Mexanika test 2018
1.(0;3) nuqtadan (3;-1) nuqtaga ko’chdi. Ko’chish modulini toping?
2..Vaqt o'tishi bilan jismning fazodagi vaziyatining boshqa jismlarga nisbatan o'zgarisni jismning ... deb ataladi.
A) ko'chishi. B) mexanik harakati C) trayektoriyasi. D) yo'li.
3. . To'g'ri chiziqli tekis harakatda tezlik vektorining ...
A) moduli tekis kamayib, yo'nalishi o'zgarmaydi.
B) moduli tekis oshib, yo‘nalishi o'zgarmaydi.
C) moduli va yo'nalishi o'zgarmas saqlanadi.
D) moduli va yo'nalishi o'zgarib turadi.
4. Ikkita bir xil avtomobil bir-biriga tomon 60 va 90 km/h tezlik bilan harakatlanmoqda. 2-avtomobil 1-avtomobil yonidan 0,144 s davomida o'tganligi aniqlandi. Bitta avtomobilning uzunligi qanday (m)?
A) 12. B) 6. C) 3. D) 4,32.
5.72km/h tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobil tormozlanish natijasida 4 s da to'xtadi. Avtomobil tezlanishining modulini toping (m/s2)
A)5. B)10. C)18. D) 20.
6.Mototsiklchi 2 soatda 90 km yo'l bosdi. Qolgan 3 soatda esa 50 km/h tezlik bilan yurdi. Uning butun yo'l davomidagi o'rtacha tezligi qanday (km/h)?
A) 35. B) 48 C) 57. D) 70.
7.Agar harakat boshlangandan keyin Jismning 8-sekundda bosib o'tgan yo'li 3-sekundda bosib o'tgan yo'lidan 3 marta katta bo'lsa, u qanday tezlanish bilan
harakatlangan (m/s2)?
A) tezlanishning har qanday qiymatida 8-sekundda o'tilgan
yo'l 3-sekunddagidan 3 marta katta bo‘ladi.
B) 1. C) 2. D) 3.
8. Erkin tushayotgan jism harakatining boshlang'ich 3 sekundida necha metr ko'chadi? g=10 m/s2 A) 60. B) 75. C) 50. D) 45.
9. Yuk 54 m balandlikdan tushmoqda Shu ba-landlikni shunday uch qismra bo'lish kerakki, bunda har bir qismni o'tish uchun bir xil vaqt kerak bo'lsin.
A)18 m, 18 m. 18 m. B) 6 m, 20 m, 28 m.
C) 6 m, 18 m, 30 m. D) 8 m, 20 m, 26 m.
10. Ma'lum bir balandlikdan bir vaqtda 1-tosh erkin tashlandi, 2-tosh gorizontal otildi, 3-tosh vertikal yuqoriga otildi. Toshlardan qaysi biri yerga oldin tushadi?
A) uchalasi bir vaqtda tushadi. B) 1 va 2. C) 1. D) 2.
11. Gorizontga burchak ostida otilgan jismning ko'tarilish balandligi 3 m, trayektoriyaning eng yuqori nuqtasidagi egrilik radiusi 2 m bo'lsa, jism gorizontga qanday burchak ostida otilgan?
A) 45°. B) 75°. C) 60° D) 80°
12. Egri chiziqli tekis harakatda tezlanish vektorining yo'nalishi qanday?
A) trayektoriyaning egrilik radiusi bo'yicha markazga.
B) harakat trayektoriyasi bo'yicha.
C) egri chiziq radiusi bo'yicha markazdan.
D) trayektoriyaga urinma bo'yicha.
13. Velosiped g'ildiragining radiusi 0,4 m. Velosiped 4π m/s tezlik bilan harakatlanishi uchun uning g'ildiragi qanday chastota bilan aylanishi kerak(s-1)
A) 5. B) 4. C) 3. D) 2.
14. Vertolyot 0,2 m/s2 tezlanish bilan vertikal ravishda pastga tusha boshladi. Vertolyot parragi qanotining uzunligi 5 m. Parrak aylanayotganda, qanotning eng chekka nuqtalari 3,14∙10 3 m/s tezlikda harakatlanadi. Vertolyotning 40 m pastga tushishi davomida parrak necha marta aylanadi?
A) 4000. B) 200. C) 300. D) 2000.
15. . Kuch deb nimaga aytiladi?
A) jismlarning o'zaro ta'sirini miqdor va yo'nalish jihatdan
xarakterlaydigan kattalikka.
B) jismlarning o'zaro ta'sirini faqat miqdor jihatdan
xarakterlaydigan kattalikka.
C) jismlarning o'zaro ta'sirini faqat yo'nalish jihatdan
xarakterlaydigan kattalikka.
D) jismning inertlik xossasini xarakterlaydigan kattalikka.
16. Og'ir suvning zichligi oddiy suvnikidan 10% ortiq bo'lsa, uning zichligi qanday (kg/m3)? Oddiy suvning zichligi 1 g/sm3
. A)1001. B)1100. C)1010. D 1,01.
17. 100 g massali jismga 1 N kuch ta'sir qila boshladi. Bu jism 5 s da necna metr yo'l o'tadi? ϑ 0 =0.
A) 50. B) 95. C) 100. D) 125.
18. 2 kg massali yuk osilganda, 5 sm uzunlikdagi prujina 1 sm uzaydi. Prujinaning bikrligi qanday (N/m).
A) 2. B) 100. C) 200. D) 2000.
