11- mavzu. Sertifikatsion dasturiy ta’minotni tekshirish
Alfa (alpha) va beta (beta)testlash . Keng omma uchun mo‘ljallangan dasturiy (COTS - commercial off-theshelf) ta’minotlar tizimli testlashdan o‘tgandan keyin alfa (alpha testing) va beta (beta testing) testlash bosqichidan o‘tkaziladi. Tizimni bunday testlashda uning potensial foydalanuvchilari (yoki tanlab olingan foydalanuvchilar guruhi, yoki barcha hohlovchilar) ishtirok etishadi. Ushbu bosqichda dasturiy tizimga tizimning mazmunmohiyatiga ta’sir ko‘rsatmaydigan uncha sezilarli bo‘lmagan so‘ngi o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Mazkur bosqich yakunlanganidan keyin ishlab chiqilgan tizim sotuvga, ya’ni tizimning asosiy foydalanuvchisiga chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |