Butung‘ildiratilgan g‘ildiraklar GOST 10791 bo‘yicha quyidagi tarkibdagi po‘latdan tayyorlanadi (% larda): uglerod 0,52-0,63; kremniy 0,20-0,42; marganets 0,5-0,9; fosfor 0,035 dan ko‘p bqlmagan; ko‘mir 0,04 dan ko‘p bo‘lmagan.
Termik ishlov berilgan g‘ildiraklarning mexanikaviy xususiyatlari quyidagi me’yorlarga teng bo‘lishi kerak:
-vaqtli qarshiligi 880-1080 MPa;
-nisbiy uzunlik 10% kam emas;
-nisbiy qisqarishi 16% kam emas;
-brinkel bo‘yicha mustahkamligi 248 birlikdan kam emas;
-urilishli qayishqoqligi +00 S da 0,2 mDj/m2 dan kam emas
Butung‘ildiratilgan g‘ildiraklar boshqa turlaridan yuqori ishlatishli mustahkamligi bilan, ayniqsa, oxirgi vaqtlardagi takomillashtirishgan tayyorlanish texnologiyasi bilan farqlanadi.
G‘ildirak va relsli izning o‘zaro ratsionalli munosabatida muhim o‘rinni sirpanish yuzasi ko‘rinishi-g‘ildirak profili egallaydi.
G‘ildirak (11.4-rasm) standart ko‘rinishli sirpanish yuzasi grebeni 28 mm balandlikka va 33 mm qalinlikka ega bo‘lib faskalari 6x6 mm, konusligi 1:10 va 1:3,5.
a-standart; b-BNIIJT tomonidan tavsiya etilgan.
11.4-rasm. Sirpanish yuzasi profili
Greben g‘ildirak juftlarini relsdan chiqib ketishidan saqlab, chetki qirrasi egrilik burchagi 600 ga teng. Yuzasining silindrli emas konussimonligi g‘ildirak sirpanish yuzasi eni bo‘yicha notekis emirilishi profili-standrat turlari uchun (prokat) hosil bo‘lishidan saqlanib, egriliklardan o‘tishini va to‘g‘ri izli joylarda g‘ildirak juftlari markazlashuvini engillashtiradi.
G‘ildirak konussimon yuzaga ega bo‘lganligidan uning diametri, prokati kattaligi va obodi qalinligi ma’lum tekislikda sirpanish aylanasida o‘lchanadi, u esa g‘ildirak ichki qirrasidan 70 mm da joylashgan.
Keng koleyali MDH temir yo‘llaridagi vagonlar g‘ildiragi sirpanish aylanasi orasidagi masofa 2sq1580 mm bo‘lib, bu nominal o‘lcham 2bgr q 1440 mm.
G‘ildirak sirpanish yuzasi turli intensiv kuchlar ta’sirida bo‘ladi. g‘ildirak rels bilan kichik yuzasi (2,5 sm ga yaqin) bilan jipslashib, unga katta statikli (60-115 kN) va dinamikli kuchlarni uzatadi. Buning natijasida g‘ildirak va relsning jipslashgan joylarida sezilarli deformatsiya va katta kontaktli kuchlanishlar hosil bo‘ladi. Egriliklarda va boshqa notekis izlarda relsli birlashmasi urilish kuchlari o‘sadi, g‘ildirak juftlarini to‘g‘ri izlarda tebranishi va g‘ildiraklar diametridagi farqlar tufayli sirpanishlarda hosil bo‘lgan tegishli ishqalanish kuchlari bilan kuzatiladi. Bundan tashqari oddiy kolodkali tormoz bilan to‘xtatishda g‘ildirak intensiv qizishini vujudga keltiruvchi katta ishqalanish kuchlari o‘sib boradi.
Bunday sharoitlarda muhim o‘rinni to‘g‘ri tanlangan g‘ildirak diametri va obodi qalinligi hisoblanadi. Bunday masalani hal qilish keng qamrovli ko‘p sonli sabablarni inobatga olishi bilan hal qilinadi.
G‘ildirak diametri kengayishi quyidagilardan kuzatiladi:
-g‘ildirakning rels bilan jipslashish yuzasini oshishidan, bu esa undagi deformatsiyaning kamayishi natijasidir, kontaktli kuchlanish va uning charchovli buzilishi, g‘ildirak, hamda rels emirilishi bilan shartlanadi;
- g‘ildirak jufti aylanish chastotasi kamayishidan, buning natijasida esa g‘ildirak, o‘q va rolikli podshipniklarning yuklanganlik sikli soni qisqaradi, ular esa charchoqli mustahkamlikka ta’sir qiladi, sirpanishli podshipniklar bilan o‘q bo‘yinchasi birlashgan joyida ajraladigan issiqlik miqdori tormoz kalodkasi tufayli g‘ildirakni qizish temperaturasini kamayadi;
- harakatga qarshilikni kamayishidan;
- g‘ildirak juftlari, aravacha va kuzovlari likillashi tebranishi chastotasining kamayishidan.
G‘ildirak diametrini kamayishi quyidagilarni ta’minlaydi:
- g‘ildirak og‘irligi kamayadi, bundan izga tushadigan ressorlangan og‘irlik ham, g‘ildirak juftidan va vagonning boshqa qismlaridan tushadigan og‘irlik engillashadi;
- vagon og‘irlik markazi kamayishini, bu esa vagon mustahkamligini.
Shunindek g‘ildirak grebeniga qo‘yilgan yon kuchlar ta’siri elkasi ham kamayadi. Buning natijasida esa:
- g‘ildirakdagi, o‘qlar va vagon boshqa engillashi mumkin bo‘lgan qismlaridagi kuchlanganligi kamayadi;
- aravacha bazasini qisqarishi imkonini, bu esa uning og‘irligini kamayishi bilan kuzatiladi;
- kichik radiusli egriliklardan harakatlanish sharoitlarini yaxshilash, greben va relsni yon yuzasi emirilishini kamaytirish;
- vagon poli balandligini pasaytirish imkonini, bu esa kuzovga joylashuvichanligini va yuklarni joylashtirish balandligini mavjud harakat tarkibi gabariti balandligi oralig‘ida joylashtirish imkonini ta’minlaydi.
G‘ildirak diametri o‘lchovi g‘ildirakdan relsga uzatiluvchi yuklar kattaligiga, poezdlar harakati tezligiga, temir yo‘l yuklari kuchlanganlik holati va boshqa ishlatishdagi shartlarga bog‘liqdir. Shuning uchun MDH temir yo‘l vagonlarida so‘nggi yillardagi tarani kamaytirish borasidagi ishlar olib borilganidan so‘ng
1050 mm diametrli g‘ildirak o‘rniga 950 mm lisi qo‘llanilmoqda.
Keyingi masalalardan biri obod qalinligini to‘g‘ri tanlashdan iboratdir. Obod qalinligini kamaytirish vagonning barcha kuchlangan holatlariga, uning og‘irligi va umuman vagonning kuzoviga ham ta’sir ko‘rsatadi. Lekin uning qalinligini qisqarishi ishlash muddatini qisqarishiga ham olib keladi. Kompozitsiyali tormoz kolodkalari ishlatilganda nosozliklar ko‘p uchraydi (prokat, visherbina va boshqa nosozliklardan). Ishlatish muddatining qisqarishi esa, ularga bo‘lgan ehtiyojni ko‘paytiradi, bu esa ortiqcha sarflar, ularni tayyorlash, alishtirish uchun ortiqcha harajatlar, demakdir. Chorasi obod qalinligini qisqartirish, faqatgina uning mustahkamligi va emirilishiga chidamligi bilan belgilanadi.
MDH temir yo‘llarida yo‘l qo‘yilgan prokat va boshqa defektlar hosil bo‘lgandan so‘ng, g‘ildiraklarni qyish (bir necha bor) buni natijasida esa ular ishlash muddatini oshirish mumkin.
G`ildiraklar va o`qlar harakat trkibining eng muhim qismlari hisoblanadi. Ulardagi mexanik buzlishlar yoki konstruksiyasi hisobidagi xatoliklar izdan chiqishga olib kelishi mumkin. G`ildiraklar yaxlit, bandajli va yig`ma bo`lishi mumkin (11.5 rasm)2.
Yaxlit g`ildiraklar (11.5-a rasim) uchta asosiy elementga ega: g`ildirak, disk, tugun; va ular disk rasimidan prinsipial farq qiladi.
Yig`ma g`ildiraklar (11.5-b rasm) disk dumalanish limitidan o`tgach, olib tashlanishi va almashtirilishi mumkin.
11.5 rasim. Temir yo`l g`ildiraklarining muhim ko`rinishlari2
G`ildiraklar rost, konussimon, S-simon, spitsali va gofrali bo`lishlari mumkin.Rost disklar konstruksiya og`irligini kamaytiradi hamda metall qalniligi beradigan imkoniyt chegarasida rasimi o`zgartirilishi mumkin. Konussimon va
S-rasimli disklar g`ildirakning mustahkamligini oshirib, g`ildirak va relslar orasidagi o`zaro ta`sir kuchlarini kamaytiradi. Gofrali disklar egilishlarga chidamli bo`ladi.
G`ildirak-rels o`zaro ta`sir kuchlarini kamaytirish uchun elastik g`ildiraklar
taklif qilingan (11.5c rasm). Ular past elastiklik moduli (rezina, poliuretan) kabi moddalarni o`z tarkibiga olgan bo`ladi. Bunday g`ildiraklar yuqori chastotali kuchlarni kamytiradi.
Takomillashgan podshipniklar o`qsiz, ya`ni bir-biridan mustaqil harakatlanadign g`ildiraklarning joriy qilinishiga qiziqish uyg`otib kelmoqda. G`ildiraklarni bir-biridan ajratib, har bir g`ildirakning mustaqil harakatlanishi ta`minlab, harakat tarkibini bitta koleyadan boshqa koleyaga erkin o`tishini yoki past balandlikdagi platformalarga ega bo`lgan shahar yo`lovchi tashish xizmatlari uchun moslash mumkin.1
Asosiy yo’llar oldida signal va yo’l belgilari o’rnatiladi.
Strelka o’tkazgichlar oldida va yo’llarning boshqa qo’shilish joylarida chegara ustunchalari o’rnatiladi.
Temir yo’l ajratish hududining chegaralarini ko’rsatish, shunigdek, er ustida tuproq ko’tarmasidagi yashirin inshootlarni belgilash uchun maxsus belgilar o’rnatiladi.
Signal belgilari harakat yo’nalishi bo’yicha o’ng tomonda, yo’l belgilari esa kilometr hisobi ko’rsatkichi bo’yicha eng chetdagi yo’lning o’qidan 3100 mm dan kam bo’lmagan masofada o’ng tomonda o’rnatiladi.
O’ymalarda (qoya toshlardan tashqari) va ulardan chiqishda yo’l va signal belgilari dala tomonda kyuvet va lotoklardan tashqarida o’rnatiladi. O’ta kuchli bosib qoluvchi o’ymalar va ulardan chiqishda (100 metrgacha masofada) ko’rsatib o’tilgan belgilar eng chetdagi yo’lning o’qidan kamida 5700 mm masofada o’rnatiladi. Bunday o’ymalar ro’yxati «UTY» AJ boshgaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi.
Elektrlashtirilgan uchastkalarda signal va yo’l belgilari kontakt tarmog’i ustunlarida o’rnatilishi mumkin, svetofor chiroqlari, kontakt tarmog’ining komplekt transformator podstansiyalari, ajratgichlari va razryadniklari o’rnatilgan ustunlar bundan istisno.
Chegara ustunlari yo’llar oralig’ining o’rtasida, yaqinlashayotgan yo’llarning o’qi orasidagi masofa 4100 mm ni tashkil etgan joylarda o’rnatiladi. T gabarit o’lchamlari bo’yicha qurilgan harakat tarkibi yurmaydigan stansiya yo’llarida 3810 mm masofani saqlab qolishga ruxsat etiladi. Yo’llar orasidagi masofasi toraytirilgan qayta yuklash yo’llarida chegara ustunchalari yo’llar orasidagi masofa 3600 mm bo’lgan joyda o’rnatiladi.
Yo’lning egri uchastkalarida bu masofalar Qurilmalar yaqinlashuvi kattaliklarini qo’llash bo’yicha yo’riqnomada belgilangan me’yorlarga muvofiq ravishda ko’paytirilishi lozim.
Signal, yo’l va maxsus belgilar signallash bo’yicha yo’riqnomada tasdiqlangan turda bo’lishi kerak.
Nazorat savollari
G‘ildirak juftlarining turlari nimalarga qarab belgilanadi va ular qanday turlarga bo‘linadi?
O‘qlar belgilanishi, asosiy qismlari.
G‘ildiraklar belgilanishi, asosiy qismlari.
G‘ildirak obodi diametri va qalinligi nima uchun muhim ahamiyatga ega?
Do'stlaringiz bilan baham: |