100ta test oylik natija



Download 31,91 Kb.
Sana18.03.2022
Hajmi31,91 Kb.
#500205
Bog'liq
100ta test oylik natija


100TA TEST OYLIK NATIJA

  1. Moddalarni qanday agregat holatida ochiq kolbada saqlash mumkin?

A) qattiq va suyuq B) qattiq va gaz C) gaz va suyuq D) qattiq, gaz, suyuq

  1. Moddalar shu moddalarning kimyoviy xossalarini o`zida saqlovchi eng kichik zarrachalar, ya’ni …… lardan tashkil topgan? A) atom B) molekula C) ion D) elektron

  2. Kimyo fani nimani o`rganadi?

A) moddalarning tuzilishini B) moddalarnig bir-biriga aylanishini
C) kimyoviy qonuniyatlarni
D) moddalarning xossalarini, tuzilishlarini va bir-biriga aylanishlarini

  1. Allotropiya nima?

A) bir element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo`lishi
B) bir molekuladan turli oddiy moddalar hosil bo`lishi
C) bir murakkab moddadan turli oddiy moddalar hosil bo`lishi
D) ikki xil element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo`lishi

  1. Gugurt cho`piga surtilgan modda qaysi element atomining allotropik shakl o`zgarishidir? A) P-fosfor B) S-oltingugurt C) O-kislorod D) C-uglerod

  2. Qaysi qatorda faqat elementlar keltirilgan?

A) uglerod, fosfor, grafit B) azot, vodorod, karbin
C) xlor, ftor, yod D) magniy, olmos, temir

  1. Kimyo laboratoriyasida qaysi metall kerosin ostida saqlanadi? A) Cu B) Na C) Fe D) Zn

  2. Lomonosov-Lavuazye qonunini ko`rsating:

A) Ekvivalentlar qonuni B) Karrali nisbatlar qonuni
C) Tarkibning doimiylik qonuni D) Moddalar massasining saqlanish qonuni

  1. Quyidagilar ichidan allotropik shakl o`zgarishlarini hosil qiluvchi elementlarni belgilang.

A) P,S,O,C B) Na,K,Ca,Fe C) H2,He,Li,Be D) O3,C,Sn,H

  1. Kimyoviy formula nima?

A) moddaning boshqa modda bilan o`zaro ta’sirlashuvi
B) moddaning individual xususiyatlari
C) moddani kimyoviy belgilar va zarurat bo`lsa indekslar yordamida ifodalanishi
D) kimyoviy reaksiyalarni kimyoviy formulalar yordamida ifodalanishi

  1. Bir stakan suvda 1 osh qoshiq osh tuzi eritilsa, ushbu eritma necha gradusda muzlaydi?

A) -2ºC da B) -4ºC da C) -10ºC da D) 0ºC da

  1. Nisbiy atom massa - …

A) element atomi massasini C12 atomi massasining 1/12 qismidan necha marta og`irligini ko`rsatuvchi kattalik
B) element atomining haqiqiy massasi bo`lib, u juda ham kichik massa birligiga ega
C) moddaning haqiqiy massasi bo`lib, juda ham kichik massa birligiga ega
D) modda molekulasi massasining C12 atomi massasining 1/12 qismidan necha marta og`irligini ko`rsatuvchi kattalik

  1. Fizik hodisalarni belgilang:

1-qandning suyuqlanishi; 2-shakarning ko`mirlanishi; 3-muzning erishi; 4-temirning zanglashi; 5-sariyog`ning qotishi; 6-sutning achishi; 7-qatiqning ivishi, 8-yog`ochning arralanishi.
A) 1,3,5,8 B) 2,4,6,7 C) 1,3,5,7 D) 2,4,6,8

  1. Kimyoviy hodisalarni belgilang:

1-qandning suyuqlanishi; 2-shakarning ko`mirlanishi; 3-muzning erishi; 4-temirning zanglashi; 5-sariyog`ning qotishi; 6-sutning achishi; 7-qatiqning ivishi, 8-yog`ochning arralanishi.
A) 1,3,5,8 B) 2,4,6,7 C) 1,3,5,7 D) 2,4,6,8

  1. Moddaning kimyoviy xossasi deb nimaga aytiladi?

A) moddaning boshqa modda bilan o`zaro ta’sirlashuvi
B) moddaning individual xususiyatlari
C) moddani kimyoviy belgilar va zarurat bo`lsa indekslar yordamida ifodalanishi
D) kimyoviy reaksiyalarni kimyoviy formulalar yordamida ifodalanishi

  1. Kimyoviy tenglama nima?

A) moddaning boshqa modda bilan o`zaro ta’sirlashuvi
B) moddaning individual xususiyatlari
C) moddani kimyoviy belgilar va zarurat bo`lsa indekslar yordamida ifodalanishi
D) kimyoviy reaksiyalarni kimyoviy formulalar yordamida ifodalanishi

  1. Temir Fe xlor Cl2 bilan ta’sirlashganda qanday modda hosil qiladi?

A) FeCl2 B) FeCl3 C) Fe3O4 D) Fe(OH)3

  1. “Har qanday quyi molekulyar toza moddaning olinish usuli va joyidan qat’iy nazar doimiy tarkibga ega bo`ladi”. Ushbu ta’rif qaysi qonunga tegishli?

A) A) Ekvivalentlar qonuni B) Karrali nisbatlar qonuni
C) Tarkibning doimiylik qonuni D) Moddalar massasining saqlanish qonuni

  1. Vodorod peroksiddagi vodorodning massa ulushi(%da) nechaga teng?

A) 11,11% B) 88,89% C) 5,89% D) 94,11%

  1. Karrali nisbatlar qonuni qachon va kim tomonidan kashf qilindi?

A) 1803-yilda J.Dalton B) 1774-yilda J.Pristli
C) 1766-yilda G.Kavendish D) 1932-yil G.Yuri

  1. Moddalar massasining saqlanish qonunining ta’rifi to`g`ri keltirilgan qatorni aniqlang.

A) har qanday quyi molekulyar toza moddaning olinish usuli va joyidan qat’iy nazar doimiy tarkibga ega bo`ladi
B) kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning umumiy massasi reaksiya mahsulotlari umumiy massasiga teng
C) moddalar yo`qdan bor bo`lmaydi, bordan yo`q bo`lmaydi, faqat bir turdan ikkinchisiga o`zgaradi
D) bir xil sharoitda o`zaro teng hajmdagi turli gazlarda molekulalar soni o`zaro teng bo`ladi

  1. Avogadro qonunining ta’rifi to`g`ri keltirilgan qatorni aniqlang.

A) har qanday quyi molekulyar toza moddaning olinish usuli va joyidan qat’iy nazar doimiy tarkibga ega bo`ladi
B) kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning umumiy massasi reaksiya mahsulotlari umumiy massasiga teng
C) moddalar yo`qdan bor bo`lmaydi, bordan yo`q bo`lmaydi, faqat bir turdan ikkinchisiga o`zgaradi
D) bir xil sharoitda o`zaro teng hajmdagi turli gazlarda molekulalar soni o`zaro teng bo`ladi

  1. Massaning saqlanish qonunidan tabiatning qaysi qonuni kelib chiqadi?

A) har qanday quyi molekulyar toza moddaning olinish usuli va joyidan qat’iy nazar doimiy tarkibga ega bo`ladi
B) kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning umumiy massasi reaksiya mahsulotlari umumiy massasiga teng
C) moddalar yo`qdan bor bo`lmaydi, bordan yo`q bo`lmaydi, faqat bir turdan ikkinchisiga o`zgaradi
D) bir xil sharoitda o`zaro teng hajmdagi turli gazlarda molekulalar soni o`zaro teng bo`ladi

  1. Har qanday gazning 1 moli normal sharoitda qanday hajmni egallaydi?

A) 6,02*1023 B) 22,4 litr C) 101,325kPa D) 8,31

  1. CaO+CO2=CaCO3. Ushbu reaksiya turini belgilang.

A) birikish B) o`rin olish C) almashinish D) parchalanish

  1. Zn+2HCl=ZnCl2+H2. Ushbu reaksiya turini belgilang.

A) birikish B) o`rin olish C) almashinish D) parchalanish

  1. BaCl2+Na2SO4 = BaSO4+2NaCl. Ushbu reaksiya turini belgilang.

A) birikish B) o`rin olish C) almashinish D) parchalanish

  1. 2KMnO4→K2MnO4+MnO2+O2. Ushbu reaksiya turini belgilang.

A) birikish B) o`rin olish C) almashinish D) parchalanish

  1. Issiqlik miqdori deb nimaga aytiladi?

A) kimyoviy reaksiyalarda ajraladigan yoki yutiladigan energiya miqdori
B) issiqlik chiqishi bilan boradigan reaksiyalar
C) issiqlik yutilishi bilan boradigan reaksiyalar D) kimyoviy reagentlar

  1. Ekzotermik reaksiyalar deb nimaga aytiladi?

A) kimyoviy reaksiyalarda ajraladigan yoki yutiladigan energiya miqdori
B) issiqlik chiqishi bilan boradigan reaksiyalar
C) issiqlik yutilishi bilan boradigan reaksiyalar D) kimyoviy reagentlar

  1. Endotermik reaksiyalar deb nimaga aytiladi?

A) kimyoviy reaksiyalarda ajraladigan yoki yutiladigan energiya miqdori
B) issiqlik chiqishi bilan boradigan reaksiyalar
C) issiqlik yutilishi bilan boradigan reaksiyalar D) kimyoviy reagentlar

  1. Quyidagi qaysi sxema o`rin olish reaksiyasini ifodalaydi?

A) A+B+…=C B) C=A+B+….. C) AB+C=CB+A D) AB+CD=AD+CD

  1. Quyidagi qaysi sxema almashinish reaksiyasini ifodalaydi?

A) A+B+…=C B) C=A+B+….. C) AB+C=CB+A D) AB+CD=AD+CD

  1. H3PO4 ning nisbiy molekulyar massasi, molyar massasi va atomlar molini berilgan ketma-ketlikda aniqlang.

A) 98g/mol; 98; 7. B) 98; 98g/mol; 8. C) 97; 97g/mol; 1mol D) 44; 44g/mol; 3.

  1. Tarkibi 50% S va 50% O bo`lgan birikmaning formulasini toping.

A) SO B) SO2 C) SO3 D) H2S

  1. Kisloroddan 2 marta og`ir va 2 marta yengil gazlarni aniqlang.

A) sulfit angidrid; metan B) sulfat angidrid va metan
C) oltingugurt(IV) oksid va etan D) vodorod sulfid; sulfit angidrid

  1. Faraz qilaylik tarozi pallalarining chap tomoniga 12,04 1023 dona xrom atomlari, o`ng tomoniga shuncha oltingugurt atomlari qo`yilgan. Tarozi pallalarini muvozanatga keltirish uchun nima qilish kerak?

  1. chap tomoniga 3,01 1023 dona xrom atomlarini qo`yish kerak

  2. chap tomoniga 8,73 1023 dona xrom atomlarini qo`yish kerak

  3. o`ng tomoniga 6,02 1023 dona oltingugurt atomlarini qo`yish kerak

  4. o`ng tomoniga 7,525 1023 dona oltingugurt atomlarini qo`yish kerak

  1. Qaysi javobda noto`g`ri ma`lumot berilgan?

  1. 12 gr uglerodda nechta atom bo`lsa, shuncha atom, molekula yoki boshqa struktur birliklar tutgan modda miqdoriga mol deyiladi.

  2. Ayni modda molekula massasining uglerod atomi massasining 1/12 qismiga nisbati shu moddaning nisbiy molekulyar massasi deb ataladi.

  3. Element atomlarining boshqa elementlarining muayyan sondagi atomlarini biriktirib olish xususiyatiga valentlik deyiladi.

  4. Turli gazlarning teng hajmlarida bir xil sharoitda molekulyar soni teng bo`lmaydi

  1. Tarkibi quyidagicha bo`lgan birikmaning formulasini aniqlang:

K=39,7%; Mn=27,9%; O=32,4%.
A) K2MnO4 B) KMnO4 C) K3MnO4 D) K4MnO4

  1. 444g malaxit parchalanganda necha gramm mis(II)oksid hosil bo`ladi?

  1. 320 g B) 160 g C) 80 g D) 40 g

  1. Temir oksidlarining qaysi birida kislorodning massa ulushi eng ko`p?

A) FeO B) Fe2O3 C) Fe3O4 D) FeO2

  1. Necha gramm CO2 ga 11,2 litr( n.sh) CH4 qo`shganimizda aralashmadagi elektronlar yig`indisi Avogadro sonidan 16 marta ko`p bo`ladi?

A) 44 B) 11,2 C) 13,44 D) 22

  1. Hajmi 0,5 litr bo`lgan suvda necha mol suv bo`lishi mumkin? A) 27,8 B) 22,4 C) 35,6 D) 18,0

  2. Bir xil massada va bir xil sharoitda olingan qaysi gaz kichik hajmni egallaydi?

A) vodorod B) is gazi C) karbonat angidrid D) xlor

  1. “Farg`onaazot” korxonasida mineral o`g`it NH4NO3 ishlab chiqariladi. Shu o`g`it tarkibida necha foiz azot bor? A) 35% B) 80% C) 65% D) 60%

  2. Suv normal sharoitda bug`lansa, uning hajmi necha marta ortadi?

A) 0,018 marta B) 1244 marta C) 22,4 marta D) 6,02*10^23 marta

  1. 3,01*1023ta vodorod molekulasi n.sh.da qanday hajmni egallaydi?

A) 22,4 litr B) 11,2 litr C) 5,6 litr D) 2,8 litr

  1. 2mol azot va 1,5 mol kislorod aralashmasida nechta molekula bor?

A) 21,07*1023ta B) 12,04*1023ta C) 18,06*1023ta D) 24,08*1023ta

  1. 11,2 g karbonat angdridning normal sharoitdagi hajmini toping.

A) 22,4 litr B) 11,2 litr C) 5,6 litr D) 2,8 litr

  1. 0,5 mol kislorod va 0,25 mol vodorodning massalarini hisoblang.

A) 16g va 1 g B) 32g/mol va 2g/mol C) 16 g va 0,5 g D) 8 g va 0,25 g

  1. Sulfat kislota, korund va oq qumning molyar massalari yig`indisini hisoblang.

A) 255 B) 260 C) 342 D) 360

  1. Alyumiyli achchiqtosh(a), quruq muz(b), ozon(c), silan(d), so`ndirilgan ohak(e) ning kimyoviy formulalari to`g`ri berilgan qatorni belgilang.

1-Al2(SO4)3; 2-KAl(SO4)2; 3-H2Omuz; 4-CO2; 5-N2; 6-O3; 7-SiH4; 8-CaO; 9-Ca(OH)2; 10-CH4. A) a-1; b-2; c-3; d-4; e-5 B) a-1; b-3; c-5; d-6; e-8
C) a-2; b-4; c-6; d-7; e-9 D) a-2; b-4; c-6; d-8; e-10

  1. Quyidagi moddalarning tozalik darajasi ortib borish tartibida joylashtiring: 1-sof toza; 2-analiz uchun toza; 3-texnik toza; 4-maxsus toza; 5-kimyoviy toza.

A) 1,2,3,4,5 B) 5,4,3,2,1 C) 3,1,2,5,4 D) 3,2,1,5,4

  1. Odam tanasining 75% ini suv tashkil etsa, og`irligi 70 kg bo`lgn odamda nechta molekula suv bo`ladi?

A) 2,3∙1027 B) 1,76∙1027 C) 6,02∙1023 D) 17,6∙1023

  1. “ Sintez gazi” – bu …

  1. bir hajm azot(I) oksid va bir hajm kislorod

  2. bir hajm is gazi va 2 hajm karbonat angidrid

  3. bir hajm is gazi va 2 hajm vodorod

  4. bir hajm vodorod va bir hajm is gazi

  1. Kimyoviy elementga taalluqli bo`lmagan xususiyatni aniqlang.

A) yadro zaryadi B) atom C) kimyoviy belgi D) zichlik

  1. Quyidagilardan nechtasi kimyoviy elementga tegishli emas? 1-izotop; 2-valentlik; 3-zichlik; 4-oksidlanish darajasi; 5-suyuqlanish harorati; 6-rang; 7-elektron tuzilishi; 8-agregat holati.

A) 4 B) 5 C) 3 D) 2

  1. Davriy sistemada ketma-ket joylashgan 3ta element elektronlari yig`indisi 36 ga teng bo`lsa, neytronlari yig`indisi nechaga teng bo`ladi? A) 39 B) 36 C) 38 D) 40

  2. Qaysi modda tarkibida p+n+e yig`indisi 124 ga teng?

A) H2SO4 B) HNO3 C) H2SO3 D) H3PO4

  1. Temir elementi tarkibidagi barcha zarrachalar yig`indisini toping.

A) 81 B) 79 C) 82 D) 80

  1. Nuklonlari soni 24 bo`lgan atomni belgilang.

A) 17N B) 24Mg C) 16O D) 23Na

  1. III davr VA guruhcha elementidagi barcha zarrachalar yig`indisini hisoblang.

A) 42 B) 48 C) 46 D) 40

  1. Difosfor pentaoksidda necha mol atom bor? A) 4 B) 6 C) 5 D) 7

  2. Molekulyar tuzilishi, 2 atomli oddiy gaz moddasini aniqlang.

A) azot B) vodorod ftorid C) vodorod xlorid D) vodorod peroksid

  1. Quyidagi moddalarni sof modda(a) va aralashmalar (b) ga ajrating:

1-qatiq; 2-asal; 3-mis; 4-oltin; 5-distillangan suv; 6-dengiz suvi; 7-havo.
A) a-1,2,6,7; b-3,4,5 B) a-3,4,5; b-1,2,6,7
C) a-1,3,5,7; b-2,4,6 D) a-2,4,6; b-1,3,5,7

  1. Quyidagilardan nechtasi moddaga taalluqli emas? a) izotop; b) yadro zaryadi; c) zichlik;

d) suyuqlanish harorati; e) electron qavatlar soni; f) qaynash harorati; g) rang; h) valent elektronlar. A) 4ta B) 3ta C) 5ta D) 6ta

  1. Temir va qum aralashmasini qaysi usul yordamida ajratib olish mumkin?

A) filtrlash B) magnit yordamida C) tindirish D) bug`latish

  1. Fanga hozirgi kunda 118 ta kimyoviy element atomlari ma’lum, ammo oddiy moddalar soni 400dan ortiq. Bunga sabab…

A) moddalar allotropik shakl o`zgarishlarini namoyon qilganligi uchun
B) barcha moddalar turli agregat holalarida namoyon bo`lishi
C) yo`q, oddiy moddalar ham 118ta D) izotoplar sababli

  1. Oq, qizil, qora rangli allotropik shakl o`zgarishlari qaysi moddaga taalluqli?

A) C B) S C) P D) O2

  1. Moddaning qaysi agregat holat(lar)i aniq hajmga ega? I-qattiq; II-suyuq; III-gaz.

A) I, II, III B) I, III C) I, II D) faqat II

  1. Sublimatsiya hodisasi qaysi moddalarda kuzatiladi?

A) suv, spirt, sulfat kislota B) yod, quruq muz, naftalin
C) oq qum, karbin, polietilen D) metan, silan, xlor

  1. Quyidagi qatorda odatdagi sharoitda gaz moddalarini ko`rsating.

A) H2O, C2H5OH, SO3, Br2 B) I2, S, C, SiO2, P
C) CH4, SiH4, NH3, Cl2, O2 D) C, CO, CO2, CCl4.

  1. Quyidagi qatorda odatdagi sharoitda suyuq moddalarini ko`rsating.

A) H2O, C2H5OH, SO3, Br2 B) I2, S, C, SiO2, P
C) CH4, SiH4, NH3, Cl2, O2 D) C, CO, CO2, CCl4.

