Changdon va uning tuzilishi. Changdon odatda 2 bо‘lakdan iborat bо‘lib, bir – biri bilan о‘tkazuvchi boylamlarning bog‘lovchisi yordamida birikadi va shu bog`lovchi yordamida oziqlanadi. Har bir changdon ikkita chang uyasi yoki mikrosporangiydan tuzilgan. Ular bazan chang xaltachalari ham deb ataladi (120-rasm). Changdonning ikkita uyasi (xonasi) yoki xaltachasi boshlang`ich ip bilan tutashgan. Ularning har bir yarim bo`lagi teka deb ataladigan to`siq bilan chang xonasiga bo`linadi. Bu xonalarda chang donalari- mikrosporalar yetiladi. Tekalar o`z navbatida yana xonachalarga lokullilarga ajraladi.
Changdon tashki tomondan epidermis bilan qoplangan. Epidermis ostida hujayra po`sti-ikkilamchi tuzilishga ega bolgan bir qavat hujayralardan tashkil topgan endotetsiy joylashadi, u quriganda chang uyachalari ochiladi. Endotetsiy ostidan chukurrokda 1-3 qavat yupqa po’stli mayda hujayralar qatlami joylashadi, changdonning ichki qavati topetum deb ataladi. Тopetum hujayralari mikrosporalarni hosil qiluvchi ona hujayralar (mikrosporatsitlar) uchun ozuqa bolib xizmat qiladi chang xaltalarida mikrosporalar va changlar hosil boladi.
Mikrosporalar esa mikrosporangiylardagi mikrosporotsitlar hujayralarining meyoz bolinishi natijasida hosil boladi. Mikrosporatsitlarning ozlari esa changdonning yetilishi davrida arxesporiya hujayrasidan shakllanadi. Dastlabki arxesporiya hujayralari katta yadro, yadrocha va sitoplazma bilan tolgan boladi. Chang arxesporiyalarida 1,2 va hattoki bir necha yadrolar uchrashi mumkin.
/
120-rasm. Karam gulidagi chang xaltachasining ko`ndalang kesimi. 1-o`tkazuvchi bog`lam; 2-bog`lovchi; 3- epiderma; 4-endotetsiy; 5-o`rta qavat; 6- tapetum; 7- chang xalqachasining uyalari; 8- mikrosporalar (tetradalar).
Changdon eng tashqi qavatdan epiderma bilan qoplangan bo`ladi. Epidermaning tagidagi bir qator hujayralar, pariyetal hujayralarning bо‘linishi natijasida eng tashqi qavatidan paydo bо‘lib, endotetsiya deb ataladi. Shunday qilib, endotetsiya mikrosporangiyaning eng tashqi qavati bо‘lib, epiderma esa mikrosporofillning tashqi qavatidir. Endotetsiya hujayralari tezda nabud bо‘ladi va qurishi natijasida qisqarib, changdonning ochilishiga yordam beradi.
Endotetsiya tagida 1-3 qator katta bо‘lmagan hujayralar joylashib,ona hujayralar meyoz vaqtida parchalanib ketadi. Changdonning ichki qavati tapetum bо‘lib, pariyetal hujayralarning bо‘linishdan paydo bо‘ladi va muhim fiziologik vazifani bajaradi. Tapetum hujayralari quyuq sitoplazma bilan tо‘lgan bо‘lib, mikrosporalarga oziqa manbai bо‘lib xizmat qiladi.
Sporagen hujayralar bir necha marotaba bо‘linishi natijasida mikrosporalarning boshlang‘ich ona hujayralarini hosil qiladi. Changdonning ichida sporogen tо‘qimasidan tashkil topgan tо‘rtta uyasi paydo bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |