O`zbek tilida mayl kategoriyasi
O`zbek tilida mayl kategoriyasi. Ish harakatning voqelikka munosabatini ifodalovchi fe’l shakli mayl deyiladi. Fe’l mayllari harakatning voqelikka
munosabatini ifodalab, grammatik zamon, grammatik shaxs bilan uzviy
bog‘lanadi. Bu uch hodisa fe’lning gapda kesimlik vazifasidan kelib chiqadi.
O‘zbek tilida fe’l mayllarining to‘rt turi bor:
1) xabar mayli,
2) buruq-istak mayli,
3) shart mayli,
4) maqsad mayli.
1. Xabar mayli. Ish-harakatning uch zamondan birida bajarilish va bajarilimaganligini ifodalaydi. Xabar maylining maxsus grammatik ko‘rsatkichi yo‘q. U fe’lga uchala zamon va shaxs-son affikslarini qo‘shib tuslash orqali shakllanadi.
Masalan: o‘qidim, o‘qiding, o‘qidi, o‘qiganman, o‘qigansan, o‘qigan, o‘qimoqchiman, o‘qimoqchisan, o‘qimoqchi.
Xabar maylidagi fe’lning asosiy sintaktik vazifasi gapda kesim bo‘lib kelishdir.
Fe’lning grammatik mohiyati haqida gapirganimizda shuni ta’kidlash mumkinki, fe’l asosiy so‘z turkumlaridan biri bo‘lib, o‘z ma’nosi, grammatik shakllari va sintaktik vazifalari bilan boshqa so‘z turkumlaridan ajralib turadi. Fe’l ish-harakatni, mavjudlikni, holatni va munosabatni zamon nuqtai nazaridan aniqlagan holda jarayon tarzida voqelik bilan bog‘laydi. Aynan ana shu xususiyati bilan fe’l undan yasalgan otdan farq qiladi. Fe’l quyidagi xususiyatlariga ko’ra mustaqil so’z turkumi sifatida xarakterlanadi:
\1. Harakat, holat yoki jarayon sifatidagi leksik-grammatik ma’nosi.
2. O’ziga xos o’zak yasovchi quyidagi suffikslar (-ize, -en,-ify;) va prefikslarga (re, over-, out-, miss-, un;) hamda leksik-grammatik so’z morfemalarga egaligi.
3. Fe’l boshqa so’z turkumlariga qaraganda so’z o’zgartirish va so’z yasash borasida ancha rivojlangan, bunga sabab uning bir qancha grammatik kategoriyalarga egaligidir.
4. Fe’lning o’ziga xos tarzda bog’lanishi.
5. Gapda turlicha sintaktik vazifalarda kela olishi.
Fe’l - harakat, holat yoki jarayonni ifodalab, zamon, aspekt, mayl, nisbat, perfekt, modallik va boshqa shu kabi grammatik kategoriyalarga ega bo’lgan so’z turkumidir. Fe’llar harakat ma’nosini bildiruvchi so‘zlardir. Grammatikada harakat ma’nosi juda keng bo‘lib, u to come (kelmoq), to walk (yurmoq) kabi fe’llar ifodalaydigan harakatlarni, to wake up (uyg‘onmoq), to stand (turmoq) kabi fe’llar ifodalaydigan holatlarni, to astonish (hayratda qoldirmoq), to worry (xavotirlanmoq) kabi fe’llar ifodalaydigan ruhiy o‘zgarishlarni, to blossom (gullamoq), to grow (ulg‘aymoq) kabi fe’llar ifodalaydigan biologik jarayonlarni hamda shu kabi harakat va hodisalarni o‘z ichiga oladi. Bularning hammasi o‘ziga xos xususiy tomonlarga ega bo‘lishi bilan bir qato rda, ularning hammasi uchun umumiy bo‘lgan tomoni ham mavjuddir, ya’ni ular zamon bilan bog‘liq holda yuz beruvchi hodisalar bo‘lib hisoblanadi. Fe’l mustaqil so’z turkumi bo’lib, u harakat, holat yoki jarayonni, ya’ni ma’lum bir belgining paydo bo’lishi va o’zgarishi kabi harakatni ifodalaydi. Fe’lga xos bunday ma’nolarning barchasi uni boshqa so’z turkumlaridan farqlashga yordam beradigan umumiy harakat ma’nosiga borib taqaladi
Yu.S.Maslov ta’kidlaganidek, fe’l vaqt davomida sodir bo’ladigan belgining, harakatning grammatik ahamiyatini ifodalaydigan so’z turkumi bo’lib hisoblanadi. Harakatning grammatik ahamiyatini keng ma’noda tushunish mumkin. U nafaqat harakat va tom ma’nodagi faoliyatni ifodalaydi, balki holatni va ma’lum bir predmet yoki shaxsning mavjudligini ko’rsatadi.