  1. Quyidagi moddalarning qaysilarida temir III valentlikni namoyon qilgan?

a) sariq qon tuzi; b) qizil qon tuzi; c) gematit; d) pirit; e) temir kuparosi; f) magnetit.
A) a, e B) b, c C) d, f D) a, b, c

  1. 2mol Mirabilitda necha mol atom mavjud? A) 68 B) 74 C) 37 D) 10

  2. Tiosulfat kislota va pirofosfat kislotadagi jami bog`lar sonini hisoblang.

A) 26 B) 24 C) 28 D) 22

  1. Fulleren(a), gidrazin(b), yoqut(c), karborund(d) va shoh arog`i(e)ning kimyoviy formulalarini to`g`ri keltirilgan qatorni aniqlang.

1-S; 2-C; 3-NH3; 4-N2H4; 5-Al2O3; 6-CS2; 7-CS; 8-HF; 9-HNO3*3HCl.
A) a-1; b-2; c-3; d-4; e-5 B) a-2; b-4; c-5; d-7; e-9
C) a-2; b-4; c-6; d-8; e-9 D) a-1; b-3; c-5; d-7; e-9

  1. Aralash tuzlar keltirilgan qatorni belgilang.

A) xlorli ohak, silvinit B) alyuminiyli achchiqtosh, sariq qon tuzi
C) qizil qon tuzi, sariq qon tuzi D) Bertolle tuzi, Chili selitrasi

  1. O`rta tuzlar keltirilgan qatorni belgilang.

A) xlorli ohak, silvinit B) alyuminiyli achchiqtosh, sariq qon tuzi
C) qizil qon tuzi, sariq qon tuzi D) Bertolle tuzi, Chili selitrasi

  1. Kompleks tuzlar keltirilgan qatorni belgilang.

A) xlorli ohak, silvinit B) alyuminiyli achchiqtosh, sariq qon tuzi
C) qizil qon tuzi, sariq qon tuzi D) Bertolle tuzi, Chili selitrasi

  1. (Al(OH)2)2SO4. Ushbu tuzning nomalnishi qaysi qatorda to`g`ri keltirilgan?

A) alyuminiy digidroksosulfat B) alyuminiy gidroksosulfat
C) alyuminiy tetragidroksosulfat D) dialyuminiy tetragidroksosulfat

  1. Befarq oksidlar keltirilgan qatorni belgilang.

A) SO, CO, NO, N2O, SiO B) NO2, SO2, CO2, Mn2O7, CrO3
C) Na2O, CaO, CrO, K2O, FeO D) ZnO, BeO, SnO2, Al2O3, Fe2O3.

  1. Ham asos, ham kislotalar bilan ta’sirlashib tuz hosil qiladigan oksidlar keltirilgan qatorni belgilang.

A) SO, CO, NO, N2O, SiO B) NO2, SO2, CO2, Mn2O7, CrO3
C) Na2O, CaO, CrO, K2O, FeO D) ZnO, BeO, SnO2, Al2O3, Fe2O3.

  1. Kislotalar bilan ta’sirlashib tuz hosil qiladigan, asoslar va asosli oksidlar bilan ta’sirlashmaydigan oksidlar keltirilgan qatorni belgilang.

    1. A) SO, CO, NO, N2O, SiO B) NO2, SO2, CO2, Mn2O7, CrO3

    2. C) Na2O, CaO, CrO, K2O, FeO D) ZnO, BeO, SnO2, Al2O3, Fe2O3.

  2. Noto`g`ri fikrni tanlang:

  1. SO2 – kislotali oksid

  2. SO3 – oltingugurt(VI) oksid

  3. Cr(OH)3 – bu ishqor

  4. N2O – tuz hosil qilmaydigan gaz

  1. Berilgan moddalarni kaliy xloridi, xlorati, gipoxloriti, xloriti va perxloratlari ketma-ketligi tartibida ko`rsating.

1. KClO2 2. KClO 3. KClO3 4. KClO4 5. KCl
A) 3,5,2,4,1 B) 5,3,2,1,4 C) 3,4,2,5,1 D) 4,3,2,5,1

  1. Temir(III) gidroksoortofosfat molekulasidagi temir va fosfor atomlari soni qanday nisbatda bo`ladi? A) 3:5 B) 2:1 C) 1:1 D) 3:2

  2. Quyidagi oksidlardan qaysilari oddiy sharoitda suv bilan reaksiyaga kirishadi?

1) Rb2O; 2) ZnO; 3) Al2O3; 4) BaO ; 5) SrO; 6) Fe2O3
A) 4,5 B) 2,3 C) 1,4,5 D) 1,2,4

  1. Tarkibida 196 gr ortofosfat kislota bo`lgan eritmaga tarkibida 280 gr o`yuvchi kaliy bo`lgan eritma qo`shildi. Eritmada qanday tuzlar hosil bo`lganligini aniqlang.

  1. kaliy digidrofosfat

  2. kaliy digidroortofosfat va kaliy digidroortofosfat

  3. kaliy ortofosfat

  4. kaliy gidroortofosfat va kaliy ortofosfat

  1. Quyidagilar orasidan asosli oksidlarni ko`rsating.

1) marganes(II) oksid 2) marganes (III) oksid 3) marganes(IV) oksid 4) marganes(VI) oksid
5) marganes(VII) oksid 6) xrom(II) oksid 7) xrom(III) oksid 8) xrom(VI) oksid
A) 1,4,6 B) 3,6,7 C) 1,2,6 D) 4,5,8

  1. Faqat kislota bilan reaksiyaga kirishadigan oksidlarni tanlang.

1) berilliy oksid 2) natriy oksid 3) alyuminiy oksid 4) oltingugurt(IV) oksid 5) xrom(III) oksid
6) kalsiy oksid 7) azot(V) oksid
A) 4,7 B) 1,3,5 C) 3,4,7 D) 2,6

  1. Quyidagi gazlarning qaysilari ishqor bilan reaksiyaga kirishadi?

1. N2O; 2. NO2 ; 3. NO; 4. C2H6 ; 5. CO2
A) 1,2 B) 3,2 C) 2,5 D) 1,3

  1. Temirning xlor va xlorid kislota bilan ta`sirlashuvidan qanday birikmalar hosil bo`lishini mos ravishda aniqlang.

A) FeCl2 va FeCl3 B) FeCl3 va FeCl2 C) FeCl2 va FeCl2 D) FeCl3 va FeCl3

  1. Quyidagi berilgan ikki asosli kislota(lar) ni tanlang.

1) H3PO4 2) HPO3; 3) H3PO3; 4) H4P2O7; 5) H3PO2
A) 1, 4 B) 3 C) 5 D) 2, 4

  1. Quyidagi oksidlarning qaysi biri xlor(III) oksid bilan ta`sirlashishi mumkin?

A) azot(IV) oksid B) fosfor(V) oksid C) oltingugurt(VI) oksid D) kalsiy oksid

  1. Quyidagi berilgan bir asosli kislota(lar) ni tanlang.

1) H3PO4 2) HPO3; 3) H3PO3; 4) H4P2O7; 5) H3PO2
A) 1, 4 B) 3 C) 2 D) 2, 5

  1. Qaysi qatordagi hamma gidroksidlar ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi?

  1. Fe(OH)2, Zn(OH)2, Al(OH)3

  2. Mg(OH)2, Cr(OH)3, Al(OH)3

  3. Zn(OH)2, Al(OH)3, Cr(OH)3

  4. Fe(OH)3, Fe(OH)2, Al(OH)3

  1. Quyidagilardan qaysi biri to`g`ri ma’noni anglatadi?

A) chumoli kislota atomi B) suv atomlari
C) sulfat angdrid molekulalari D) suyuq yod

  1. 0,8 mol suvdagi neytronlar sonini toping.

A) 6,4 B) 8 C) 10 D) 12

  1. Yadrosida 19ta proton va 20ta neytron bo`lgan elementni tanlang.

A) 40Ca B) 39K C) 40Ar D) 40K.
Download 31,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish