O`zgarmas xarajat (FC - fixed cost) - bu qisqa muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bo`lmagan xarajatdir (mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshganda ham, kamayganda ham o`zgarmaydigan xarajat). O`zgarmas xarajatlarga binodan, texnikadan, inshootlardan, ishlab chiqarish uskunalaridan foydalanish bilan bog`liq xarajatlar, ijara haqi, kapital ta’mirlash, ma’muriy xarajatlar kiradi.
O`rtacha o`zgarmas xarajat (AFC - Average Fixed Cost) - bir birlik mahsulotga to`g`ri keladigan o`zgarmas xarajat bo`lib, u quyidagicha aniqlanadi:
. (5)
O`rtacha o`zgarmas xarajat mahsulot hajmi oshishi bilan kamayib boradi.
O`zgarmas xarajat va o`rtacha o`zgarmas xarajatlar chizig`i grafikda quyidagicha tasvirlanadi (11.1-rasm).
11.1-rasm. va chiziqlari grafigi.
Do'stlaringiz bilan baham: |