HISOBOT Men Abduraxmonova Nigora Boxodir qizi Ulug’bek qizi 16.05 - 28.05.2022 yil Psixologik Markazda va Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan
106-sonli zaif eshituvchi bolalar maktab-internatida malakaviy amaliyotni o`tadim.
16.05.2022 da Psixologik Markaz ma’muriyati bilan yaqindan tanishdim, ish faoliyatini o’rgandim va tahlil qildim.
17.05.2022 da amaliyotimizga tegishli bo’lgan kitob va materiallar bilan tanishdim, jumladan “yosh davrlari psixologiyasi” mavzusini o’rganib chiqdim.
18.05.2022 sanasida “O’smirlik va o’spirinlik davri psixologiyasi” bilan tanishib chiqdim va ularni tahlil qildim.Qisqa tanishuvdan so’ng jarayonga halaqit bermagan holda darsni kuzatdim va qilishim lozim bo’lgan ishlar rejasini o’quvchilarning yosh darajasiga qarab bo’lib chiqdim.
19.05.2022 da imkoniyati cheklangan o’quvchilarda va eshitishi zaif bolalar psixologiyasini o’rgandim va bolalar bilan ishlash uchun kerakli ma’lumotlarni ajratib oldim.
20.05.2022 da Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan 106-sonli zaif eshituvchi bolalar maktab-internati ma’muriyati biln tanishib chiqdim va maktab psixologi bilan bolalar bilan qanday ishlash to’g’risida ma’lumotlar oldim hamda 8-“V” sinf o'quvchilari bilan “Uy, Daraxt, Odam,” metodikasini o'tkazdim. Metodikani tahlil qildim..
21.05.2022 sanasida dars faoliyati bilan tanishdim va o’quvchilarni kuzatdim. “MENING OILAM” rasmini chizdirdim. Metodikani tahlil qilish davomida o’quvchilarning ichki dunyosini o’rgandim.
23.05.2022 da “Tanishuv” mashg’ulot trening o’tkazdim. ”Liderni top” o’yinini tashkil qildik va o’quvchilardagi liderlik qobiliyatlarini aniqladik.Guruhda Nasriddinova Marjona guruh sardori sifatida guruhni yetakladi.Hamma aktiv qatnashdi.
24.05.2022 sanasida dars jarayonlarida bolalarning faoliyatini kuzatish natijasida ulardagi individual xususiyatlarni o’rgandim va o’quvchilarda noverbal hatti-harakatli o’yin hisoblangan o’yinini o’tkazdim.
25.05.2022 da o’tkazilgan metodikalar orqali o’quvchilardagi mavjud muammolarni o’rganib, ularga tavsiyalar berdim.Tavsiya berish davomida ular bilan imo ishoraviy vaziyatlarni o’rganib ham oldim.
26.05.2022 sanasida o’quvchilarning guruhiy munosabatlardagi bir-biriga ta’sirini kuzatdim.
27.05.2022 da ”Do’stlik yoki bo’lishish” mashqini o’tkazdim.
28.05.2022 sanasida amaliyot mobaynida o’quvchilardagi taasurotlarni bilish maqsadida “qaytar aloqani” tashkil qildim va kuzatuvlardan xulosalar chiqardim.
Amaliy psixologiya yo’nalishi _______________ Abduraxmonova Nigora Boxodir qizi