11-amaliy mashg’ulot Texnologik hujjatlarni metrologik ekspertizasining mazmuni. Ishning maqsadi


Texnologik hujjatlarni tekshirish turlari



Download 17,41 Kb.
bet2/2
Sana08.02.2022
Hajmi17,41 Kb.
#435534
1   2
Bog'liq
11-amaliy

Texnologik hujjatlarni tekshirish turlari
Jadval




Hujjat turi

Nima tekshiriladi

1.

Buyumni loyihalash tirishga texnik topshiriq, xomaki va texnik loyiha hujjatlari



a) Buyum sifatini ta'minlash maqsadida o‘lchanadigan parametrlar nomenklaturasining maqbulligi;
b) Gabarit, o‘rnatish, qo‘yilish o‘lchamlari va buyumning boshqa chiqish parametrlari mavjudligi;
d) Seriali ravishda ishlab chiqariladigan va standartlashtirilmagan o‘lchov vositalari yordamida buyumning chiqish parametrlarini nazorat qilish imkoniyatlari;
e) Tayyorlash, sinovdan o‘tkazish, foydalanish va ta'mirlash jarayonida buyum konstruksiyasi yordamida zarur parametrlarni nazorat qilishni ta'minlash imkoniyati; O‘lchash vositalari va o‘lchashlarni bajarish uslublariga nisbatan talablarning to‘g‘riligi va to‘laligi.

2.

Buyumga texnik shartlar

a) Gabarit, o‘rnatish, qo‘shilish o‘lchamlari va ulardagi chetlashishning buyumga (sxemalarga) loyihalashtirishga texnik topshiriq tomonidan qo‘yiladigan talablarga muvofiqligi;
b)Buyumning ishlashi, sozlash (rostlash) ni nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan uslublar, o‘lchash vositalari va texnologik asbob- uskunalar (stendlar, asboblar, moslamalar, jihozlar) tanlashning to‘g‘riligi;
d) Sanoatda ishlab chiqarilgan va qo‘llanilishiga ruxsat berilganlar qatorida bo‘lgan, tavsiya qilingan o‘lchov vositalarining mavjudligi;
e) Mahsulot xarakteriga bog‘liq ravishda nazorat turlari va hajmining (masalan, oddiy, qabul qilish-topshirish, davriy sinovlar ishlab chiqarishning “uchar” nazorati, nazorat yig‘ishlari va ajratishlari) har bir nazorat kotegoriyasi bo‘yicha ular o‘tkazilishining muddatlari (davriyligi)ning, nazorat qilinuvchi parametrlar sifat ko‘rsatkichlari, bu parametrlar nazorat qilinadigan ketma-ketlikni o‘rnatishning to‘g‘riligi; Buyumni nazoratga tayyorlash bo‘yicha talablar belgilanishining to‘g‘riligi. Bu bo‘yicha ko‘rsatmalarga muvofiq o‘lchash va nazorat bo‘yicha ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan chizmalarga nisbatan texnik talablarni aniq ifodalash va belgilanishini asoslab berish;
f) Nazoratning ilg‘or vositalari va uslublarini qo‘llash imkoniyati;
g) O‘lchash bazasini tanlashga bog‘liq ravishda o‘lcham qo‘yib chiqishning to‘g‘riligi;
h) Texnologik o‘lchash bazasi bilan konstruktiv o‘lchash bazasining mos kelishini eng yuqori darajada ta'minlash, ya'ni bazalar birligi printsipining bajarilishi;
i) Har bir parametrni nazorat qilish uchun o‘lchash vositalarining kirish imkoniyati.

3.

Sinovlar
o‘tkazish dasturi va uslublari

a) Sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashning talab qilindigan aniqlikda buyum parametrlarining yo‘l qo‘yiladigan og‘ishlari hamda o‘rnatilgan ish rejimlariga bog‘liq ravishda o‘lchash vositalari va uslublarini tanlashning to‘g‘riligi;
b) Nazorat sxemasi qo‘llanilishining to‘g‘riligi;
d) Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng chekka og‘ishlarni belgilashning to‘g‘riligi.

4.

Yig‘ish birligi va detal- larga texnologik jarayonlar

a) O‘lchash aniqligi ko‘rsatgichlarining texnologik jarayonlarining maqbul rejimlarini ta'minlash talablariga muvofiqligi;
b) Mahsulot sifati hamda ish qobiliyati samaradorligini ta'minlash maqsadida o‘rganadigan parametrlar nomenklaturasining maqbulligi;
d) nazorat o‘tkazish bo‘yicha talablar belgilashning to‘g‘riligi, bu talablarda o ‘tkaziladigan operatsiyalar ketma-ketligi, ularning yozma tasvirlari, shuningdek, yozuvlarni olib borish tartibi ko‘rsatiladi;
e) o‘lchash aniqligi ko‘rsatkichlarining o‘zaro almashuvchanligi nazorati ishonchliligi va samaradorligi talablariga muvofiqlarini aniqlash;
g) O‘lchash vositalari texnik O‘lchash vositalari unumdorligining texnologik asbob-uskunalar unumdorligiga muvofiqligi;
j) Chizma va texnologik jarayon talablariga muvofiq zarur bo‘lgan aniqlikni ta'minlaydigan o‘lchash tizimlari (nazorat)ni tanlashning to‘g‘riligi;
k) Buyumning belgilanishiga bog‘liq ravishda topshirilgan parametrni tekshirishda nazorat nuqtalarini tanlashning to‘g‘rilig

5.




a) O‘lchash vositalari texnik xarakteristikalarining o‘rnatilgan ish rejimlari va buyum parametrlarida yo‘l qo‘yiladigan chetlashishlarga muvofiqligi;
b) Mehnat xavfsizligini ta'minlash uchun o‘lchashlarni tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalarning to‘g‘riligini aniqlash.

6.

Chizmalar: yig‘ish, gabarit, o‘rnatish

a) O‘lchashlar, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng chekka og‘ishlar va boshqa parametrlar hamda o‘lchash vositalarning ish rejimi va buyum parametrlaridagi yo‘l qo‘yiladigan og‘ishlar bilan belgilanuvchi talablar mavjudligi;
b)Detallarni birlashtirishning talab qilingan xarakteri hamda ular tayyorlanishining texnik jihatdan asoslangan aniqligidan kelib chiqqan holda ruxsat etilishni qo‘yib chiqishning to‘g‘riligi;
d)Texnik shartlar va buyumdan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalarga muvofiq o‘lchash va nazorat bo‘yicha ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan chizmalarga nisbatan texnik talablarni aniq ifodalash va belgilanishini asoslab berish;
e) Nazoratning ilg‘or vositalari va uslublarini qo‘llash imkoniyati.

7.

Detallar chizmalari

a) Sifatni nazorat qilish samaradorligi va ishonchliligi hamda o‘zaro almashuvchanlikni ta'minlash maqsadida o‘lchamlarni nazorat qilishda nomenklaturaning maqbulligi;
b)Nazorat uchun zarur va yetarli bo‘lgan o‘lchamlar, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng chekka og‘ishlar, boshqa parametrlar va talablarning mavjudligi;
d) Detallarni birlashtirishning talab qilingan xarakteri hamda ular tayyorlanishining texnik jihatdan asoslangan aniqligidan kelib chiqqan holda ruxsat etilishni qo‘yib chiqishning to‘g‘riligi;
e) Texnik shartlar va buyumdan foydalanish talablarda buyumni nazoratga tayyorlashga hamma zarur o‘lchash asboblariga taalluqli ma'lumotlar bo‘ladi;
g)Nazorat qilinuvchi mahsulotlarga o‘lchash vositalarini ulash sxemasi bajarilishining to‘g‘riligi;
h) Nazorat o‘tkazish bo‘yicha talablar belgilashning to‘g‘riligi, bu talablarda o ‘tkaziladigan operasiyalar ketmaketligi, ularning yozma tasvirlari, shuningdek yozuvlarni olib borish tartibi ko‘rsatiladi;
i) O‘lchashlar aniqligi ko‘rsatkichlarining nazoratining samaradorligi va ishonchliligi talablariga muvofiqligini aniqlash;
j) Fizik birliklar va kattaliklar nomlanishi va belgilanishi to‘g‘riligini aniqlash.

8.

Texnik tasvirlash

a)Buyumning ishlashi, sozlash (rostlash) va nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan uslublar, o‘lchash vositalari va texnologik asbob- uskunalar (stendlar, asboblar, moslamalar, asbobolar jihozlari va boshqalar) tanlashning to‘g‘riligi;
b) Sanoatda ishlab chiqarilgan va qo‘llanilishiga ruxsat berilganlar qatorida bo‘lgan, tavsiya qilingan o‘lchash vositalarining mavjudligi.

9.

Foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar

a) Buyumning ishlashi, sozlash (rostlash) ) va nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan uslublar, o‘lchash vositalari va texnologik asbob- uskunalar (stendlar, asboblar, moslamalar, asbobolar jihozlari va boshqalar) tanlashning to‘g‘riligi;
b) Sanoatda ishlab chiqarilgan va qo‘llanilishiga ruxsat berilganlar qatorida bo‘lgan, tavsiya qilingan o‘lchash vositalarining mavjudligi;
d) Tavsiya qilingan o‘lchash vositalari yordamida buyumni ishda tekshirish operatsiyalari tasvirining to‘g‘riligi.



Nazorat savollari
1. Texnologik hujjatlarning metrologik ekspertizasini haqida tushuncha bering.
2. Texnologik hujjatlarning metrologik ekspertizasini o‘tkazish tartibi.
3. Texnologik hujjatlar qanday tekshiriladi.
Download 17,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish