisi va S1, S2 satrlari berilgan. S1 satriga shu satrda uchragan har bir C
belgisidan keyin S2 satrini qo’shuvchi dastur tuzilsin.
19.
S1 va S2 satrlari berilgan. Agar S2 satri S1 satrida bor bo’lsa true, aks xolda false
chiqaruvchi dastur tuzilsin.
20.
S1 va S2 satrlari berilgan. S2 satrini S1 satrida takrorlanishlar
sonini chiqaruvchi
dastur tuzilsin.
21.
S1 va S2 satrlari berilgan. S1 satrida birinchi uchragan S2 satrini o’chirib tashlovchi
dastur tuzilsin. Agar S1 satrida S2 satri uchramasa S1 satri o’zgarishsiz qoldirilsin.
22.
S1 va S2 satrlari berilgan. S1 satrida oxirgi uchragan S2 satrini o’chirib tashlovchi
dastur tuzilsin. Agar S1 satrida S2 satri uchramasa S1 satri o’zgarishsiz qoldirilsin.
23.
S1 va S2 satrlari berilgan. S1 satrida uchragan barcha S2 satrlarini o’chirib
tashlovchi dastur tuzilsin. Agar S1 satrida S2 satri uchramasa S1 satri o’zgarishsiz
qoldirilsin.
24.
S1, S2 va S3 satrlari berilgan. S1 satrida birinchi uchragan S2 satrini S3
satriga
o’zgartiruvchi dastur tuzilsin.
25.
S1, S2 va S3 satrlari berilgan. S1 satrida oxirgi uchragan S2 satrini S3 satriga
o’zgartiruvchi dastur tuzilsin.
26.
S1, S2 va S3 satrlari berilgan. S1 satridagi barcha S2 satrini S3 satriga o’zgartiruvchi
dastur tuzilsin.
27.
Kamida bitta probeldan iborat satr berilgan. Satridagi birinchi va ikkinchi probel
orasidagi belgilarni chiqaruvchi dastur tuzilsin. Agar satr faqat bitta probeldan iborat
bo’lsa, bo’sh satr chiqarilsin.
28.
Kamida bitta probeldan iborat satr berilgan. Satridagi
birinchi va oxirgi probel
orasidagi belgilarni chiqaruvchi dastur tuzilsin. Agar satr faqat bitta probeldan iborat
bo’lsa, bo’sh satr chiqarilsin.
29.
Probel bilan ajratilgan o’zbekcha so’zlardan iborat satr berilgan. Satrdagi so’zlar
sonini aniqlovchi dastur tuzilsin.
30.
Probel bilan ajratilgan va faqat katta harflar bilan terilgan o’zbekcha so’zlardan
iborat satr berilgan. Satrdagi bir xil harflar bilan boshlanuvchi va tugovchi so’zlar
sonini aniqlovchi dastur tuzilsin.