19. Vertolyotdan tushirilayotgan po'lat arqon o'z og'irlik
kuchi ta'sirida uzilishi uchun uning uzunligi kamida necha
km bo'lishi kerak? Po'latning mustahkamlik chegarasi 5∙10’8 Pa, zichligi 7,8 g/sm
A) 7,2. B) 6,8. C) 8,2. D) 6,4.
20. Jismning inert massasi va gravitatsion massasi qanday farq qiladi?
A) inert massa nolga teng. B) inert massa katta. C) gravitatsion massa katta.
D) farq qilmaydi.
21. . «Jismning vazni (og'irligi) va og'irlik kuchi bir narsadir»
degan gap to'g'rimi?
A) to'g'ri, chunki vazn va og'irlik kuchi bir narsadir.
B)noto'g'ri, chunki vazn — jismning massadorligini (massa
ko'p yoki kamligini) aniqlaydi.
C) noto'g'ri, chunki vazn va og'irlik kuchi boshqa-boshqa
jismlarga qo'yilgan. Ular miqdoran teng bo'lishi ham, teng
bo'lmasugi ham mumkin.
22. Ishqalanish kuchlari nima tufayli vujudga keladi. To'la va
to'g'ri javobni ko'rsating.
A) sirtlarning notekisligidan.
B) sirtlarning notekisligidan va sirtdagi molekulalarning
o'zaro ta'sir kuchlari tufayli.
C) sirt molekulalarining o'zaro itarishish kuchi tufayli.
D) sirtdagi elektr zaryadlar tufayli.
23. Qiya tekislikda m massali jism yotibdi. Ishqalanish
koeffitsiyenti 𝜇 bo'lsa, jismga ta'sir etuvchi ishqalanish
kuchining ifodasi qanday?
A) 𝜇 mg. B) 𝜇 mgsin 𝛼 . C) mgsin 𝛼 . D) 𝜇 mgcos 𝛼 .
24. Qiyaligi 60° bo'lgan qiya tekislikda sirpanib tushayotgan
jismning tezlanishi qanday (m/s2)? Jism bilan qiya tekislik
orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,2.
A) 4,5. B) 5,7. C) 6,5. D) 7,7.
25. .Qiyaligi 30° bo'lgan qiya tekislikdagi 2 kg massali jismni 10 N kuch bilan ushlab turish mumkin. Agar jism qo'yib yuborilsa, u qanday tezlanish bilan sirpanib tushadi (m/s2)?
A) 0,4. B) 2,5. C) 5. D) 10.
26. O'tin yorish paytida bolta g'o'lada siqilib qoldi. G'o'lani
yorish ucnun qattiq tayanchga g'o‘lani urgan ma'qulmi yoki
boltaning orqasinimi?
A) farqi yo'q. B) g'o‘lani. C) boltaning orqasini.
D) javob g'o'la va bolta massalari nisbatiga bog‘liq.
27. Massasi 12 g bo'lgan o'q devorni teshib o'tishi natijasida
tezligi 700 dan 200 m/s gacha kamaydi. Bunda о‘qning
impulsi qanchaga kamaygan (kg ∙m/s)?
A) 3. B) 6. C) 9. D) 12. D) 24.
28. Agar avtomat o'qining massasi 4 g, tezligi 500 m/s, otish
vaqtidagi orqaga tepishning o'rtacha kuchi 20 N bo'lsa,
avtomat 0,5 minutda nechta o'q chiqaradi?
A) 50. B) 100. C) 200. D) 300.
29. O'quvchi masalani echib, 26 kg∙m/s 2 ∙m javobga ega
bo'ldi. U qanday kattalikni aniqlagan?
A) kuch. B) ish. C) massa. D) tezlanish. D) impuls.
30. Agar pruiinani 1 sm ga cho'zish uchun 2 J ish bajarilgan
bo'lsa, 4 sm ga cho'zish uchun qanday (J) ish bajarish kerak
bo'ladi? A) 32. B) 16. C) 12. D) 8.
31. Qaysi fizik kattalik barcha turdagi hara-katlarning yagona
umumiy o'lchovi hisoblanadi?
A) ish
B) harakat miqdori (impuls).
C) barcha turdagi hurakatlar uchun yagona
umumiy o'lchov bo'lishi mumkin emas.
D) energiya.
32. Massasi 240 kg bo'lgan tosh richag yordamida
ko'tarilmoqda. Agar kichik yelka 0,6 m bo'lsa, uzunligi 2,4 m
bo'lgan katta elkaga qanday kuch qo'yish kerak?
A) 600 N. B) 4,8 kN. C) 6 kN. D) 1470 N.
33. Jismning inersiya momenti 24 kg∙m 2 ga teng bo‘lib,
uning aylanma harakatida burchak tezlanishi 2 s-2
ga teng bo‘lsa, kuch momenti (N∙m) nimaga teng?
A) 58 B) 74 C) 68 D) 48
34. Gidravlik press kichik porshenining yuzi 4 sm2, kattasiniki esa 500 sm
2 Agar kichik porshenni 25 sm/s tezlik bilan tushirsak, katta porshen qanday tezlik bilan ko'tariladi (sm/s)? A) 1. B) 0,6. C) 0,4. D) 0,2.
35. Agar quvurning keng qismida suvning oqish tezligi 2 m/s
bo'lsa, uning diametri 2 marta kichik bo'lgan tor qismida
suvning oqish tezligi qanday bo'ladi (m/s)?
A) 8. B) 6. C) 4. D) 2.
36. Og'irlik kuchi 2∙10 7 N bo'lgan teploxodning vater
chizig'idan pastki qismining hajmi 6000 m3 ga teng.
Teploxod necha tonna yuk ko'tara oladi?
A) 6000. B) 5000. C) 4500. D) 4000.
Do'stlaringiz bilan baham: |