Masalan:
A chair is a piece of furniture.
He wrote a letter.
He will soon recover
Muhimi shundaki, fe’l o‘zida ma’lum bir vaqt davomida sodir bo‘ladigan harakatga xos xususiyatlarni aks ettiradi. Bu xususiyatlar fe’lning shaxsli shakllarida (Finite forms) namoyon bo‘ladi va shuning uchun ham fe’l shaxsli shakllarining sintaktik vazifasi gapda faqat kesim sifatida qo‘llanilishdan iboratdir. Fe’lning so’z o’zgartirish tizimi boshqa so’z turkumlariga qaraganda ancha boy va xilma-xildir. U nafaqat flektiv tillarga xos bo’lgan sintetik usulga ega, balki o’zakka formantlar qo’shilishi yoki analitik usulga ham egadir. Shuni ta’kidlash joizki, fe’l analitik shakllarga ega bo’lgan yagona so’z turkumi hisoblanadi. Fe’llarning so’z o’zgartiruvchi tizimiga alohida e’tibor qilsak, affiksatsiya usuli bilan yasaladigan suffiksli fe’llar ancha kamchilikni tashkil etishining va konversiya yo’li bilan yasaladigan qo’shma fe’llarning anchagina ko’pligining guvohi bo’lamiz
O`zbek tilida mayl kategoriyasi. Ish harakatning voqelikka munosabatini ifodalovchi fe’l shakli mayl deyiladi. Fe’l mayllari harakatning voqelikka munosabatini ifodalab, grammatik zamon, grammatik shaxs bilan uzviy bog‘lanadi. Bu uch hodisa fe’lning gapda kesimlik vazifasidan kelib chiqadi. O‘zbek tilida fe’l mayllarining to‘rt turi bor:
1) xabar mayli,
2) buruq-istak mayli,
3) shart mayli,
4) maqsad mayli.
1. Xabar mayli. Ish-harakatning uch zamondan birida bajarilish va bajarilimaganligini ifodalaydi. Xabar maylining maxsus grammatik ko‘rsatkichi yo‘q.
U fe’lga uchala zamon va shaxs-son affikslarini qo‘shib tuslash orqali shakllanadi.
Masalan: o‘qidim, o‘qiding, o‘qidi, o‘qiganman, o‘qigansan, o‘qigan, o‘qimoqchiman, o‘qimoqchisan, o‘qimoqchi.
Xabar maylidagi fe’lning asosiy sintaktik vazifasi gapda kesim bo‘lib kelishdir.
2. Buyruq-istak mayli. Ish-harakatni bajarish-bajarmaslik haqida buyurish, istash, so‘rash, iltimos, maslahat,chaqiriq kabi ma’nolarni ifodalaydi
3. Shart mayli biror ish-harakatning yuzaga chiqishi uchun undan oldin bajarilishi shart bo‘lgan harakatni ifodalaydi. Shart mayli -sa affiksi va shaxs-son qo‘shimchalarining qo‘shilib tuslanishidan hosil bo‘ladi.
Fe’l mayllarini hosil qiluvchi affikslar nutq talabiga ko‘ra o‘zaro sinonim sifatida ham ishlatiladi:
1. Xabar maylidagi fe’l buyruq-istak mayli manosini ifodalashda ishlatiladi: Qani, yigitlar, ketdik! Kechagi qiliqlaring uchun bugun hech yoqqa chiqmaysan, tushundingmi!
2. Xabar maylidagi fe’l shart mayli vazifasida qo‘llanadi: Va’da berdingmi-bajar. Boshga bir ish tushdimi, yagona yo‘l- uni jasorat bilan yengishdir.
3. Buyruq-istak maylidagi fe’l xabar mayli vazifasida ishlatiladi:.
Bolani o‘qitish o‘rniga xizmatingizni qildiring, yana urdiring! Sizda insof bormi? (xizmatingizni qildiribsiz, urdiribsiz)
4. Buyruq–istak maylidagi fe’l shart mayli vazifasida qo‘llanadi: Kimlardir mehnat qilsin-u, rohatini siz ko‘rasizmi?! Avval qo‘ng‘iroq chalsin, keyin hammamiz birga tashqariga chiqamiz.
5.Shart maylidagi fe’l xabar mayli ma’nosini ifodalashga xizmat qiladi: Kenjaboyning o‘g‘li yugurib kelsa-yu, to‘ni bilan sumkasini qo‘limga tutqazsa bo‘ladimi? (O.) (qo‘limga tutqazdi).
6. Shart maylidagi fe’l buyruq-istak mayli vazifasida qo‘llanadi: Sabr qilsang, g‘o‘radan halvo pishar (sabr qil, g‘o‘radan halvo pishadi). Fe’llarning tuslanishi. Fe’l mayllari, odatda, grammatik shaxs, zamon ma’nolari bilan bog‘liq holda ifodalanadi. Shuning uchun ham ularni yuzaga keltiruvchi grammatik shakllar shaxs-son affikslari deb yuritiladi.
So`zlovchining bаyon etilаyotgаn fikrigа mаyl deyilаdi. Gаpning eng аsosiy belgisi predikаtivlik (kesimlik)dir.
Predikаtivlik gаp tuzilishining аsosiy mаrkаzi hisoblаnаdi. Gаpning muhim belgilаridаn yanа biri uning intonаtsion shаkllаngаnligidir. Intonаtsiyasiz аyrim gаp hech qanday haqiqiy gаp bo`lolmаydi. Intonаtsiya yordаmidа fаqаt so`z birikmаlаriginа emаs, bаlki аyrim olingаn so`z hаm gаp bo`lishi mumkin. Gаpning хаrаkterli хususiyatlаridаn biri modаllikdir.
Modаllik (Modality) gаp mundаrijаsining voqe`likkа munosаbаti, so`zlovchining voqe`likkа sub`ektiv munosаbаtidir.
Dаrаk gаpdаgi modаllikning ifodаlаnishi. Modаllik predikаtivlik vа intonаsiya bilаn bir qаtordа gаpning аsosiy belgisi hisoblаnаdi. So`zlovchi gаp orqаli neytrаl fikrni emаs, bаlki shu аytilаyotgаn fikrgа bo`lgаn o`z munosаbаtini bildirаdi.
Xulosa
Mayl shakllari fe’llar orqali beriladigan modal ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu modal ma’nolar reallik,faraz,ikkilanish,istak-xohish kabi ma’nolarni ifodalab keladi. Mayl kategoriyasi boshqa tillardagi kabi hozirgi zamon ingliz tili fe’l tizimida ham fe’lning gapda kesim vazifasida keladigan shaxsli shakllarigagina xos kategoriya hisoblanadi. Gаpning eng аsosiy belgisi predikаtivlik (kesimlik)dir. Predikаtivlik gаp tuzilishining аsosiy mаrkаzi hisoblаnаdi. Gаpning muhim belgilаridаn yanа biri uning intonаtsion shаkllаngаnligidir. Intonаtsiyasiz аyrim gаp hech qanday haqiqiy gаp bo`lolmаydi. Intonаtsiya yordаmidа fаqаt so`z birikmаlаriginа emаs, bаlki аyrim olingаn so`z hаm gаp bo`lishi mumkin. Gаpning хаrаkterli хususiyatlаridаn biri modаllikdir. Modаllik gаp mundаrijаsining voqelikkа munosаbаti, so`zlovchining voqelikkа subyektiv munosаbаtidir.
Ingliz va o’zbek tillarida buyruq-istak maylinitadqiq qilish jarayonida har ikkala tillardagi kopulyativ fe’llarning ahamiyatini, qay darajada mavjud yoki mavjud emasligini, ularning har ikkala tildagi rolini, sintaktik, leksik-semantik, leksik-grammatik qirralarini ochishga muvaffaq bo’ldik va bu xususida quyidagi umumiy xulosalarga kelindi: 1. Fe’l harakat ma’nosini bildiruvchi so’zdir. Shu jumladan, biz o’z tadqiqotimizda ingliz va o’zbek tillarida fe’llarning morfologik, leksik-semantik, leksik-grammatik, sintaktik xususiyatlariga ko’ra boshqa so’z turkumlaridan ajralib turishini ko’rib chiqdik. Fe’llar gapda ma’lum bir sub’yekning harakatini ifodalab keladi. 2. Fe’l murakkab kategoriyalarga boy so’z turkumi hisoblanadi. Fe’llarning grammatik kategoriyalari fe’l turkumiga kiruvchi so’zlarning sintetik yoki analitik shakllarini o’zaro qarama-qarshi qo’yish vositasida ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |