2. Signallar, ularning turlari va qo‘llanishi
Svetoforlarning tuzilishi. Signal ko‘rinuvchan yoki tovushli shartli belgi bo‘lib uning yordamida ma’lum buyruq beriladi. Temir yo‘l xizmatchilari signal talablarini bajarish uchun barcha imkoniyatlardan foydalana bilishlari kerak. Temir yo‘l transportida odatda signal tushunchasida signal asbobi va signal ko‘rinishini tushuniladi.
Temir yo‘llarda qo‘llanadigan signallar idrok qilish usuliga qarab ko‘rinuvchan va tovushli bo‘lishi mumkin.
Ko‘rinuvchan signallar chiroq, shchit, bayroq, gardishlar rangi, signal ko‘rsatkichlarining soni, o‘zaro joylashuvi, signal chiroqlarining yonish tartibi va ko‘tarib yuriluvchi signal shchitlarining shakli bilan farqlanadi. Ko‘rinuvchan signallar uzoq masofalardan ko‘rinishi bilan ishlatishga qulaydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |