109-guruhi talabasi ollanazarova mohira


Maktabgacha ta’limda didaktik o’yinlarda qo’llaniladigan jihozlar



Download 3,46 Mb.
bet8/9
Sana01.07.2022
Hajmi3,46 Mb.
#728807
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MKurs ishi

2.3. Maktabgacha ta’limda didaktik o’yinlarda qo’llaniladigan jihozlar

Didaktik o‘yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu o‘yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi.O‘yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o‘yin mazmunini boyitadi.


Didaktik o‘yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi. Bolaning kun tartibida didaktik o‘yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak. Bunday o‘yinlar mashg‘ulot jarayonida va o‘yindan tashqari vaqtlarda guruh yoki yakka-yakka o‘tkaziladi. Bunda o‘yin mazmuni va natijasi puxta aniqlanadi.
Didaktik o‘yinlarda bolalarning yosh, individual xususiyatlarini hisobga olish lozim.O‘yinda o‘yin tempi va ritmi katta rol o‘ynaydi, juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko‘p kuttiradi, juda tez temp esa bolalarni hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi. Kattalar tomonidan o‘yin ishtirokchilarini to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega.
Didaktik o‘yinlarning quyidagi turlari mavjud: a) buyum va o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan; b) stol-bosma; d) og’zaki-so‘z o‘yinlari.

Buyum va o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar bolaning ilk yoshidan boshlab, to maktab yoshiga etgunga qadar o‘ynaladigan o‘yin turi hisoblanadi. Bunda bolalarning tasavvurlari, diqqatlari o‘yin asosini tashkil etadi. Ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, ularning sifati, foydali tomonlari to‘g‘risida umumiy tushuncha hosil bo‘ladi.O‘yinda o‘ynaladigan har bir buyum yoki o‘yinchoq o‘zining tashqi ko‘rinishiga ega bo‘lishi, narsaning asosiy belgisini ajrata bilish imkonini berishi lozim. Bunday o‘yinlar bolalarning narsalarning shakli, hajmi, belgisi, sifati haqidagi bilimlarini kengaytiradi.


O‘yinchoq - bola hayotining dastlabki davrlaridan boshlab ularga yo‘ldosh quvonch manbaidir.O‘yinchoq bolaning o‘ynashi uchun mo‘ljallangan va boshqa maqsadlarda foydalanilmaydigan buyum hisoblanadi. Unda buyumlarning tipik xususiyatlari umumiy tarzda aks etadi.


Pedagog A.S.Makarenko, “O‘yinchoq o‘yinning “material asosi”, o‘yinchoq o‘yinni yaratishda ishtirok etadi, bolaning o‘ziga xos sherigi sifatida namoyon bo‘ladi, uning shaxsiga ta’sir ko‘rsatadi”, - deb ta’kidlaydi. Rus pedagoglari o‘yinchoq bolalarga atrofdagi mavjud voqelikni o‘rganishga yordam beradigan, ranglar, buyumlar ko‘lamini ularning materiallarini farqlash malakasini rivojlantiruvchi vosita deb ta’kidlab, bola dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyatini ko‘rsatib berdilar.
Xalq pedagogikasida o‘yinchoqlarning butun bir tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, bular bolaning sensor qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan.

O‘yinchoqlar bolalarning nutqiy faolligini uyg‘otadi, lug’at boyligini oshiradi, ularda tahlil qilish, yaxlit holatga keltirish, umumlashtirish, taqqoslash, tavsiflash, diqqatni jamlash kabi qobiliyatlarni rivojlantiradi.


O‘yinchoq bolalarda – ma’naviy-axloqiy tuyg’ularni (mehribonlik, avaylash, e’tiborlilik) shakllantiradi, atrof-muhitga ijobiy munosabatni uyg‘otadi.O‘yinchoqlar tanlashda bolaning yosh va individual xususiyatlari, qiziqishlari, istaklari hisobga olinadi. Maqsadga qaratilgan bunday yondoshuv - o‘yinchoq tanlashga bo‘lgan talabni yanada oshiradi. Asosan, pedagogik, gigienik, badiiy talab orqali o‘yinchoq tanlanadi
Gigienik talablar.O‘yinchoq qanday materialdan va rangdan tayyorlanganligi, bolaning hayotiga hech qanday xavf solmasligi, yaxshi tozalanishi mumkinligi asosiy talablardan hisoblanadi.

Badiiy talablar. Shakl, bo‘yoq va bezaklarning har tomonlama uyg’unlashuvi, bir-birini rang va shakl jihatdan to‘ldirib, ta’kidlab, o‘yinchoqning badiiy ifodaliligini oshiradi.O‘yinchoqlarning tuzilishi va bezalishi bolalarning turli yosh bosqichlarida idrok etish xususiyatlariga to‘la mos kelmog’i lozim.


To‘g‘ri tanlangan o‘yinchoq - bolaning jismoniy, axloqiy, aqliy va badiiy-estetik tarbiyasi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolani aqliy jihatdan tarbiyalashda didaktik o‘yinchoqlarning butun bir tizimi katta ahamiyat kasb etib, sensor va nutq rivojiga ta’sir etadi, fikrlash jarayonlari va diqqatini tarbiyalaydi, buyum va uning xususiyatlariga, qurilishiga bo‘lgan qiziqish shakllanadi, bilimi,tushunchalari boyib boradi.
-O‘yinchoq bolani quvontiradi, atrofdagilarga nisbatan ijobiy munosabat hosil qiladi, birgalikda o‘ynash tuyg’usini uyg‘otadi va ijobiy his-tuyg’ularni tarkib toptiradi. Axloqiy his-tuyg’ularni shakllantirishda qo‘g’irchoq muhim ahamiyatga ega. Milliy qo‘g’irchoq bolalarni boshqa millatga mansub bo‘lgan tengdoshlariga bo‘lgan ijobiy munosabatini tarbiyalash manbalaridan hisoblanadi. San’atni birinchi yorqin obrazli va eng tushunarli buyumi bo‘lgan o‘yinchoq estetik hislar va kechinmalarni uyg‘otadi, estetik tarbiyani to‘plashga yordam beradi va badiiy didni shakllantiradi. Shu o‘rinda bolalarga yaqin va tushunarli bo‘lgan xalq o‘yinchoqlarining ahamiyatini alohida ta’kidlash lozim.
O‘yinchoq bolalarni turli rang-barang harakatlarga undaydi va bolaning faol harakatga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Tezkor javob reaksiyasini, harakatlarning aniqligi va muvofiqlashtirishini rivojlantiradi.
Ilk yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan ko‘p o‘yinchoqlar (shaqldoqlar, rezina koptokchalar, shaklchalar va boshq.) bolada ko‘rish va eshitish diqqatini rivojlantiradi, ushlash harakatlari va buyumli harakatlarni o‘stirishga yordam beradi.
O‘yinchoqlarning turlari va ko‘rinishlari bo‘yicha quyidagi turkumlarga ajratiladi:
- Syujetli-obrazli;
- texnika o‘yinchoqlari;
- qurish–yasash, qurilish materiallari o‘yinchoqlari;
- didaktik o‘yinchoq va o‘yinlar;
- sport va harakatli o‘yinlar uchun mo‘ljallangan o‘yinchoqlar;
- yig’ma–bo‘linma o‘yinchoqlar;
- teatr va dekorativ o‘yinchoqlar (soya va qo‘g’irchoq teatrlarining personajlari, dramalashtirilgan o‘yinlar uchun kiyimlar o‘yinchoqlari);
- o‘yinchoq-ermaklar;
- ohang chiqaruvchi musiqaviy o‘yinchoqlar;
- qo‘lbola o‘yinchoqlar va o‘yin materiallari, turli-tuman o‘yin jihozlari.
- Syujetli-obrazli o‘yinchoqlar syujetli-rolli o‘yin uchun foydalaniladi. U bolalarda ijobiy xarakter qirralarini, muloyimlik, g’amxo‘rlik, yordam berishga ehtiyoj, shuningdek kattalar mehnatiga hurmat va tengdoshlari bilan o‘ynay olish malakalarini tarbiyalaydi.
- Texnika o‘yinchoqlari bolalarda texnikaga va texnika asboblariga bo‘lgan qiziqish uyg‘otib, ularni o‘z o‘yinlarida qo‘llay olish imkonini yaratadi. Bolalarga texnikaga bevosita aloqasi bor buyumning (mashinalar, mexanizmlar, transport turlari, aloqa vositalari) tashqi ko‘rinishi, obrazini va unga xos harakatlarini tanishtiruvchi texnik o‘yinchoqlar yaqin turadi.
- Qurish-yasash o‘yinchoqlari sodda, boshqarish va foydalanish jihatdan qulay va osondir. Bu o‘yinchoqlarni o‘ynash buyumning asosiy vazifalariga taqlid qilish imkonini yaratishi lozim. (avtomobilda g’ildiraklar harakatlanishi, eshik ochilishi). Qurilish materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinchoqlarning asosiy 2 tipi mavjud:
a) kublar, prizmalar, konuslar, piramida, selindrlar, plastinkalar, geometrik shakllar to‘plami.
b) turli blok - devor, froniton, kolonka, tom, ark va boshqa arxitektura va qurilish materiallari. Mayda (stol o‘yinlari uchun) va yirik (polda va maydonchada) o‘ynashga mo‘ljallangan bu qurilish materiallarining rangi har xil bo‘lishi mumkin.
- Didaktik o‘yinchoqlarning asosini xalq o‘yinchoqlari tashkil qiladi. Ular o‘ynashda bola o‘z-o‘zini nazorat qiladi. Xilma-xil mozaykalar sensor qobiliyatlarini rivojlantiradi. Ulardagi o‘yin vazifasi naqshlar, rasmlarni tanlash va joylashtirishdan iborat.
Harakatli o‘yinlarga mo‘ljallangan o‘yinchoqlar: suv, qum bilan o‘ynaladigan o‘yinchoqlar, koptoklar, arg’amchilar, chambaraklar, kegli va boshqalar. Ularning asosiy vazifasi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashdir.
-O‘yinchoq-ovutmachoqlar harakatchan, ko‘pincha ovoz chiqaradigan bo‘ladi. Ular bolalarni o‘zlarining ajoyib xatti-harakatlari bilan quvontiradilar, syujetlari esa vaqtichoQlik bag’ishlaydi.

- Qo‘lbola o‘yinchoqlarni kattalar bolalar bilan birgalikda tayyorlaydilar va turli ertak, hikoyalarni sahnalashtiradilar.


O‘yinchoqlarni materialiga ko‘ra: hunarmandchilik qo‘lbola usulida, fabrikada tayyorlanadi.
Taniqli pedagog A.S. Makarenko o‘yinchoqlarning 3 turini ajratib ko‘rsatgan edi: tayyor o‘yinchoqlar, yarim tayyor o‘yinchoqlar va o‘yin materiallari. Birinchi turi bolalarni buyumlar va narsalarning rang-barangligi bilan tanishtiradi, tasavvurini o‘stiradi. Ikkinchi turi boladan faol faoliyatni talab qiladi, mantiqan va aqlan o‘sishga yordam beradi. Uchinchi turi bevosita bolaning ijodiy faoliyatini ta’minlaydi.

XULOSA
Maktabgacha ta'lim muassasalarining jihozlari bolalar rivojlanishi va soģliģiga
zarar keltirmasligi, epidemiologik jihatdan xavfsiz bòlishi, bolalarning erkin har
tomonlama harakatlanishiga xalaqit bermasligi kerak.
Har bir jihoz, òyinchoqlar bolalar yoshiga moz bòlishi lozim. Yana òyinchoq va jihozlarning gigenasiga juda katta e'tibor berilishi kerak. Xona jihozlarini òrnatayotganda bolalar soniga qarab joylashtiriladi.
Tarbiyachi bolalarga sport òyinlari yoki gimnastik mashģulotlar olib borayotganda unda qanday invertarlar ishlatilishi, yangiligi, bolalarga ziyon keltirmaydigan holdaligini tekshirib keyin mashģulotni olib borish lozim. Yaxshi tanlangan jismoiy tarbiya invertarlari jismoniy yuklama hajmini asta -sekin kòpaytira borish imkonini beradi. Jismoniy invertarlar atributlar zalda qator shkaflarga joylashgan bòlishi kerak. Jismoniy mashqlar bòyicha mashģulotlar òtadigan joylarni jihozlashda ayrim
snaryadlarning shakli, rangi, kattaligi bòyicha òzaro joylashtirilganda, bino yoki maydonchaning òlchamini hisobga olgan ma'qul.
Jismoniy mashqlar òtkaziladigan joylar, jihozlar, invertarlar toza saqlanishi talab
etiladi. Jihozlarni saqlash va ularni ozoda tutish, moylab turish uchun tòģri sharoitlarni ta'minlash zarur. Kichkina òyinchoqlarni olayotganda ularning rangli kòzga yaqqol kòrinishini e'tiborga oling. Bolalar asosan rang - barang òyinchoq va invertarlarga qiziquvchan bòladi.



Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish